Article · August 017 citation reads 2,123 authors: Some of the authors of this publication are also working on these related projects
Download 408.96 Kb. Pdf ko'rish
|
4.Xizmatkorsatishvaservissohalarinirivojlantirishdamuhimyonalishlar
YOʻNALISHLAR
Sh.Kuvondikov, H.Hasanov Samarqand davlat universiteti shuhratq@rambler.ru Annotatsiya. Maqolada xizmat koʻrsatish va servis sohalarining qishloq aholisi bandligini ta’minlashdagi roli ochib berilgan. Shuningdek, qishloqda xizmat koʻrsatishni rivojlantirishning ilmiy asoslangan konsepsiyasi taklif etilgan. Kalit soʻzlar: xizmat koʻrsatish, an`anaviy xizmatlar, xizmatlar bozori. Важные направления в развитии сферы услуг Аннотация. В статье раскрыта роль сферы услуг в обеспечении занятости сельского населения. А так же предложены научно обоснованные концепции развития сферы услуг на селе . Ключевые слова: услуга, традиционный услуги, услуги рынок . Important directions in the development of services Abstract. In the article the role of the service sector in securing the employment of the rural population is disclosed. And also the scientific justification of the concept of development of the service sector in the village is proposed . Keywords: service, traditional services, market of services . Xizmat sohasini rivojlantirish aholi farovonligi va ish bilan bandlik masalasining hal boʻlishini ta’minlovchi muhim omillardan biridir. Oʻzbekiston Respublikasini rivojlantirishning 2017-2021- yillarga moʻljallangan 5 ta ustuvor yoʻnalishlari boʻyicha harakatlar strategiyasida xususiy sektorniahamiyatini oshirishga alohida e’tibor berilgan.Shuningdek, 2013-2016-yillarda qishloq joylarda xizmat koʻrsatish va servis sohasini rivojlantirish dasturiga koʻra, 2016-yilda xizmatlar sohasini jadal rivojlantirib, uning yalpi ichki maxsulotdagi ulushini 54-56 foizga yetkazish, xizmatlarning yangi, zamonaviy turlarini joriy etish, aholini, birinchi navbatda, qishloq joylarda odamlarni ish bilan band qilish muammolarini hal etishdagi rolini oshirish chora tadbirlari koʻzda tutilgan. 2013-2016-yillarda mamlakatimizda xizmatlar koʻrsatish va servis sohasini rivojlantirishning asosiy konseptual yoʻnalishlari qoʻyidagilardan iborat boʻldi 1 : 1. Xizmatlar koʻrsatish sohasida tadbirkorlikning faolligini yanada kuchaytirish uchun qullay shart-sharoit yaratish, xususan, bu boradagi rasmiyatchilik toʻsiqlarini bartaraf etish vazifasi qoʻyilgan. 2. Xizmatlar hajmini yuqori sura’tlarda oʻsishini ta’minlash va ularning yalpi ichki mahsulotdagi ulushini 2016 yilda 54-56 foizga yetkazish. 3. Xizmatlar va servis sohasida band boʻlgan aholining sonini muntazam oshirib borish. 4. Qishloq joylarda xizmat va servis sohasini jadal rivojlantirish, xususan, qishloq aholisiga koʻrsatilayotgan xizmatlar, birinchi navbatda, komunal-maishiy, uy-joylarni ta’mirlash va qurish, suvdan foydalanish, veterinariya, qishloq xoʻjalik mahsulotlarini tayorlash va mashina traktor parklari sohasidagi xizmatlar hajmi va turlarini yanada oshirib borish. 1 Ushbu yo'nalishlar bevosita Prezidentning «O'zbekiston Respublikasida 2006-2010-yillarda xizmat ko'rsatish va servis sohasini rivojlantirishni jaddalashtirish chora tadbirlari to'g'risida» gi (2006-yil 17-aprel) qarorda va «O'zbekiston Respublikasida 2012-2016-yillarda xizmat va servis sohasini rivojlantirish dasturi» da keltirilgan. |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling