Arxeologiya va Buxoro tarixi kafedrasi


Mavzuning o`rganilish darajasi


Download 1.64 Mb.
bet2/7
Sana20.06.2023
Hajmi1.64 Mb.
#1634649
1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
YULDASHALIYEVA O`G`ILOY o`lkashunoslik fani2023yil

Mavzuning o`rganilish darajasi: Xalqlarni o’rganishda Etnografiya fani nihoyatda keng va xilma-xil manbalardan va usullardan foydalanadi. Bir joyda

uzoq yashab, kuzatish yo’li bilan o’tkazilgan tadqiqotlar eng samarali ekanligini mashhur etnograflar (L.Morgan, N.N.Mikluxomaklay, V.G. Bogoraz) alohida qayd qilganlar.


XX asr davomida etnologiya yo‘nalishida boy empirik va nazariy materiallar yig'ildi. XX asrning birinchi yarmida bajarilgan akademik tadqiqotlarda ko‘proq o'tmishga aylanayotgan an’anaviy urf-odatlar to‘g‘risidagi ma’lu- motlarni yozib olishga diqqat-e’tibor qaratilgan bo‘lsa, XX asr ikkinchi yarmidan boshlab mavjud vaziyat o‘zgardi va etnologik mate- riallarning kolarni kengaydi, amaliy qadr-qimmati osha boshladi. Yurtimiz mustaqillikka erishganidan keyin etnologiya fani ham yangi bosqichga ko‘tarildi. Ayniqsa, etnogenez va etnik tarix muammolari bo‘yicha qator tadqiqotlar yaratildi. Bu sohada etnologiya fani daig‘alaridan biri, akademik Karim Shoniyozovning qator fundamental tadqiqotlari va monografiyalari alohida e’tiborga molikdir. Zahmatkash va fidoyi olim K. Shoniyozov o‘zining qariyb yarim asrlik ilmiy faoliyati mobaynida 0 ‘rta Osiyo mintaqasida yashovchi o‘zbeklar va boshqa qardosh xalqlar etnogenezi va etnik tarixini izchil o‘rgandi. Natijada, bu mavzu doirasida bir necha yirik monografiyalar va yuzdan ortiq ilmiy maqolalar yaratildi. Olimning «0‘zbek qarluqlari» (Т.: 1964), «0‘zbek xalqining etnik tarixiga oid»(T.: 1974), «0‘zbek xalqining moddiy madaniyatidan etnografik lavhalar»(T.: 1981), «Qang‘ davlati va qang‘lilar»( Т.: 1990), «Qarluq davlati va qarluqlar» (Т.: 1999), «0‘zbek xalqining shakllanish jarayoni»( T.:2000) kabi fundamental monografiyalari boy tarixiy manbalar, ko‘pdan- ko‘p folklor-etnografik ekspeditsiyalarning materiallari asosida yaratilgani bilan muhim ahamiyat kasb etadi. K. Shoniyozov o‘zining o‘zbek xalqi etnogenezi va etnik tarixiga oid fundamental tadqiqotlari orqali o‘zbek xalqi etnik tarixini o‘rganishda yangi ilmiy yo‘nalishga asos soldi. Tarixiy va etnografik ma’lumotlarni arxeologiya, antropologiya, numizmatika, folklorshunoslik va tilshunoslik kabi yondosh fanlar yutuqlari bilan qiyosiy o‘rganish va muammoni yoritishda muayyan ilmiy xulosalarga kelish 0 ‘zbekiston etnologiyasi fanida Karim Shoniyozov asos solgan yangi yo‘nalishning muhim bir xususiyatidir. Shuning uchun ham akademik olimning tadqiqotlari nafaqat respublikamizdagi ilmiy jamoatchilik tomonidan yaxshi kutib olingan, balki xorijlik mutaxassislar tomonidan ham e’tirof etilgan.
Etnografiya fanini o`rganishdan rus olimlarining o`rni beqiyos bo`lib,xususan S. A. Tokarev (“Etnografiya — moddiy va maʼnaviy madaniyatni, xalqlar hayotini oʻrganuvchi tarix fanining bir qismidir” ), Y. Bromley, S. P. Tolstov etnografik tadqiqotlar olib brogan va shu sohaga oid asarlar yozib qoldirgan.
Yana bir etnograf olim Mikloxo Maklay bo`lib,u inson zotining birligi va odam irqlarining oʻzaro qardosh ekanligi gʻoyasini ilgari surdi. U oʻsha vaqtda Yangi Gvineya aholisi (papuaslar)ning boshqa irqlardan farq qiladi degan qarashni inkor etdi. Mikluxo-Maklayning sayohat kundaligi 1923-yil nashr etilgan. Mikloxo Maklay nomi 1947-yil Rossiya Fanlar akademiyasi Etnografiya institutiga berilgan.

Download 1.64 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling