arslikda Vatanimizning qadim zamonlardan to hozirgi davrgacha tgan lni necha mingyillik tarixi oliy quvyurtlariuchuntavsiyaetilgan" zbekiston tarixi" quv dasturi talablari doirasida yoritilgan


Download 0.66 Mb.

bet14/46
Sana09.02.2017
Hajmi0.66 Mb.
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   46

tad u bilig» («Baxt va saodatga eltuvchi bilim») asaridir. Ushbu 
kitob turkiy xalqlar, elatlar hayoti haqida yozilgan asar b lib, unda 
davrning juda k p ta muhim muammolari, axloq, odob va ma'rifat 
masalalari katta mahorat bilan yoritilgan. 
Bu kitobni chinliiar «Adab-ul muluk», mochinlar - «Oyin-ul 
mamlakat», Sharq eli ulu lari «Ziynat-ul umaro», eronliklar «Shoh-
nomayi turkiy»,  t u r o n l i l a r - «Qutadg'u bilig»,  b o s h q a l a r 
«Pandnomayi muluk» deb ataganiar. 
Turkiy (eski zbek) adabiyoti rivojining ilk sarchashmalarida 
turgan tmishdosh adiblarimizning yirik namoyandalaridan biri 
Ahmad Yugnakiy (XII-XIII asrlar) dir. 
Adib Ahmadning «Hibat-ul haqoyiq* («Haqiqatlar tuhfasi») 
asari (4X4 misradan iborat)ni k zdan kechirarkanmiz, unda inson 
IIINMVMII.
 uning ta'limi, tarbiyasi bilan bo liq juda k plab tkir, 
M, .I/.11I1 masalalarning rin olganligini, ularni t ri, xolis va ehtiros 
140 
bilan yoritilganligini k ramiz. Adib Ahmad bilimning inson hayotidagi 
beqiyos rnini ulu lash barobarida odamlarni bilimli, ma'rifatli 
b lishga da'vat ctadi. 
rta Osiyo xalqlari Uy onish davri adabiyotini ayni cho da 
forsiyzabon ijodkorlar ijodi bilangina q shib tasavvur etish 
mumkindir. Bu rinda Somoniylar davrining tengi y q zukko shoiri 
Abu Abdulloh Rudakiy (860-941) ijodi alohida k zga tashlanib turadi. 
Negaki, juda k p nufuzli manbalarda aytilishicha, fors-tojik tilida 
ijod qilgan shoirlarning birortasi ham unga teng keladigan darajada 
asarlar bitmaganlar. Ba'zi olimlarning fikricha, Rudakiy bir million 
uch yuz ming misragacha she'r yozgan. Biroq, afsuski, shoirning 
boy adabiy merosidan bizgacha atigi ming bayt she'riy asarlar yetib 
kelgan, xolos. 
Rudakiy asarlari, ayniqsa, uning ruboiylari shu qadar ta'sirchan, 
ohangdorki, beixtiyor inson qalbini ziga mahliyo ctadi. Shoir tabiat 
g zalliklarini jozibali tarannum yetish barobarida odamlarni yurt, 
Vatanni scvishga, unga farzandlik burchi bilan astoydil xizmat qilishga 
da'vat etadi. Uning ruboiylarida ifodalangan teran falsafiy fikrlar, 
hayotiy lavhalar bugungi avlod kishilari uchun ham ibrat b la oladi. 
Bu davr adabiyotining daho satVatkorlaridan yana biri Abulqosim 
Firdavsiy (940/94l-1030)dir. Uni olamga mashhur, nomini tillarda 
doston qilgan, abadiyatga muhrlagan asar alloma yaratgan 
«Shohnoma»dir. Negaki, bu shoh asarda Eron va Turon xalqlarining 
ming yilliklar qa'riga borib taqaladigan k hna tarixi, tutash taqdir -
qismatlari, jang-u jadallari, mislsiz jasoratu qahramonliklari katta 
mahorat bilan ifodalangan. 60000 baytdan iborat bunday yirik epik 
asaming dunyoga kelishi Firdavsiyning badiiy ijoddagi ulkan jasoratidir. 
Shoir Movarounnahr, Xuroson va Eronning tarixiga murojaat qilib, 
xalq o zaki ijodi durdonalarini chuqur rganib, ularni z zamona-
sining yetilgan dolzarb masalalari, vazifalari bilan uy unlashtirib, 
shunday buyuk asar yaratdiki, mana necha asrlardirki, bashariyat 
ahlining doimiy nazarida va nigohida b lib kelmoqda. 
Islom madaniyati. IX-XII asrlar davri nafaqat dunyoviy 
fanlarning yuksaklab borishi bilan, shu bilan birga islomiy madaniyat 
va ma'naviyatning shakllanib, chuqur ildiz otib borishi, yetuk olimu 
ulamolarning yetishib chiqib, Vatanimiz sha'nini olam aro ulu laganligi 
bilan ham tavsiflanadi. 
141 

Garchand islom dini Arabistonda vujudga kelgan b lsa-da, biroq 
yangi ilohiy ta'limot Turkiston zaminida ravnaq topdi, takomilga 
erishdi. Turkiston musulmon dunyosiga Xorazmiy, Buxoriy, 
Termiziy, Nasafiy, Samarqandiy kabi taxalluslar bilan ijod qilgan 
k plab noyob iste'dod sohiblarini yetishtirib berdi. 
Islom va uning asosiy ta'limoti aks etgan «Qur'oni Karim» oya-
larining lka hayotiga kirib kelishi va keng yoyilishi, shuningdek, 
mahalliy xalqlarning musulmonchilik tamoyillari va udumlarini qabul 
qilishi hamda ularga e'tiqod bo lashi davomida asta-sekin islom 
madaniyati shakllanib, chuqur ildiz otib bordi. Bunda shu yurt 
zaminidan yetishib chiqqan buyuk islomshunos allomalarning 
xizmati benazirdir. 
Yurtimizda 
yetishib chiqqan isloni 
olamining huyuk 
sivmolari 
y Ismoil al-Buxoriy (810-870). Hadis ilmining asoschisi. 
> Abu Iso at-Termiziy (824-892). Hadis ilmi peshvolaridan. 
> Abu MansLir Moturidiy (vafoti 945y.). Mohiridiya lariqati 
asoschisi. 
> Abu al-Mu"iyn an-Nasaliy (1027-1114). Kalom ilmi yirik 
namoyandasi. 
'r X ja Ahmad Yassaviy (1041-1167). Yassaviya tariqati asos-
chisi. 
> Najmiddin Kubro (1145-1221). Kubraviya tariqati asoschisi. 
r Abdulloh ijdivoniy (1103-XII asr ikkinchi yarmi). Tasawul' 
ilmi asoschilaridan. 
> Bahouddin Naqshband (1318-1389). Naqshbandiya tariqati 
asoschisi. 
> X ja Ahror Valiy (1404-1490). Naqshbandiya tariqatining 
yirik  n a m o y a n d a s i . 
Yurtimizda islomiy madaniyatning yuksalib borishi barobarida 
uning ulu vor oyalari, asl maqsadlarini keng tashviq, tar ib qi-
lish, ayniqsa, hadis ilmini asosli tadqiq etish kuchayib bordiki, 
bunda sarzaminimizdan chiqqan qator buyuk muhaddis olimlarning 
xizmati katta b ldi. Hazrati pay ambarimiz Muhammad (s.a.v) nomi 
va u zoti sharifning muborak s zlari bilan bo liq «Qur'oni Karim» 
oyatlari mazmuni, mohiyatini teran tushunish va anglab yetishga 
muhim kalit b lib xizmat qiladigan hadisshunoslik ilmi IX asrda juda 
rivojlandi. Butun musulmon olamida eng ishonchli manbalar deb 
tan olingan 6 ta ishonchli hadislar t plami (as-sihoh as sitta) xuddi 
shu davrda varatildi. Ular orasida Hadis ilmida «Amir al-m minin» 
142 
degan sharafli nomga sazovorb lgan Imom al-Buxoriy nomi yorqin 
k zga tashlanib turadi. Yuksak aql-zakovat sohibi al-Buxoriy, 
Sharqning yirik ilmiy va ma'rifiy markazlaridan biri - Buxoroyi 
sharifda tu ilib, yoshligidan diniy bilimlarni chuqur egallaydi. 
Imom Buxoriy z safarlari davomida turli shaharlardagi 90 ga 
yaqin ustozlardan ta'lim olgan. Ayni cho da, uning zi ham yuzlab 
shogirdlarga ustozlik qilgan. 
Al-Buxoriy keyingi nasllar uchun zidan katta, boy ilmiy 
meros qoldirgan. Uning qalamiga mansub noyob asarlar r yxati 
20 dan oshadi. Bu asarlar orasida «Al-jome' as-sahih» asari (U 
«Sahiyh al-Buxoriy» nomi bilan ham yuritiladi) zining mukam-
malligi, ahamiyatining benihoyaligi biian ajralib turadi. Alloma 
ibn Salohning ta'kidlashicha, al-Buxoriyning bu asariga kiritilgan 
ishonchli hadislarning soni takrorlanadiganlari bilan birga 7275 
ta, takrorlanmaydigan holda esa 4000 hadisdan iborat. Eng muhimi 
shundaki, bu sharafli ishni birinchi b lib al-Buxoriy boshlab 
bergan b lsa, keyinchalik boshqa olimlar unga ergashib, hadislar 
t plamini yaratganlar. 
Allomaning «Al-jome' as-sahih» asari asrlar davomida bLitun 
musulmon dunyosida yuksak qadrlanib, necha bor nashr etilib, yer 
yuzi musulmonlari uchun dasturilamal q llanma b lib kelmoqda. 
Uning 1325— yilda k chirilgan 8 jilddan iborat mukammal nusxasi 
hozirda Istanbul (Turkiya)da saqlanmoqda. Uning asarlarida ifodalangan 
mehr-muhabbat, sahiylik, ochiq k ngillik, kattalarga hurmat, 
yetim-yesirlarga muruvvat, beva-bechoralarga himmat, vatanga 
muhabbat, halollik, pokizalikka da'vat etuvchi yuksak insoniy 
fazilatlar, olijanob tuy ular hamisha insonlarga ma'naviy ozuqa 
ba ishlab kclgan. 
Imom al-Buxoriyning zamondoshi va shogirdi, z davrining 
mashhur allomasi - Abu Iso Muhammad at-Termiziy ham hadis-
shunoslik ilmini yuksak bosqichga k targan yorqin siymolardandir. 
rta asrlar davrining yirik madaniy markazlaridan sanalgan Termiz 
shahri atrofida (Bu qishlo i - hozirgi Sherobod tumani) tavallud 
topgan b l usi alloma z ona yurtida dastlabki ma'lumot olganidan 
s ng rta Osiyoning Urganch, Buxoro, Samarqand kabi yirik 
shaharlarida bilimini takomillashtiradi. Bundan ham yetarli qanoat 
hosil qilmagan, hamisha ilmga chanqoq at-Termiziy Sharq 
143 

mamlakatlariga sayohatga chiqadi. Shu tariqa, u uzoq yillar Iroqda, 
Isfahon, Xuroson, Makka, Madina singari shaharlarda yashab, ilm-
fanning turli sohalaridan-ilm al-qiroai, ilm al-bayon, fikh, tarix va 
ayniqsa, hadis ilmidan sha zamonning yirik ustozi buzruklaridan 
talim oladi. Ayni paytda, at-Termiziyning zi ham yuzlab shogirdlarga 
mehribon ustoz b lib, ularning hadis ilmining bilimdonlari sifatida 
shuhrat topishlariga katta homiylik k rsatgan. 
At-Termiziydan bizgacha katta ilmiy meros yetib kelgan. Uning 
asosiy asarlari sirasiga «Al-Jomi'» («Jamlovchi»), «Al-ilal fi-I-hadiys» 
(«Hadislardagi o ishmalar»), «Risola fi-1-xilof va-l-jadal» 
(«Hadislardagi ixtilof va bahslar haqida risola»), «At-tarix» 
(«Tarix») kabilarni nisbat berish mumkin. 
Biz tilga olayotgan tarixiy davrning yana bir muhim jihati 
shundaki, bunda islom dini va uning asosiy tamoyillarini har 
tomonlama chuqur tadqiq etish hamda rivojlantirishga z hissasini 
q shgan, tasavvuf va tariqat ilmida benazir b lgan vatandosh 
allomalarimiz faoliyatiga ham bir nazar tashlab tmo imiz joiz 
b ladi. Avvalo, tasavvuf — bu odamlarni halollikka, poklikka undovchi 
barcha musulmonlarning z halol mehnati bilan kun k rishini, 
boshqalar kuchidan foydalanmaslikni, ijtimoiy adolat qoidalariga rioya 
etishni tar ib etuvchi taTnnotdir. Ulu ajdodlarimiz — Xoja Ahmad 
Yassaviy, Abduholiq ijdivoniy, Najmiddin Kubro, Bahouddin 
Naqshband, Xoja Ahror Valiylar ana shu ruhdagi oyalarni ilgari 
surgan edilar. Zero, «Yassaviya», «Kubraviya», «Naqshbandiya» 
tariqatlarida insonlar Alloh y lida, haq y lida tinimsiz toat-ibodat, 
tavba-tazarru qilish barobarida halol-u pok mehnat qilish, doimiy 
sa'y-harakatda b lishlari kerakligi ta'kidlanadi. Jumladan, «Yassaviya» 
taTimotida poklik, halollik, t rilik, mehr-shafqat, z q l kuchi, 
halol mehnati bilan hayot kechirish, Alloh visoliga yetishish y lida 
insonni botinan va zohiran har tomonlama takomillashtirish kabi 
il or umuminsoniy qadriyatlarning ifodalanganini k ramiz. 
144 
Sinov savollari 
1. Xalifalikning Xuroson va Movarounnahrdagi hukmronligining tugatilishiga 
sizningcha, qanday omillar sabab b lgan? 
2. Ismoil Somoniyning davlat boshqaruvi sohasida amalga oshirgan islohoti 
qanday maqsadlarni k zda tutgan edi? 
3. Somoniylar sulolasi inqirozining asosiy sabablarini nimalarda deb ylaysiz? 
4. Qoraxoniylar davlatining yuzaga kelish jarayoni qanday tarixiy sharoitda 
kechdi? 
5. Qoraxoniylar hukmronligi davrida mintaqa xalqlarining turmush tarzi, etnik 
tarkibida qanday zgarishlar r y berdi? 
6. aznaviylar sulolasining tez yuksalib, tez inqirozga yuz tutganligi sabablarini 
tushuntirib bering. 
7. Saljuqiylar sulolasining vujudga kelishi va hududiy joylashuvi haqida nimalarni 
bilasiz? 
8. Malikshoh davrida qanday muhim zgarishlar yuz berdi? 
9. Saljuqiylar saltanati inqirozining asosiy sabablarini tushuntirib bering. 
10. XI asrdan boshlab Xorazmning yangidan mustaqillikka erishuvi va yuksalib 
borishiga turtki bergan omillar nimalar b lgan? 
11. Xorazmshohlar saltanatidagi davlat boshqaruvi tizimi haqidagi 
tushunchalaringiz? 
12. Xorazm davlatidagi ichki ziddiyatlar, muxolifatchilik holatlarining kuchayib 
borishi qanday oqibatlarga sabab b ldi? 
13. IX-XII asrlarda yurtimizda moddiy va ma'naviy madaniyatning yuksalishiga 
qanday tarixiy shart-sharoitlar va omillar ta'sir k rsatgan? 
14. Bizning zaminimizda ilm-fanning qaysi muhim y nalishlariga tamal toshi 
q yilgan? 
15. Jahon fani va sivilizatsiyasi ravnaqiga salmoqli hissa q shgan rta Osiyolik 
allomalardan kimlarni bilasiz? 
16. Turkiy (eski zbek) adabiyot rivojiga hissa q shgan buyuk adiblar ijodi 
t risida nimalarni bilasiz? 
17. IX-XII asrlar badiiy adabiyotida fors-tojik adiblarining tutgan rni qanday? 
18. Imom Buxoriy va Imom at-Termiziylarning hadis ilmini rivojlantirishdagi 
xizmatlarini gapirib bering. 
19. Tasavvuf ta'limoti haqida nimalarni bilasiz? 
10 - 367 
145 

VI bob. MOVAROUNNAHR M ULLAR ISTILOSI VA 
HUKMRONLIGI DAVRIDA 
Tayanch s z va iboralar: XIII asr boshlaridu M }i'uliston. 
Chingizxon. M ullar hosqini. Jaloliddin Mangubcrdi. Tcmur Malik. 
Chi atoy ulusi. Soliq va lponlar. Mahmud Yalavoch. Torobiy 
q z oloni. Mas'udbek. Ulusning b linishi. Ijtimoiy-siyosiy vaziyat. 
Madaniy hayot. 
LChingizxon boshchiligida m ullarning Movarounnahrga 
bosqini. Ozodlik kurashi. Jaloliddin Manguberdi 
z dovyurakligi, ustamonligi, makkorligi bilan mashhur b lgan 
Temuchin (1155-1227) XII asrning oxirlariga kelib, nafaqat, 
m ullarning k p sonli uru -qabilalarini, shu bilan birga ular 
bilan yonma-yon yashab kelgan k plab turkiy elatlar, chunonchi, 
jaloyirlar, oyratlar, qaraitlar, naymanlar, qoraxitoylar, qir izlar, 
uy urlar, qarluqlar va boshqalarni ham birin-ketin b ysundirib, 
kuchli davlatga asos soldi. Bu davlat harbiylashgan tizimga asoslanganligi 
bilan ajralib turardi. Q shinlarga: n jangchiga bir boshliq — n 
boshi, shuningdek, yuz boshi, ming boshi va tumanboshilar 
boshchilik qilardi. Tuman deganda n minglik q shingina emas, balki 
shu q shin safini doimiy t ldirishi kerak b lgan butun bir tuman, 
ya'ni besh — n ming tovli yoki 50 mingga yaqin aholisi b lgan 
hudud nazarda tutilardi. Har bir shunday tumanga tayin qilingan 
tumanboshi faqat n ming jangchining q mondoni b libgina 
qolmay, ayni zamonda z tasarrufidagi minglab fuqarolarning 
taqdirini ham hal etuvchi hokimi mutlaq hisoblanardi. Mazkur 
tumandagi barcha sudlov, jinoiy- javobgarlik va fuqarolik ishlari ham 
t laligicha uning tasarrufida boigan. 
Temuchin oliy hokimiyat murvatini zining illari va eng yaqin 
kishilariga topshiradi. Jumladan, uning yaqin safdoshlaridan Subitoy, 
Xubiloy, Jebe, farzandlari: J jixon, Chi atoy, qtoy, Tulixonlar 
birinchi b lib tuman sohiblari boiganlar. 
Temuchinning m ullarning ulu xoqoni sifatidagi rni va 
mavqeyini har jihatdan mustahkamlash, bunga qonuniy tus berishda 
1206— yili poytaxt Qoraqurumda boiib tgan umumm ul 
146 
i »i n i illoyi alohida ahamiyatga molik boidi. Quailtoyda Temuchin barcha 
m ul - tatar xonlarining ulu xoni (qooni) deb eion qilindi va 
IMU',1
 Chingizxon laqabi berildi. (Chingizxon laqabi turli mualliflar 
inmonidan turlicha, chunonchi, «kuchli», «qudratli», «toza» yoki 
tlcngizlar (Dengizxon), okeanlar hukmdori va xokazo maiiolarda 
i.ilqin qilinib kelinadi). Qurultoy tomonidan qabul qilingan «Yaso» 
Inijjati (m ullar davlatining asosiy qonunlari majmuasi) ulu 
\on hokimiyatini yanada mustahkamladi. «Yaso» m ul jamiyatidagi 
mulkiy tengsizlik ifodasi sifatida k zga yaqqol tashlanadi. U yangi 
paydo boigan hukmron tabaqa - tarxonlarga katta imtiyozlar berilishini 
k zdatutardi. 
Chingizxon ulu xoqon deb eion qilingan birinchi kundayoq 
zining eng yaqin kishilaridan 95 nafarini bahodur, mingboshilar 
clib tayinlaydi va bir necha ming kishiga tarxonlik yorliqlari beriladi. 
Chingizxon, ayni paytda, 10 ta oliy hokimiyat lavozimlarini ta'sis 
ctadi va mingta «dovyurak» jangchilardan tarkib topgan shaxsiy gvardiya 
tuzadi (Keyinchalik uning soni 10 ming kishiga yetkaziladi). Butun 
mamlakatda kuchli temir intizom, qattiqqoi tartib rnatilib, jangovar 
harbiy safarbarlik ishlari avj oldirib borildi. Bu hol Chingizxonning 
xorijiy ellarni zabt etishdan iborat z oldiga q ygan yovuz, agressiv 
maqsadlarini tez orada amalga oshirishga imkon yaratib berdi. 
XIII asr boshlariga kelib Chingizxon q shni davlatlar va 
xonliklarni birin - ketin bosib olishga kirishadi. Agar 1206— yilga 
qadar bepoyon bi sahrosidagi qavm - qabilalar itoatga keltirilgan 
boisa, 1206 - 1211— yillar davomida Sibir va Sharqiy Turkiston 
xalqlari(buryat, yoqut, oyrat, qir iz va uy urlar) b ysindiriladi. 
M ul sarkardasi Xubiloy Yettisuvning shimoliy hududlarini ish ol 
etib, bevosita Xorazmshohlar davlati chegaralariga yaqinlashib boradi. 
1211 — yilda uy urlar yeri istilo etilgach, Chingizxon Xitoyga hujum 
boshlaydi. 1215— yil boshlariga kelib Shimoliy Xitoy poytaxti Pekin 
ish ol etiladi. 1217— yilda Xuanxe daryosining shimolidagi barcha 
yerlar m uliar tasarrufiga tadi. Ayni cho da, 1218— yilga kelib 
arb tomonda Yettisuv hududining qolgan qismi ham egallanib, 
m ullarga tobe boiadi. Endilikda Chingizxonning asosiy bosh 
maqsadi - uning jahonga hukmron boiishiga katta t onoq boiib 
turgan buyuk Xorazmshohlar q shinini tor-mor keltirib, uning 
yerlarini z qoi ostiga kiritish edi. 
147 

Bu davrda Xorazmshohlar davlatining ichki ijtimoiy-siyosiy ha-
yoti oyatda murakkab, ziddiyatli kechayotgandi. Bu davlat 
tashqaridan ulu vor, keng hududlarga yoyilgan, qudratli saitanat 
tarzida k rinsa-da va uning hukmdori Muhammad Xorazmshoh zini 
«Iskandari soniy», «xudoning yerdagi soyasi» deb bilsa-da, biroq, 
haqiqatda esa, Xorazmshohlar sulolasi ichdan yemirilishga, tanazzulga 
yuz tutgan edi. Awalo, oliy hokimiyat boshqaruvida chuqur ixtiloflar 
hukm surardi. Bir tomondan, Muhammad yurgizayotgan rasmiy 
siyosatga nisbatan uning onasi Turkon Xotun va uning qavmlaridan 
iborat nufuzli siyosiy kuchlar doimiy muxolifatchilik munosabatida 
b lib kelardi. Ikkinchi tomondan, mahalliy hududlar beklari va 
hokimlari ham markaziy hokimiyat bilan hisoblashmay, zboshim-
chalik qilar, xalqqa haddan ziyod jabr - zulm tkazardi. Bu davrda 
Xorazmshohlar davlati oliy devonida ham, mahalliy hokimlar, 
amaldorlar rtasida ham porax rlik, xoinlik, sotqinlik holatlari avj 
olib borayotganligi sir emasdi. Uchinchidan, xalqning hokimiyatdan 
noroziligi k plab alayonJarni keltirib chiqarmoqda edi. Bunday qaltis 
vaziyat, shubhasiz, mamlakat birligiga raxna solib, uni tobora zaiflash-
tirayotgan edi. 
Buning ustiga, Muhammad Xorazmshohning xalifalik hududlarini 
q lga kiritish daVosi bilan 1217— yilda Ba dod sari q shin tortishi 
ham xalifalik hukmdorlarini qahr-u azabga keltirgandi. Hatto, xalifa 
an-Nosir Chingizxonga elchilar orqali maxsus noma y llab, undan 
yordam s raydi, m ul q shinlarini Movarounnahr mulklariga 
bostirib kirishiga ham ishora qiladi. 
Chingizxon q shni davlatdagi barcha sir-u sinoatlardan t liq 
xabardor edi. U Xorazm davlatidan M ulistonga qatnaydigan bir 
guruh yirik savdogarlardan iborat z josuslik mahkamasini tashkil 
qilib, ular xizmatidan foydalanib kelardi. Mahmud Yalavoch, Hasan 
Xoja, Yusuf troriy singari kishilar shular sirasiga kirardi. Shu 
bois, Chingizxon va uning rdasi Xorazmshohlar davlatida kecha-
yotgan barcha ziddiyatli voqealardan, uning zaif nuqtalaridan 
xabardor edi. Chingizxon barcha vositalarni ishga solib, kerak b lsa 
shuhratparast shoh Muhammadni tinchlantirib, amalda Movaroun-
nahr ustiga yurishga puxta hozirlik k radi. 1218— yili Chingizxon 
aniii bilan Xorazm davlatiga 500 tuyada qimmat baho sov alar, 
iillo knmiish bisotlar, savdo mollari ortilgan, asosiy tarkibi 
148 
musulmon savdogarlaridan iborat 450 kishilik karvon yuboriladi. 
Karvon trorga keladi. tror hokimi Inolchiq( oyrxon) karvon 
ahlining m ul josuslari ekanini fahmlab, Xorazmshohning 
maxsus farmonini kutmay uni y q qilishga buyruq beradi. Shu 
tariqa, karvon butunlay talanib, qir in qilinadi. Chingizxon uchun 
endi Movarounnahrga bostirib kirish fursati yetgan edi. Bu vaqtga 
kelib Chingizxon va uning lashkarboshilari tasarrufida 200 ming 
kishilik jangovar q shin tayyor holga keltirib q yilgandi. 
Chingizxon q shinining hujumi xavfi yaqinlashib kelayotgan-
ligini Muhammad Xorazmshoh va uning arkoni davlati ham yaxshi 
bilardi. Shoh muayyan harbiy tayyorgarliklar k rish, shaharlarning 
mudofaa istehkomlarini mustahkamlash, q shinlar safini k pay-
tirish harakatida b ldi. Biroq asosiy harbiy strategik masalalarda u 
ta nodonlik va kaltabinlik qiladi. U zining sarkarda li Jaloliddin, 
X jand hokimi, dovyurak bahodir Temur Malik singari yetuk 
kishilarning harbiy kuchlarni asosiy nuqtalarda t plab, dushmanga 
hal qiluvchi zarbalar berish kerakiigi t risidagi t ri, dono 
maslahatlariga ham quloq solmadi. Sulton z q shinlarini turli 
shaharlarda alohida holda joylashtirish va mudofaadan iborat xato 
taktikani ma'qul k rdi. 1219— yiida Chingizxonning son-sanoqsiz 
q shinlari mamlakatga bostirib kira boshlagach, Xorazmshoh z 
iinchi, halovatini k zlab, mamlakat taqdirini z holiga tashlab, 
yaqin xesh-u aqrabolari bilan janubga tomon qochishni ma'qul k rdi. 
Bunday holat tez orada butun mamlakat uchun fojiali oqibatlarga 
olib keldi, yurt himoyachilari taqdiri, ruhiyatida chmas, asoratli 
iz qoldirdi. Xalqning so lom. vatanparvar kuchlari esa yurt ulu -
larining bunday ikkilanishi, xiyonatiga qaramay, muqaddas ona 
zaminni k krak kerib himoya qilish, bosqinchilarga qarshi qahramon-
larcha kurashga tashlandilar. Bu mislsiz jang-u jadallarda ularning 
qancha - qanchasi zlarini yurt ozodligi uchun qurbon qildilar. 
M ullarning birinchi hujumiga duchor b lgan hudud tror 
b ldi. Chingizxon va uning lashkarining trorliklardan alohida qasdi 
bor edi. Negaki, Chingiz yuborgan savdo karvoni huddi shu yerda 
saranjom qilinganligi ularning yodidan k tarilmagandi. Chi atoy va 
qtoyning son-sanoqsiz kuchlari shahar qaTalariga bosqin 
uyushtirgan kezlarda trorliklar ularga qarshi mardonavor jang 
qildilar. Shahar aholisi oyrxon va  Q o r a c h o r bahodiriar 
149 

yetakchiligida tengsiz dushman bilan uzoq vaqt jon berib, jon olishdilar. 
Shahar mudofaasi 5 oydan ziyod davom etdi. Xalq qarshiligi t xtovsiz 
davom etdi. Biroq oxir-oqibatda shahar dushman tomonidan egallandi. 
Mirzo Ulu bekning «T rt ulustarixi» kitobida ta'kidlanganidek: 
«... trorning butun aholisini sahroga haydab chiqdilar va qatl qilditar. 
,.,0'tror xisorini q lga kiritib, yer bilan barobar qildilar. Tirik 
qolganlardan, raiyat va hunarmandlarning ba'zilarini hibsga oldilar, 
ba'zilarni esa qul qilib haydadilar».' 
M ul bosqinchilari Movarounnahming boshqa hududlarida 
ham k z k rib, quloq eshitmagan yovuzliklarni sodiretdilar. Buning 
yaqqol ifodasini ularning gullab-yashnagan Buxoro, Samarqand, 
X jand singari shaharlar va ularning aholisiga nisbatan qilgan behad 
yovuzliklari misolida ham k rish mumkin. Masalan, Chingiz q shini 
1220— yilning fevralida musulmon Sharqining yirik islom markaz-
laridan sanalgan Buxoro ustiga balo-qazodek yopirilib keladi. Buxoro 
xalqi bir necha kun davomida dushmanga matonat bilan qarshilik 
k rsatadi. Bu esa Chingizxonni dar azab etadi. Natijada, u shaharni 
yakson qilish, boyligini talash, xaiqini qir in qilishga buyruq beradi. 
Buxoro qamali 12 kecha-yu kunduz davom etdi. M ullar yondi-
rilgan, kuli k kka sovurilgan shaharni egallagach, k ngillariga kelgan 
noma'qulchiliklarni amalga oshirdilar, shahar himoyachilari butunlay 
qirib tashlandi. 
Chingizxon galalari 1220— yil mart oyida eng yirik va obod 
shaharlaridan biri Samarqandni q lga kiritish uchun barcha makko-
rona tadbirlarni qoiladilar. Atrof joylarni oldin bosib olib, shaharni 
tashqi dunyodan ajratishga harakat etdi. Boshqa bahodirlar q shinidan 
q shimcha kuchlar chorlab, uch kunlik qattiq jangdan s ng 
Chingizxon q shini shaharga yorib kirishga va uni butunlay ziga 
b ysundirishga erishadi. 
M ul istilochilariga qarshi ulu ajdodlarimizning qahramo-
nona kurashida X jand hirnoyachilari k rsatgan favqulodda jasorat 
alohida rin tutadi. Temur Malik boshchiligidagi mudofaa kuchlari 
qariyb 5 oy davomida k ksini qalqon etib, yovuz dushman hamlasini 
daf etib, behisob qurbonlar berib z yurtini himoya qildilar, ilojsiz 
qolgan paytdagina olov ichida yonayotgan shahar qal'asini tark etdilar. 
Shunda ham Temur Malik bir qism dovyurak, q rqmas jangchilari 
1
 Mirzo Ulu bek. T rt ulus tanxi. T.: «Ch lpon», 1994, lX2-bct. 
150 
bilan Sirdaryoga y nalib, maxsus orolda joylashib dushmanga zarba 
beradi. Nihoyat, ular maxsus kemalarda m ullar hujumiga bardosh 
berib, y l-y lakay jang qilib, Xorazm sari harakatlanadilar. Xalq 
qahramoni Temur Malikning bundan keyingi vatanparvarlik faoliyati 
Xorazm va ona yurtning boshqa hududlarini himoya qiluvchilar safida 
davom etdi. 
Mamlakatning Buxoro, Samarqand, X jand singari yirik 
markazlarining q ldan ketishi Xorazmshoh va uning arkoni davlatini 
shu qadar larzaga soldiki, buning natijasida, hukmdor z saltana-
tining janubi- arbiy hududlari b ylab chekinib bordi. zining 
kaltabin siyosati, qaf iyatsizligi, q rqoqligi orqasida kechagi «qudratli» 
hukmdor endilikda ojiz-u notavon bir kimsaga aylanib qoldi. Ilojsiz 
qolgan shoh oxiri Kaspiy dengizidagi Ashura oroliga qochadi. sha 
yerda katta li Jaloliddinni taxt vorisi etib tayinlab, 1220— yilning 
dekabrida xor-u zorlikda vafot etadi. 
Jaloliddin Manguberdi Gurganchga yetib kelib, shahar mudofaasiga 
kirishadi. Lekin Gurganchdagi Qipchoq amirlari Turkon xotunning 
akasi Xumorteginni sulton deb e'lon qilib, Jaloliddin Manguberdiga 
qarshi suiqasd uyushtirmoqchi b ladilar. Bundan xabar topgan 
Jaloliddin Temur Malik boshchiligidagi 300 suvoriy bilan Gurganchni 
tark etib, Xurosonga ketishga majburb ladi. 
Xorazm poytaxti Gurganch mudofaasi ham m ullar istilosi 
tarixining alohida bir fojiali sahifasi b lgan, desak xato b lmaydi. 
1221— yil boshlarida J ji, Chi atoy va qtoy askarlari Gurganchga 
hujum boshlaydilar. Gurganch qamali 6 oy davom etdi, hadsiz-
hisobsiz qurbonlar berildi. Shahar egallangach, m ullarning bu 
yerda sodir elgan mislsiz yovuzliklarini bayon etishga qalam ojizlik 
qiladi. Barcha erkaklar, bolalar qilichdan tkaziladi. Xotin-qizlar 
qip-yalan och qilinib, bir-biri bilan urishishga majbur etiladi, 
s ngra m ul jangchilari tanloviga beriladi, qolganlari qirib tashlanadi. 
Hech kimga shafqat k rsatilmaydi. Shaharning zini yer bilan yakson 
qilish uchun Amu t oni ochib yuborilib, Gurganch suv ostida 
qoladi. Shahardagi uzoq asrli ma'naviyat durdonalari, qimmatli 
q lyozmalar, kitoblar saqlanib kelgan kutubxonalar, barcha noyob 
osori-atiqalar yer bilan yakson etiladi. 
Muhammad Xorazmshohning illari: zloqshoh va Oqshohlar 
ham m ullar tomonidan asir olinib, qiynab oidiriladi. Podshoh 
151 

bilan k p yillar niLixolifatchilikda b lib, yurtning parokandalikka, 
chuqur ziddiyatlarga y liqishiga sababchi boigan, ziga haddan ziyod 
bino q ygan, saltanat ichida saltanat qurgan Turkon Xotun qismati 
harn ibjiali yakun topadi. U ham m ullar tomonidan asir olinib, 
behisob mol-u dunyosi talanib, zi M ulistonga haydab ketiladi. 
Tarixiy manbalarda Turkon Xotunning Chingizxon xotinlaridan biriga 
ch ri sifatida tortiq qilingani aytiladi. 
Movarounnahrning asosiy shaharlarini bosib olgan, behisob 
boyliklarga ega b igan m ullar 1221— yil davomida Xuroson oikasi 
hududiari tomon. hujum boshlab, binn-ketin Balx, Termiz, Marv, 
Nishopur, Hirot, Mozandaron singari boy shaharlar, qal'alarni bosib 
oldilar. Biroq shum aytish joizki, m u! bosqinchilari Movaroun-
nahr vo Xuroson yerlarini osonlikcha qolga kiritgan emaslar. Ular 
bu yerlarda mahalliy xalq va uning q rquv bilmas, sheryurak 
farzandlarining tiilarda doston boigulik mardlik jasoratlariga duch 
keldilar, katta lalofatlar berdilar. Shu rinda Xorazmshohning 
t n ich gii, jasur lashkarboshi Jaloliddin Manguberdi faoliyatiga 
t xtalib tmoqlik joizdir. U m uilar istilosi boshiangan kundanoq 
doimo yurt himoyachilari tomonida turdi, ularga rahnamo boidi. 
Ona Vataniga b lgan cheksiz mehr hissi, farzandlik burchi uni shu 
qadar elga mashhur qildiki, hatto uning nomini eshitgan Chin-
gizxonning ham sochi tik boiib, yuzi tundlashar, uni qoiga tushi-
rish, y q qilish chora-ladbirlarini izlardi. 
Jaloliddin Manguberdi ancha yillar ilgari azna, Vohyon, Guch, 
Bust va Hindiston hududlarigacha boigan yerlarga hokim etib 
tayinlangan edi. Shu bois, azna tomon yurdi, yoida k pgina q shin 
boshliqlari Sulton Jaioliddinga q shildi. Sulton Jaloliddin Niso, 
Qandahorda m ullar q shinini tor-moretib, aznaga yetib keldi. 
Jaloliddin Manguberdi katta q shin t plab, Valiyon qal'asi, Parvon 
tekisligida m ul q shinlari bilan jang qilib, ularni tor-mor etadi. 
Chingizxon Jaloliddin Manguberdiga qarshi shaxsan zi q shin 
tortadi. 1221— yil 25-noyabrda Sind (Hind) daryosi b yida tengsiz 
jangboiadi. Bu jangda Jaloliddin Manguberdi k rsatganjasoratga 
m ul hukmdorining zi ham tan berib, lol qolgan. Bu hayot -
mamot jangida Xorazm bahodiri, uning yigitlari arslonlardek jon 
bcrib, jon olardi. «Qaysi tomonga ot choptirmasin, tuproqni qonga 
152 
b yar edi. Agar bu jangni Zolning li k rsa edi, u sulton Jalol 
(uddin) ning q lini pgan boiardi».' 
Chingizxon lashkari hisobsiz boisa-da, uning jang maydonidagi 
asosiy kuchlari parokanda holiga tushib qolgandi. Biroq pistirmadagi 
10 ming nafar sara lashkar jangni Chingizxon foydasiga hal qiladi. 
Nochor, tang ahvolga tushib qolgan Jaloliddin qora t riq otiga minib, 
s nggi bor m ullarga hamla qilib, s ng ot jilovini ortga tortadi. 
Sovutini yelkasidan tashlab, otiga qamchi bosadi va balandlikdagi 
qoyadan zini Sind daryosiga otadi. Jaloliddin bahaybat daryo toi-
qinlarini shiddat bilan kcsib tib narigi sohilga tib oladi. Uning 
4000 jangchisi ham bunga muvaffaq b lishadi. Hozirgi paytda ham 
bu daryoning bir tomoni «Ot sakrar», narigi tomoni «Choii Jaloliy* 
dcb ataladi. 
Jaloliddin zining botir jangchilari bilan yana n yil davomida 
goh Af on va Hind, goh Eron yoki Kavkazorti hududlarida paydo 
b lar, yangidan xalq lashkarlari jamlab, m ul bosqinchilari zulrni 
va hukmronligiga qarshi tinimsiz jang qilar, xalq erki, ozodligi yoiida 
sabot bilan kurashardi. 
Jaloliddin goh zafar quchdi, goh magiubiyat alamini tortdi, 
biroq kuchli dushman oldida bosh egib, magiub b lmadi. Lekin ne 
k rgilikki, Jaloliddin Manguberdining aziz umri yovlar bilan jang 
maydonida, yakkama-yakka olishuvda emas, balki bir alamzada 
qurdning banogoh ti idan xazon b ldi. Bu mudhish voqea 1231-
yilning 17-20-avgustlarida Ozarbayjon hududlarida sodir etildi. 
Jaloliddinning el - ulus, vatan ozodligi va mustaqilligi y hdagi 
fidoyiligi, mislsiz jasorati mangulikka daxldordir. Istiqlol nashidasini 
surayotgan mustaqil zbekistonda ulu ajdodlar ruhining e'zozla-
nayotgani, jumladan, Jaloliddin Manguberdi qutlu tavalludining 
800 yillik yubileyi mamlakatimiz miqyosida keng nishonlanganligi 
ham buning yaqqol ifodasidir. 
' Mirzo Ulu bck. T rt ulus tarixi., T., «Ch lpon», 1994,183-1X4 -bct. 
153 


Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   46


Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2017
ma'muriyatiga murojaat qiling