Article · December 020 citations reads 1,086 author: Some of the authors of this publication are also working on these related projects
Download 0.83 Mb. Pdf ko'rish
|
1 (1)
3. Tadqiqot natijalari:
Hozirgi kunda o`zining oilaparvar va bolajon xalq sifatida boshqa xalqlardan ajralib turadigan o`zbek xalqining bola tarbiyasi va oilaviy munosabatlar masalasini o`rganish, tadqiqotchilar tomonidan ikki boshqichda amalga oshirilgan. Adabiyotlarni xronologik jihatdan 2 ga ya’ni, mustaqillikkacha va mustaqillik yillarida yozilgan adabiyotlarga bo`lish mumkin. Lekin tadqiqot davrida ma’lumotlarni qiyosiy o`rganish, an’analarning saqlanish darajasini tahlil qilish maqsadida Markaziy Osiyo xalqlari turmush tarzi, oilaviy munosabatlari, shu jumladan, bola tarbiyasiga oid ma’lumotlar keltirilgan manbalar va XIX asr oxiri – XX asrning birinchi yarmiga tegishli bo`lgan tarixiy-etnografik asarlar va adabiyotlardan ham foydalanildi. Xususan, XIX asr oxiri – XX asr boshlarida Rossiya imperiyasi Markaziy Osiyoni istilo qilgach, ruslar tomonidan mahalliy xalqlarni o`rganish maqsadida ularning madaniyati, turmush tarziga oid qimmatli ma’lumotlar yig`ilgan edi [4]. XX asrning 20-30-yillaridan boshlab, xalqlarni tarixiy-etnografik jihatdan o`rganish yuzasidan yangi harakatlar boshlanishi natijasida hududlarda etnografik tadqiqotlar uyushtirildi va bir qator maqolalar chop etildi[5]. Yuqorida ko`rsatib o`tilgan adabiyotlarda ikki holatni kuzatish mumkin. Birinchidan, ayrim rus mualliflarining asarlarida shovinistik qarashlarning ta’siri sezilib turadi. Shuning uchun ular o`sha davr o`zbeklar hayoti va urf-odatlarini xolislik bilan yoritganlar deb o`ylash noo`rin. Shu bois ularga tanqidiy qarshalar bilan yondashmoq kerak. Ikkinchidan, bu davrda yaratilgan tadqiqot ishlari, asosan, tavsifiy harakterda bo`lib, tadqiqotchilar ko`proq bola tug`ilishi va tarbiyasiga tegishli ayrim urf-odat va marosimlarning qay tartibda o`tkazilishiga e’tibor qaratganlar, xalos. Shunga qaramay, bu ma’lumotlar juda ahamiyatli va ilmiy-amaliy ahamiyatga ega. Bevosita o`rganilayotgan davrga tegishli adabiyotlar to`g`risda fikr yuritadigan bo`lsak , ko`rsatilgan birinchi davrda o`rganilayotgan mavzuga oid ilmiy adabiyotlar juda kam bo`lib, ayni paytda ushbu mavzu tadqiqot obyekti sifatida emas, aksincha keng qamrovli, umumiy tadqiqotlar doirasida o`rganilgan. Xususan, O.A.Suxareva va M.A.Bikjonovalar Namangan viloyati Chortoq Tumanining Oyqiron qishlog`ini etnografik jihatdan o`rganar ekanlar, aholining oilaviy munosabatlari hamda oilaviy urf-odat va marosimlarini ham tadqiq etganlar. Shunda mazkur qishloq aholisining bola tarbiyasiga oid an’analariga ham e’tibor qaratiladi[6]. |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling