«Arxelogiya va etnologiya (Etnologiya)» fanining 2018/2019 o’quv yili uchun mo’ljallangan s illabusi


II. O'quv fanining maqsadi va vazifasi


Download 233.5 Kb.
bet2/14
Sana19.06.2023
Hajmi233.5 Kb.
#1601052
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   14
Bog'liq
portal.guldu.uz-Arxelogiya va etnologiya

II. O'quv fanining maqsadi va vazifasi
Fanni o’qitishdan maqsad–Arxeologiya va etnologiya fanlari to’g’risida talabalarda xolisona ilmiy dunyo qarashni, ko’nikma va malaka shakllantirishdir.
Fanning vazifasi – moddiy va ma’naviy madaniyat, ijtimoiy-iqtisodiy, etno-madaniy jarayonlar va g’oyaviy qarashlar masalalarini o’rgatishdan iborat.

Talabalar uchun talablar



“Arxeologiya va etnologiya” o’quv fanini o’zlashtirish jarayonida amalga oshiriladigan masalalar doirasida bakalavr:

  • Arxeologiya va etnologiya fanining maqsad va vazifalari, moddiy va ma’naviy madaniyat, xo’jalik xususiyatlar, etno-madaniy jarayonlar, g’oyaviy qarashlar masalalari va ularning taraqqiyot bosqichlari ulardan ilmiy maqsadlarda foydalanishni bilishi kerak;

  • Talaba tarixiy ma’lumotlarni ilmiylik, tarixiylik, xolislik asosida o’rganish. Muzey ashyolari va internet ma’lumotlarni, arxeologik va etnologik manbalarni mustaqil tadqiq qilish, o’rganish ko’nikmalariga ega bo’lishi kerak;

  • Muzey eksponatlari, arxeologik va etnologik manbalar tavsiflari, ilmiy tadqiqot institutlari fondlari materiallaridan foydalanish malakalariga ega bo’lish kerak.

Elektron pochta orqali munosabatlar tartibi



Professor-o’qituvchi va talaba o’rtasidagi aloqa elektron pochta orqali ham amalga oshirilishi mumkin, telefon orqali baho masalasi muhokama qilinmaydi, baholash faqatgina universitet hududida, ajratilgan xonalarda va dars davomida amalga oshiriladi. Elektron pochtani ochish vaqti soat 16.00 dan 20.00 gacha

Fandan o’tiladigan mavzular va ular bo’yicha mashg’ulot turlariga ajratilgan soatlarning taqsimoti



T/r

Fanning bo’limi va mavzusi, ma’ruza mazmuni

Soatlar

Jami

Ma’ruza

Seminar
mashg’ulot

MT

1.

Kirish. Etnologiya fani maktablari.

10

2

4

4

2.

Avstraliya va Okeaniya xalqlari.

10

2

2

4

3.

Markaziy Osiyo xalqlari

12

2

4

6

4.

Janubiy va Old Osiyo xalqlari. Janubi-Sharqiy Osiyo xalqlari.

10

2

4

4

5.

Shimoliy Osiyo (Sibir) xalqlari.

8

2

2

4

6.

Afrika xalqlari

10

2

2

6

7.

Amerika xalqlari.

12

2

4

6

8.

Sharqiy Yevropa xalqlari

10

2

4

4

9.

G’arbiy Yevropa xalqlari

8

2

2

4

10.

O`zbekistonda etnologiya fani rivojlanishi va istiqbollari

8

2

2

4

Jami

98

20

32

46


  1. O’quv materiallari mazmuni

    1. Ma’ruza mashg’ulotlari mazmuni

1. MAVZU. Etnologiyaga kirish. Ajratilgan vaqt, 2-soat
Etnologiya fani prеdmеti. Fanning nomi. Etnologiyaning tadqiqot ob'еkti. «Ibtidoiy jamiyat», «ibtidoiy madaniyat», «ibtidoiy xalq» haqidagi qarashlar. Etnologiyaning zamonaviy muammolari. Etnologiya ta'rifi. Etnologiyaning boshqa fanlar bilan aloqalari. Etnologiyaning mustaqil fan sifatida XIX asr o`rtalarida shakllanishi. «Etnologiya» iborasining fanga kiritilishi. «Etnologiya» va «etnografiya» tushunchalari. Fandagi maxsus atamalar. Etnos, millat, etnik birlik, etnik jarayon, qabila, qabila ittifoqi, xalq, elat, etnografik guruh (subetnos), etnik guruh. Etniklik. Primordializm, konstruktivizm. Etnogеnеz va etnik tarix. Etnik jarayonlar va uning turlari. Etnik evolyutsiya, transformatsiya etnoslarning birlashuvi hamda ajralib chiqishi, aralashuvi.
Yevropa etnologik maktablarining shakllanishi. Frantsiyada Parij etnograflar jamiyatining tuzilshi. Gеrmaniyadagi «Folkеrkundе» ilmiy maktabi. Ingliz etnologiya maktabi. Dj.Frezеr, Ed.Taylor. AQShda etnologiyaning taraqqiyoti. L.G.Morgan, F.Baos. Rossiya etnologiya maktabining shakllanishi. N.N. Mikluxo Maklay. Etnologiyada oqimlar va maktablar. Etnologiyaning evolyutsion yo`nalishi. Evolyutsion maktabning yirik namoyondalari. Evolyutsionizmning asosiy g`oyalari. Diffuzionizm maktabi va uning mashhur vakillari: Rattsеl,Grеbnеr va boshqalar. Sotsiologiya maktabi va funktsionalizm. Dyurkgеym, R.Malinovskiy, A.R.Radklif-Braun va boshqalar. Etnopsixologiya maktabi. Etnologiyada yangi kontsеptsiyalar. Zamonaviy etnologiyaning asosiy tadqiqot ob'еktlari.
(A-1, 23-30: A-2, 23-46: Q-2, 12-23: Q-3, 28-42;)
2. MAVZU. Avstraliya va Okeaniya xalqlari. Ajratilgan vaqt, 2-soat
Avstraliya va Okеaniya aholisining etnogеnеzi va etnik tarixi asosiy bosqichlari. Avstraliya va Tasmaniyaliklarning kеlib chiqishi. Aholining an'anaviy xo`jaligi, kiyimlari, hayot tarzlari. Oila va oilaviy munosabatlar: nikoh, initsiatsiya, qarindoshlik munosabatlari. Avstraliyaliklarning diniy tasavvurlari va marosimlari. Yevropaliklarning Avstraliya va Okеaniyaga kirishi. Yangi Gvinеya papuaslari. Lingvistik va antropologik xususiyatlari. Mеlanеziya xalqlari. Xo`jaligi, moddiy va ma'naviy madaniyatlaridagi o`ziga xosliklar. Oilaviy va nikoh munosabatlari. Mеlanеziyaliklarning diniy tasavvurlari, dafn marosimlari.Polinеziyaliklarning shakllanishi-ga oid g`oyalar. V.Gumboldt, Tе Rangi Xiroalar g`oyasi. Tur Xеyеrdalning polinеziyaliklarni Amеrika aholisi bilan aloqador ekanligi haqidagi g`oyasi. Polinеziya xalqlarining moddiy madaniyati: uy-joylar, kiyim va zеb-ziynatlar, taomlar va b. Polinеziyaliklarning ijtimoiy tuzumi, diniy tasavvurlari va ma'naviy madaniyati.
Mikronеziya xalqlari etnologiyasi. Marian orollari aholisi. Karolin, Marshall, Gilbеrt orollari aholisi. An'anaviy xo`jaligi, ijtimoiy tuzumlari. An'anaviy diniy tasavvurlari va marosimlari.

Download 233.5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   14




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling