Mavzu: MS DOS operatsion tizimi va uning asosiy buyruqlari. MS DOS operatsion tizimida fayllar, kataloglar va disklar bilan ishlash
Reja:
MS DOS operatsion tizimi.
Fayllar va kataloglar
DOSning ayrim buyruklari
Tayanch iboralar: Operatsion tizim, MS DOS, buyruqlar (komandalar), disk, fayl, fayl nomi va kengaytmasi, katalog, joriy katalaog, tub katalog, tashqi va ichki katalog
MS DOS operatsion tizimi
Hozircha MS DOS operatsion tizim bilan tanishi utamiz. MS DOS OS si quyidagi qismlardan tashkil topagan:
BIOS (Basic Input-Output System), (Kiritish-chiqarishning asosiy tizimsi). Bu kompyuterning doimiy xotirasida joylashgan. Uning vazifasi axborotlarni kiritish va chiqarish bilan boglik bo’lgan eng sodda va universal xizmatlarni bajarishdan iborat.
Operatsion tizimning yo’qlovchisi. Bu tizim juda kiska dastur bo’lib, u MS DOSli disketaning birinchi sektorida joylashadi va uning vazifasi MS DOSning kolgan ikki modulini ukishdan iborat.
io.sys va msdos.sys tizimli fayllar. Ularni operatsion tizim yo’qlovchisi xotiraga kuchiradi va kompyuter xotirasida doimo saqlaydi. io.sys (INPUT-OUTPUT) BIOSning xotiradagi davomi hisoblanadi. msdos.sys DOSning yuqori darajadagi vazifalarini bajaradi.
MS DOSning buyruk protsessori foydalanuvchi kiritgan komandalarni kayta ishlaydi. Buyruk protsessori OS yo’qlanayotgan disketaning command.com faylida joylashadi.
MS DOSning tashki komandalari - OS bilan birgalikda yo’qlanadigan alohida fayllardagi dasturlardir. Bu dasturlar xizmatchi vazifasini bajaradi, masalan, disketalarni formatlash, disketalarni tekshirish va xokazo.
Kurilmalar drayverlari MS DOSning kiritish-chiqarish tizimsini tuldiradi, yangi kurilmalarning ishini ta‘minlaydi , mavjud bo’lgan kurilmalarning nostandart ishlatilishini ta‘minlaydi. Drayver nomi config.sys faylida ko’rsatiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |