Arxeologiya ashyolari davlat katalogi


Download 59.81 Kb.
bet2/3
Sana17.01.2023
Hajmi59.81 Kb.
#1097252
1   2   3
Bog'liq
O‘RQ-229 13.10.2009

arxeologiya yodgorligi — Moddiy madaniy meros obyektlarining davlat kadastriga kiritilgan arxeologiya obyekti;
arxeologiya merosi obyektlari — arxeologiya obyektlari va arxeologiya ashyolari majmui;
arxeologiya nazorati — arxeologiya tadqiqotining arxeologiya obyektini saqlash maqsadida amalga oshiriladigan va arxeologiya obyekti hududining chegaralarida yer qazish, yer tuzish, qurilish, melioratsiya, xo‘jalik, yo‘lsozlik ishlarini va boshqa ishlarni bajarishda madaniy meros obyektlarini saqlash talablariga rioya qilinishi ustidan nazorat o‘rnatiladigan turi;
arxeologiya obyekti — inson faoliyatining barcha ko‘rinishlariga taalluqli hamda saqlanish holatidan qat’i nazar arxeologik, antropologik, etnografik qimmatga yoki o‘zga tarixiy, ilmiy, badiiy, madaniy qimmatga ega bo‘lgan joy, inshoot (asar), imorat, majmua (ansambl), ularning bo‘laklari, ular bilan bog‘liq hududlar;
arxeologiya tadqiqoti — arxeologiya obyektlari, arxeologiya yodgorliklari va arxeologiya ashyolarini o‘rganish orqali yangi bilimlarni egallash maqsadida amalga oshiriladigan faoliyat;
arxeologiya qazishmalari — arxeologiya tadqiqotining arxeologiya obyektida qazishma ishlarini qo‘llagan holda madaniy qatlamlar, me’moriy va boshqa moddiy qoldiqlarni o‘rganish maqsadida amalga oshiriladigan turi;
arxeologiya qidiruvlari — arxeologiya tadqiqotining arxeologiya obyekti madaniy qatlamining yemirilishi bilan bog‘liq bo‘lmagan (madaniy qatlam qalinligini aniqlash uchun cheklangan qazishmadan tashqari) va arxeologiya obyektini aniqlash, xaritalashtirish, uning chegaralarini belgilash, izohlash, tekshirish, shuningdek ilgari aniqlangan arxeologiya obyekti to‘g‘risida zamonaviy ma’lumotlarni olish maqsadida amalga oshiriladigan turi;
ilmiy hisobot — ochiq varaq va ruxsatnomaga muvofiq amalga oshirilgan arxeologiya qidiruvlari, arxeologiya qazishmalari va arxeologiya nazoratining natijalari to‘g‘risida to‘liq ma’lumot beruvchi hujjat;
ochiq varaq — arxeologning professional darajasini tasdiqlovchi va unga arxeologiya qidiruvlari, arxeologiya qazishmalari va arxeologiya nazoratini amalga oshirish huquqini beruvchi hujjat;

Download 59.81 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling