Aruz atamasi haqida. Fitratning hayoti va ijodi


Download 21.9 Kb.
Sana18.11.2023
Hajmi21.9 Kb.
#1785379
Bog'liq
Fitrat Aruz haqida


Reja:

  1. Aruz atamasi haqida.

  2. Fitratning hayoti va ijodi.

  3. Fitratning “Aruz haqida” asari.

.


A.Navoiy "Mezonul avzon"da bergan ma`lumotga ko`ra, "aruz" atamasi uning asoschisi Halil ibn Ahmad yashagan joydagi vodiy nomi bilan bo/liq ekan. Boshqa aruzshunoslar, xususan, Vohid Tabriziy esa "aruz" arab tilida chodirni tutib turish uchun o`rtaga qo`yiladigan yo/och(ustun)ni anglatadi va aruz atamasi shu so`zdan olingan, deb hisoblaydilar. Ular bu fikrning qo`shimcha asosi sifatida yana baytdagi birinchi misraning ham "aruz" deb atalishi, baytning ham (xuddi chodir "aruz"ga tayanganidek) shu ruknga tayanishi, ya`ni, shu rukn o`qilganda she`rning qaysi vaznda ekanligi aniq bo`lishini keltiradilar. Bu fikrlarning qaysi biri haqiqatga yaqinligidan qat`iy nazar, biz "aruz"ning istilohiy ma`nosi bilan ish ko`ramiz, ya`ni, "aruz" deganda sharq she`riyatida keng tarqalgan metrik she`r tizimini tushunamiz.
Mutaxassilar aruz she`r tizimi arab adabiyotida YIII asrdan maydonga kelgani va IX asrdanoq forsiy tildagi adabiyotda ham qo`llanila boshlaganini qayd qiladilar. Turkiy xalqlar adabiyotida, jumladan o`zbek adabiyotida ham aruzning qo`llanila boshlashi taxminan shu vaqtga to`g`ri keladi degan fikr mavjud. Fitrat bu haqda to`xtalib: "Bizning O`rta Osiyo turklari tomonidan qachon qabul etilgani aniq emas. Biroq hijriy 462 da Qashqarda yozilgan mashhur "Qutadg`u bilik" kitobining shu aruz vaznida yozilg`ani e`tibor etilsa, juda eskidan qabul etilgani ma`lum bo`ladur", deb yozadi. Hartugul, turkiy tildagi aruzda yaratilgan ilk asar sifatida hozircha "Qutadg`u bilik" tan olinar ekan, aruzning turkiy adabiyotda qaror topishi taxminan X-XI asrlarga to`g`ri keladi deyish mumkin.
Aruzdagi eng kichik ritmik bo`lak sifatida ayrim mutaxassislar (arab va fors aruzshunosligi an`analariga muvofiq) harfni, boshqalari esa (turkiy tillar va turkiy aruz xususiyatlaridan kelib chiqib) hijoni ko`rsatishadi. YA`ni, eng kichik ritmik bo`lak sifatida harfning olinishi arab tili (va yozuvi) uchun xosroq, o`zbek tili uchun esa hijoning olingani qulayroq. Shunday bo`lsa ham, aruzdagi tarkiblanishni yaxshiroq tasavvur qilish uchun harf eng kichik birlik sifatida olingan holatdagi tarkiblanishga qisqacha to`xtalib o`tish maqsadga muvofiq.
Demak, arab aruzshunosligida eng kichik ritmik bo`lak — harf, harf esa ikki turli bo`ladi: mutaharrik (cho`zg`ili) va sokin (cho`zg`isiz). Cho`zg`i deganda unli tovush tushunilishi e`tiborda tutilsa, "mutaharrik harf", "sokin harf" atamalarining ma`nosi anglashiladi. Masalan, "ko`z" so`zi ikkita harf: bir mutaharrik ("ko`") va bir sokindan ("z") tarkib topadi. Mutaharrik va sokin harflarning muayyan tartibda qo`shilishidan juzvlar yuzaga keladi. Juzvlar harfga nisbatan kattaroq ritmik bo`lak sanalib, ular har biri o`z ichida ikkiga bo`linadigan uch turga ajratiladi: sabab, vatad va fosila. Juzvlarning muayyan tartibda birikishidan ruknlar, ruknlarning she`r misrasida muayyan tartibda takrorlanishidan bahrlar hosil bo`ladi. Bulardan anglashiladiki, aruz qismlari o`zaro mustahkam aloqada bo`lgan sistema sifatida juda puxta tashkillangan she`r tizimi ekan.
O`zbek aruzi uchun eng kichik ritmik bo`lak sifatida hijo olinishi aytildi. Hijolar uch turli bo`ladi: qisqa, cho`ziq va o`ta cho`ziq. Birgina qisqa unlidan (a -lam, i - lik) iborat bo`lgan yoki qisqa unli bilan tugagan ochiq bo`g`in (ma - kon, ba - lo) qisqa hijo hisoblanadi, u paradigmada (v) belgisi bilan ifodalanadi. Cho`ziq hijo cho`ziq unli bilan tugagan ochiq bo`g`in yoki qisqa unlili yopiq bo`g`inga teng bo`lib, paradigmada (-) belgisi bilan ifodalanadi. Tarkibida cho`ziq unli bo`lgan (chi - roq) yoki qo`sh undosh bilan tugallangan yopiq bo`g`in (ishq, ko`shk) o`ta cho`ziq hijo sanalib, paradigmada (~) belgisi bilan ifodalanadi.
Hijodan keyingi ritmik bo`lak - juzvni alohida ajratish o`zbek aruzi uchun unchalik zarur bo`lmasa-da, ularga ham qisman to`xtalib o`tamiz. Yuqorida aytilganidek, uchta juzvning birinchisi sabab deb nomlanadi. Sabab o`z ichida ikkiga bo`linadi:
1) sababi hafif bir harakatli va bir sokin harfning qo`shilishidan yuzaga keladi, ya`ni, bir cho`ziq hijoga teng bo`ladi: ko`z, so`z, yuz ( - );
2) sababi saqiyl ikki harakatli harfning qo`shilishidan hosil bo`ladi, ya`ni, ikki qisqa hijoga teng bo`ladi: o`zi, ko`zi, so`zi ( v v );
Vatad juzvi ham asosan ikki xil:
1) vatadi majmu` ikki harakatli va bir sokinning qo`shilishidan hosil bo`ladi, ya`ni, bitta qisqa va bitta cho`ziq hijoga teng: malak, palak (v -)
2) vatadi mafruq ikki harakatli o`rtasida bir harakatsiz harf kelishidan hosil bo`ladi, ya`ni, bir cho`ziq va bir qisqa hijoga teng: hafta, chipta (- v ).
Fosila juzvi ham ikki turli:
1) fosilai sug`ro uchta mutaharrikdan so`ng bir sokin kelishidan hosil bo`ladi, ya`ni, ikkita qisqa va bir cho`ziq hijoga teng: kapalak (v v -);
2) fosilai kubro to`rt mutaharrikdan so`ng bir sokin kelishidan hosil bo`ladi, ya`ni, uchta qisqa va bir cho`ziq hijoga teng bo`ladi: kurashajak (v v v - )
Keyingi ritmik bo`lak - ruknlar juzvlarning muayyan tartibda birikishidan hosil bo`ladi. Masalan, bitta vatadi majmu` (v -) va ikki sababi hafif (-) birikuvidan mafoiylun (v - - -) rukni hosil bo`ladi. Aruz tizimining asosini tashkil etuvchi sakkizta asl rukn (asllar) quyidagilar:
Faulun v - -
Foilun - v -
Mafoiylun v - - -
Foilotun - v - -
Mustaf`ilun - - v -
Maf`ulotu - - - v
Mutafoilun v v - v -
Mafoilatun v - v v –
Fitrat XX asr oʻzbek adabiyoti, fani va madaniyatining yirik vakili. U qomusiy bilimga ega olim, adabiyot nazariyachisi, oʻtkir tilshunos, betakror dramaturg va shoir, jangovar publitsist, noshir va jurnalist, talantli davlat va jamoat arbobi edi.
Abdurauf Fitrat oʻz tarjimai holida yozishicha, 1884 yilda Buxoroda tugʻildi (S. Ayniy uni 1886 yilda dunyoga kelgan deydi, hozirgi darsliklar va ilmiy tadqiqotlarda ham shu sanani takrorlashadi). Fitrat – Abduraufning taxallusi boʻlib, “tugʻma isteʼdod” maʼnosini beradi. Otasi Abdurahimboy savdo bilan shugʻullangani bois chet ellarga chiqar, dunyo ahvolidan boxabar, oʻqimishli va taniqli odam edi. Onasi Bibijon, adabiyotshunos, Fitrat oilaning toʻngʻich farzandi edi. U boshlangʻich tarbiyani diniy maktabda, soʻng mashhur “Mirarab” madrasasida oldi. Fors va oʻzbek tillarining mukammal bilimdoni boʻlmish Fitrat arab tilini ham chuqur egallab, shaharda yuz berayotgan ijtimoiy-siyosiy voqealarga, ayniqsa, jadidchilik harakatlariga qiziqib qaradi. Oʻzining aytishicha, avval jadidlar harakatiga qarshilik qildi, keyin uning mohiyatini anglab yetgach, bu harakatga qoʻshildi, hatto ashaddiy targʻibotchilaridan biriga aylandi. Jadidlar maslahati va yordami bilan bir guruh yoshlar, jumladan Fitrat Istanbulga oʻqishga yuboriladi. U 1909–1913 yillarda Turkiyada tahsil oldi. 1909 yili Istanbulda “Hindistonda bir farangi ila buxoroli bir mudarrisning bir necha masalalar ham usuli jadida xususida qilgan munozarasi” kitobi bosilib chiqdi. “Munozara…” Buxoroda bosilishiga amir ruxsat bermagach, Istanbulda nashr etilgan edi. Forscha yozilgan ushbu asarni Hoji Muin oʻzbekchaga aylantirdi va “Turkiston viloyatining gazeti”da bostirdi (1911 y. ). 1913 yilda esa asar alohida kitob holida chiqdi, unga Behbudiy kirish soʻzi yozdi. “Hibs qilish, oʻldirish, sangsor qilish kundagi odatlardan edi, – deb yozadi Fitrat, – u zamonlarda kitob yozishning oʻzi “kofir”lik edi. Men shu vaqtlarda birinchi asarni yozdim. Buxoroning idora usulini, taʼlim-tarbiya usulini, bir kuy rasmiy idoralarni tanqid qildim. Bu kitob Buxoroda tarqalar edi. Uning noshirlari boʻlgʻon Buxoro jadidlarini tahlikaga tushirmaslik uchun amirga qaratib bir soʻzboshi yozdim va shuning bilan goʻyo, tanqidning unga emas, maʼmurlariga oid boʻlgʻonini koʻrsatdim”.
Kitob Buxoroda ijtimoiy ongning jonlanishiga katta turtki boʻldi, hatto hukumat tomonidan taʼqib qilinayotgan jadid maktablarining koʻplab ochilishiga, maktab-taʼlim ishlarining jonlanishiga yordam berdi. Axir undagi “Islom mamlakatlari nega vayrona va xarobazor qolishi kerak. Buning sababi nimada?”, “Bu bechoralarning nega yeyishga noni yoʻq?” kabi jiddiy savol va mulohazalar xalq ongiga taʼsir etmasdan iloji yoʻq edi.
Fitrat adabiyotning hamma janrlarida qalam tebratdi va oʻz orzu-armonlari, ezgu tilaklarini targʻib eta boshladi. U 1910 yilda “Sayha” (“Bong”) degan sheʼrlar toʻplami bosildi. U ham fors tilida edi. “Hind sayyohining qissasi”ni ham forschada yozdi va 1912 yilda nashr ettirdi.
Fitrat yurtiga qaytgach, Buxoro va Samarqanddagi qizgʻin adabiy jarayon, madaniy, maorif ishlariga va siyosiy harakatlarga faol aralashib ketdi. Jadidchilarning bir guruhi maorif-maʼrifat orqali xalq ahvolini yaxshilashga intilishsa, ikkinchi guruhi davlat tizimini isloh etish, qayta qurish orqaligina xalq va yurt ahvolini oʻnglash mumkin, degan siyosiy yoʻldan yurishga intildi. Shu maqsadda 1917 yil fevral inqilobidan keyin yosh buxoroliklarning inqilobiy partiyasi tuzildi. Markaziy Qoʻmita aʼzolari orasida Fitrat sarkotib sifatida va Fayzulla Xoʻjayev aʼzo sifatida ishtirok etishdi. Partiya Amirni islohga daʼvat etdi va u qogʻozda koʻp xayrli ishlar qilishga vaʼda berdi, amalda oʻz bilganidan qolmadi. Fitrat matbuot orqali ham oʻz gʻoyalarini targʻib etishga intildi. Samarqandda 1917 yil aprelidan “Hurriyat” gazetasi chiqa boshlagan edi, avval unga Mardonqul Shohmuhammadzoda, keyin 27–28-sonlariga Fitrat muharrirlik qildi. 1917 yil Oktyabr toʻntarishi munosabati bilan shu “Hurriyat” gazetasida Fitratning “Rusiyada yangi balo bosh koʻtardi – bolshevik balosi!” degan qaydi bosildi (oʻsha gazetaning 1917 yil 49-sonida).
Qoʻqon muxtoriyati tuzilganda (1917 y. noyabr) Fitrat Samarqandda edi. Shu yerdan unga vakil aʼzo qilib saylandi. Oʻzining “Hurriyat” gazetasida bu voqeani Fitrat yuraqdan quvvatlab maqola eʼlon qildi: “Ellik yildan beri ezildik, tahqir etildik. Qoʻlimiz bogʻlandi, tilimiz kesildi. Ogʻzimiz qoplandi. Yerimiz bosildi. Molimiz talandi, sharafimiz yemruldi. Nomusimiz gʻasb qilindi, insonligimiz oyoqlar ostiga olindi. Toʻzimli turdik. Sabr etdik. Kuchga tayangan har buyruqqa boʻysundik. Butun borligʻimizni qoʻldan berdik. Yolgʻiz bir fikrni bermaduk, yoshuntirduk, imonlarimizga oʻrab saqladuk. Bu – Turkiston muxtoriyati.
Mahkama eshiklaridan yigʻlab qaytganda, yoruqsiz turmalarda yotganda, yirtqich jandarmaning tepkisi bilan yiqilgʻonda, yurtlarimiz yondurulgʻonda, dindoshlarimiz osulgʻonda ongimiz yoʻqoldi. Miyamiz buzuldi. Koʻzimiz yogʻdusiz qoldi. Biror narsani koʻrolmadik. Shul chogʻda tushkun ruhimizni koʻtarmak uchun, shul qop-qora dunyoning uzoq bir yeridin oydin bir yulduz yalqillab turar edi. Biror narsaga oʻtmagan koʻzimiz shuni koʻrar edi. Ul nima edi? Turkiston muxtoriyati!” (“Hurriyat”, 1917 yil 5 dekabr).
Fitrat 1921 yilda Buxoroga kelib davlat ishlarida faol ishtirok edi. Bir qancha masʼul vazifalarda ishlab, Buxoroning rivoji uchun qoʻlidan kelgan yordamini berdi. Ammo F.Xoʻjayev boshchiligidagi Buxoro hukumati rahbarlarining millatning taraqqiyoti uchun olib borayotgan keng koʻlamdagi yaxshi ishlari Maskovga yoqmadi. Maskov Buxoro hukumati tarkibi boy, savdogarlardan iborat boʻlib qolgan, degan aybni qoʻyib, hukumat aʼzoligidan besh kishini, jumladan Fitratni ham chiqaradi (1923 yil 12 iyun Plenumi). Fitrat Maskovga ketishga majbur boʻladi. U yerda Sharq tillari institutida ilmiy xodim boʻlib ishlaydi (1923–1924). Shu yillar unga professorlik unvoni berildi.
Fitrat Maskovdan qaytib kelgach, Buxoro, Samarqand, Toshkent universitetlarida dars berdi, Oʻzbekiston Davlat ilmiy-tadqiqot institutida til va adabiyot institutida, Oʻzbekiston Fanlar qoʻmitasida ishladi. Bu yillari u sheʼrlar, pyesalar bilan birga nihoyatda koʻp va teran ilmiy asarlar yozdi. Ammo Fitratning millatparvarligi bolsheviklar va Shoʻro hukumati rahbarlariga yoqmas edi. Uni A. Qodiriy, Choʻlpon, Botu, U. Nosirlar bilan birgaliqda millatchiliqda ayblash tobora avj oldi. Fitrat “Men oʻzbek millatchisi boʻlgan zamonlarda (millatparvari demoqchi. – S. M. ) har vaqt Shoʻro hukumatiga, kommunistik firqasiga xayrixoh boʻlib turdim”, deb yozgan edi. Afsuski, xalq ideali va baxt-saodati, haqiqat, adolat, maorif, fan, madaniyat va millat taqdiri uchun tunu kun mehnat qilgan bu ulugʻ zotni shu partiya, shu Shoʻrolar hukumati aksilinqilobchi, millatchi, “xalq dushmani” deb aybladi, 1937 yil aprelda hibsga oldi va 1938 yil 4 oktyabrda A. Qodiriy, Choʻlponlar bilan birga vahshiylarcha otib tashladi. Ularni otish haqidagi hukm bir kun keyin, yaʼni 1938 yil 5 oktyabrda chiqqan. 1957 yilda Sobiq Ittifoq Oliy sudining harbiy kollegiyasi 1938 yil 5 oktyabrdagi hukmni bekor qildi va Fitratni aybsiz deb topdi.
Fitrat koʻpqirrali va sermahsul ijodkordir. Bu – uning oz va soz lirikasi, koʻpqirrali dramaturgiyasi, jangovar publitsistikasi va katta hajmdagi chuqur ilmiy tadqiqotlaridir. Uning ijodiy ishlari va ijtimoiy faoliyati xalqni jaholat, turgʻunlik, gʻaflatdan uygʻotish, ilm-maʼrifatga chorlash, erkin, ozod, baxt-saodatli hayotga, birinchi navbatda milliy mustaqillikka chorlashga qaratilgan edi. U oʻzbekning oʻzligini tanishi, ota-bobolari kabi ulugʻvor kashfiyotlar qilishga, birlashgan, kuchli, qudratli davlat tuzishga va dunyoning ilgʻor madaniy mamlakatlariga yetib olishga chaqirdi. Butun ijodining mohiyati xalqning qalb qoʻzini ochishga va mehnat, yaratish, oʻqish, unish, kurashga daʼvatdan iboratdir. Uning ilk toʻplami “Sayha”ning kuchi Fayzulla Xoʻjayev taʼkidlaganidek, “Buxoro mustaqilligi gʻoyasi yorqin milliy shaklda birinchi bor ifodalab berilishida edi”. Vatanga muhabbat, xalqning gʻam-gʻussasiga achinish va zulmdan qutulishga undash tuygʻusi bilan yoʻgʻrilgan:

Fitratning “ Adabiyot qoidalari”, “ Aruz haqida” asarlarini o’rganish


Abdurauf Fitrat o‘zbek xalqi hayotida XX asr tongida boshlangan Yangi Milliy Uyg‘onish davri va uyg‘onish adabiyotining buyuk vakilidir. Abdurahim o‘g‘li Abdurauf 1886-yil Buxoroda tug‘ildi. Mir Arab madrasasida o‘qidi. Turkiyaning Istambul dorilfununidagi to‘rt yillik (1909 –1913) tahsil Abdurauf dunyoqarashining shakllanishida muhim ahamiyatga ega bo‘ldi. «Yosh buxorolilar»ning siyosiy kurashlaridagi faol ishtiroki, maorifni isloh etish, jadidchilik harakatlaridagi jiddiy izlanishlar tufayli tug‘ilgan savollarga bu mamlakatning zamonaviy kechmishlaridan javoblar qidirdi. Bu vaqtda u «tug‘ma iste'dod» ma'nosini anglatuvchi Fitrat taxallusi bilan ijod etayotgan shoir va yozuvchi sifatida el-yurtga taniqli edi. Fitrat butun faoliyatini el va yurt ozodligi, taraqqiyot maqsadlariga bo‘ysundirgan, shu zaylda davlatning boshqaruv tizimini, maorifni, jamiyatni, tuzumni isloh qilish g‘oyalarini ilgari surgan, faylasuf va davlat arbobidir.
1917-yil Fevral inqilobida Fitrat o‘z orzularini ham ko‘rgandek bo‘ldi, biroq Oktabr to‘ntarishi uning teran dunyoqarashiga yangi titroqlar soldi. Bir qarashda umidbaxsh ko‘ringan, aslida esa, zamirida bosqinchilik g‘oyalari, qatag‘onlik siyosati yashirin havolarda umidlarini goh ichiga yutib, goh oshkor etib yashadi.
Turkistonda til, adabiyot, san'at masalalari bilan ilk bor tashkiliy ravishda shug‘ullangan «Chig‘atoy gurungi» jamiyatiga rahbarlik qildi. Samarqanddagi Pedakademiyada dars berdi, Toshkentda Fan qo‘mitasi qoshidagi til va adabiyot institutida ilmiy xodim bo‘lib ishladi.
Fitratning ilmiy-adabiy faоliyati ham sеrmahsuldir. U o`zining ijtimоiy asarlari bilan yangi o`zbеk fanining bir qatоr yo`nalishlariga asоs sоldi.
Buxoro Xalq Respublikasining Tashqi ishlar xalq noziri, maorif noziri singari lavozimlardagi faoliyatida Fitratning davlat arbobi sifatidagi fazilatlari namoyon bo‘ldi. Fitrat o‘zbek adabiyotini istiqlol ruhidagi ajoyib she'rlar, publitsistik maqolalar, nasriy asarlar, dramalar hamda tilshunoslik va adabiyotshunoslikning dolzarb muammolariga bag‘ishlangan teran tadqiqotlar bilan boyitdi.


Uning «Chin sevish» (1920), «Hind ixtilolchilari» (1923), «Arslon» (1925), «Vose' qo'zg‘oloni» (1927), «Abulfayzxon» (1924), «Shaytonning tangriga isyoni» (1924) singari dramatik asarlari muallifga katta shuhrat keltirdi. Bulardan tashqari, Fitratning yana bir qator dramalar yozgani ma'lum, biroq ular bizgacha yetib kelmagan yoxud hozirgacha topilmagan.
Download 21.9 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling