ILMIY AXBOROTNOMA
IQTISODIYOT
2017-yil, 4-son
185
kiyimlarini tikish va ta’mirlash; mebellar, xoʻjalik va madaniy maishiy jihozlar, inventarlar, idishlar,
yengil transport vositalarini ta’mirlash; uy-joy qurish va ta’mirlash; dehqonchilikda kartoshka,
sabzovot, mevalar va boshqa mahsulotlarini yetishtirish; mahsuldor hayvon va oʻsimliklarni saqlash
kabi agroservis xizmatlari.
Yuqorida nomi koʻrsatilgan “Harakatlar strategiyasi”, farmonlar, qonunlar va nizomlar xizmat
sohalarida kichik biznes va xususiy tadbirkorlikni rivojlantirish uchun huquqiy asos boʻlib xizmat
qiladi. Demak, xizmat sohasi kelajakda iqtisodiyotning muhim sohasiga aylanadi. Shu munosabat
bilan viloyatimiz shahar va qishloqlarida quyidagi yoʻnalishlar hayotga tadbiq etilishini maqsadga
muvofiq, deb hisoblaymiz:
Qishloq joylarda xizmat va servis sohasini jadal rivojlantirish, xususan, qishloq aholisiga
koʻrsatilayotgan xizmatlar, suvdan foydalanish, veterinariya, qishloq xoʻjalik mahsulotlarini
tayorlash va mashina traktor parklari sohasidagi xizmatlar bilan shugʻullanuvchi sub’ektlar
faoliyatini tiklashni ragʻbatlantirish;
qishloq xoʻjalik maxsulotlarini ishlab chiqarish va agroservis yoʻnalishidagi korxonalarnga,
ularga oʻz faoliyatlarini boshlab olishi uchun zarur boʻlgan boshlangʻich mablagʻ bilan
ta’minlashda iimtiyozli kreditlarni yoʻlga qoʻyish lozim.
Xulosa qilib aytganda, xizmat sohasini rivojlantirish, bandlik muammosini ayniqsa, xotin-
qizlar, qishloq yoshlarini ish bilan ta’minlash va butun mamlakatimiz aholisining farovonligini
oshirish imkoniyati yaratadi.
Adabiyotlar
1. “Oʻzbekiston Respublikasini yanada rivojlantirish boʻyicha xarakatlar strategiyasi
toʻgʻrisida”gi 2017 yil 7 fevraldagi PF-4947 sonli Farmoni.
2. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Oʻzbekiston Respublikasida 2006-2010 yillarda
xizmat koʻrsatish va servis sohasini rivojlantirishni jadallshrirish chora tadbirlari
toʻgʻrisida”gi (2006-yil 17 aprel) Qarori.
3. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “2012-2016 yillarda Oʻzbekiston Respublikasida
xizmat koʻrsatish sohasini rivojlantirish dasturi toʻgʻrisida”gi Qarori.
4. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “2013-2016 yillarda qishloq joylarda xizmat
koʻrsatish va servis sohasini jadal rivojlantirish yuzasidan qoʻshimcha chora-tadbirlar
toʻgʻrisida”gi Qarori.
Do'stlaringiz bilan baham: |