Mavzu bо‘yicha qisqacha adabiyotlar tahlili. Bu muammo bilan Bekirov T.M., Grisenko A.I., Klimova G.N., Litvak V.V., Yavorskiy M.I., Rachevskiy B.S., Nenaxov V., Kislenko N.N., Sister V.G., Ryabsev N.I., Smirnov A.S., Unger F.G., Shurupov S., Kessel I., Chirikov K.Y. boshqa olimlarning fundamental ishlari muhim amaliy va nazariy ahamiyatga egadir. Neftli yо‘ldosh gazlarni atmosferaga chiqarishni kamaytirish bо‘yicha amaliy ishlar “Shо‘rtanneftgaz” UShK va “Muborakneftgaz” UShKda olib borilgan.
Tadqiqotda qo’llanilgan uslublarning qisqacha tavsifi. Mavzu bо‘yicha avval bajarilgan natijalarni tahlil qilish; tadqiqot obyektida konlarda olib borilgan utilizatsiya ishlarini ma’lumotlari tizimlashtiriladi va tahlil qilinadi.
Tadqiqot natijalarining nazariy va amaliy ahamiyati. Zamonoviy texnologiyalarni qо‘llash asosida yо‘ldosh neft gaz mahsulotlari tarkibidan eng sо‘nggi xom ashyoni ajratib olib, undan gaz turbinali elektr stansiyalarida elektr energiyasini olishda yoqilg‘i sifatida foydalanish bо‘yicha takliflar kiritiladi. Yо‘ldosh neft gazlarini utilizatsiya qilish orqali mash’alalarni uchirish va gazsimon metan yoqilg‘isini, barqaror gaz benzinini va propan-butan fraksiyasining suyuq aralashmasini tо‘g‘ridan-tо‘g‘ri olishni imkoniyati о‘rganiladi.
Kutilayotgan natijalar. Yо‘ldosh neft gazlarini utilizatsiya qilish orqali mash’alalarni uchirish va gazsimon metan yoqilg‘isini, barqaror gaz benzinini va propan-butan fraksiyasining suyuq aralashmasini tо‘g‘ridan-tо‘g‘ri olishni imkoniyatini mavjudligi masalasi tadqiqotlangan.
Dissertatsiya tarkibining qisqacha tavsiflari. Dissertatsiya ishi kirish qismidan, uchta bobdan xulosa va foydalanilgan adabiyotlar ro’yxatidan tashkil topgan. Asosiy matn “MicrosoftOffice” dasturiy tо‘plam sistemasi “MicrosoftOfficeWord - 2007” programmasi uslubida yozilgan bо‘lib 82 betdan iborat.
I bob. Neft gazlaridan foydalanish va uni ishlab chiqarish texnologiyasini tahlili
Do'stlaringiz bilan baham: |