Arxeologiya ashyolari davlat katalogi
Download 59.81 Kb.
|
O‘RQ-229 13.10.2009
[OKOZ: 1.13.00.00.00 Ta’lim. Fan. Madaniyat / 13.03.00.00 Madaniyat / 13.03.07.00 Madaniy meros obyektlaridan foydalanish va ularni muhofaza qilishning boshqa masalalari] [TSZ: 1.Ijtimoiy-madaniy masalalar / Madaniyat] PDF-faylidagi rasmiy manba O‘zbekiston Respublikasining Qonuni ARXEOLOGIYA MEROSI OBYEKTLARINI MUHOFAZA QILISh VA ULARDAN FOYDALANISh TO‘G‘RISIDA Qonunchilik palatasi tomonidan 2009-yil 16-iyunda qabul qilingan Senat tomonidan 2009-yil 29-avgustda ma’qullangan 1-bob. Umumiy qoidalar 1-modda. Ushbu Qonunning maqsadi Ushbu Qonunning maqsadi arxeologiya merosi obyektlarini muhofaza qilish va ulardan foydalanish sohasidagi munosabatlarni tartibga solishdan iborat. 2-modda. Arxeologiya merosi obyektlarini muhofaza qilish va ulardan foydalanish to‘g‘risidagi qonun hujjatlari Arxeologiya merosi obyektlarini muhofaza qilish va ulardan foydalanish to‘g‘risidagi qonun hujjatlari ushbu Qonun va boshqa qonun hujjatlaridan iboratdir. Agar O‘zbekiston Respublikasining xalqaro shartnomasida O‘zbekiston Respublikasining arxeologiya merosi obyektlarini muhofaza qilish va ulardan foydalanish to‘g‘risidagi qonun hujjatlarida nazarda tutilganidan boshqacha qoidalar belgilangan bo‘lsa, xalqaro shartnoma qoidalari qo‘llaniladi. 3-modda. Asosiy tushunchalar Ushbu Qonunda quyidagi asosiy tushunchalar qo‘llaniladi: arxeolog — tegishli oliy ma’lumotga ega bo‘lgan tadqiqotchi; Arxeologiya ashyolari davlat katalogi — har bir arxeologiya ashyosi to‘g‘risidagi asosiy ma’lumotlar mavjud bo‘lgan hisobga olish hujjati; arxeologiya ashyosi — arxeologiya qidiruvlari, arxeologiya qazishmalari va arxeologiya nazoratini amalga oshirishda yoki xo‘jalik va o‘zgacha faoliyat jarayonida aniqlangan, shuningdek tasodifan topilgan (xazina) va identifikatsiyalashdan o‘tkazilgan moddiy qoldiq; Download 59.81 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling