Article · December 020 citations reads 1,086 author: Some of the authors of this publication are also working on these related projects
¤ÒÌÈØÃÀ ÍÀÇÀÐ | ÂÇÃËßÄ Â ÏÐÎØËÎÅ | LOOK TO THE PAST
Download 0.83 Mb. Pdf ko'rish
|
1 (1)
¤ÒÌÈØÃÀ ÍÀÇÀÐ | ÂÇÃËßÄ Â ÏÐÎØËÎÅ | LOOK TO THE PAST
№9 | 2020 15 etnologik, sotsiologik, psixologik va falsafiy jihatdan o`rganilgan bo`lib, tadqiqot ishida ma’lumotlar sifatida foydalanilgan. 4. Xulosalar: Yuqorida keltirilgan ma’lumotlar asosida xulosa qiladigan bo`lsak, XX asrning ikkinchi yarmidan mustaqillik yillarigacha ya’ni sovet davri tadqiqotlarida tarixiy ilmiy qimmatga ega boy ma’lumotlar yig`ilgan. Biroq, bu davr tadqiqotlarida ikki xil holatni kuzatish mumkin. Birinchidan tavsiflovchi harakterga ega bo`lgan, ikkinchidan, ma’lum darajada qiyosiy-tahliliy ahamiyatga ega bo`lgan tadqiqotlarga ham sovet mafkurasi singdirilganligi ko`rish mumkin. Xususan, oilaviy munosabatlarda va bola tarbiyasida milliy-diniy tarbiya berish va qarashlar qoralangan, atiestik va baynalminal tarbiya berish uslubi qo`llab quvvatlangan. O`zbeklarda farzand tarbiyasi va oilaviy munosabatlar tarixini o`rganish XIX asr oxiri XX asr boshlarida yaxshi rivojlandi. Tadqiqotlar asosan urf-odat va marosimlarni o`rganish kesimida olib borilgan. Bu esa O`zbeklarda farzand tarbiyasi va oilaviy munosabatlar tarixini yoritishda etnik xususiyatlardan yiroqlashishga olib kelgan. XX asrning ikkinchi yarmiga kelib, G`arbiy Yevropa va AQShda bolalik, bola va jamiyat o`rtasidagi munosabatlar masalasida ijtimoiy-gumanitar soha vakillari tomonidan katta tadqiqotlar olib borilib, turli g`oyalar, nazariyalar ilgari surildi. Lekin bu nazariyalar sovet mafkurasiga zid edi va sovet jamiyatlarida ularga tanqidiy nuqtai nazarda qarab kelindi. XX asrning 80-yillarida “oilaviy munosabatlar va tarbiya jarayonlari” mavzusidagi tadqiqot ishlari ham odatda an’anaviy tarbiya usullari tavsifiy harakterda o`rganilgan. Sovet davrida o`zbek etnologiyasida mazkur masala aksariyat an’anaviylik kontekstida tadqiq etilgan bo`lsada, mafkuraviy to`siq mavjud bo`lgani uchun tadqiqotchilar mazkur masalani har tomonlama tadqiq qila olmaganlar. Bundan kelib chiqqan holda, XX asr oxiri va XXI asrning boshlaridagi davr oralig`ida “o`zbek oilalarida farzand tarbiyasi vaoilaviy munosabatlarni o`rganish tarixshunosligi” alohida tadqiqot ishi sifatida maxsus o`rganilmagan. Mustaqillik yillarida ya’ni 1991-yildan XXI asr boshlariga qadar yozilgan tadqiqotlarda oilaviy munosabatlar, ota-onalar va o`smir farzandlar o`rtasidagi aloqalar, farzand tarbiyasi bilan bog`liq an’analar va marosimlar milliy qadriyatlar va urf-odatlar negizida tadqiq etila boshlandi va aynan o`zbek oilalarida ota-onalar va o`smir farzandlar o`rtasidagi munosabatlar, farzand tarbiyasini etnik xususiyatlari negizida tadqiqot obyekti sifatida o`rganilmagan. Ko`plab tadqiqot ishlarida mavzuga oid jihatlar ma’lum darajada yoritib berilgan, hududlar va maxsus xususiyatlar kesimida xalos. Bu esa ushbu mavzu yuzasidan ko`plabtadqiqot mavzusini yoritishda ma’lum bir darajadagi ma’lumotlardan foydalanishga imkon yaratadi. Download 0.83 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling