Arxeologiya va etnologiya asoslari” (etnologiya) fanidan O`quv-uslubiy xarita etnologiyaga kirish va tarixi reja
Download 0.98 Mb.
|
arxeologiya va etnologiya mavzusida r
2. G`ARBIY OSIYO XALQLARI
G`arbiy yoki Old Osiyo xalqlari katta tarixiy-etnografik hududni tashkil qiladi. Unda joylashgan 30 ga yaqin katta-kichik mamlakatlar juda keng hududni, ya`ni butun qit`aning taxminan 25 foizidan ortiq yerni egallaydi. Aholisi 240 mln. kishidan iborat yoki butun Osiyo aholisining 10 foizini tashkil qiladi. Ayrim mamlakatlarda aholi ro`yxati mutlaqo o`tkazilmaganligi tufayli kishi soni ham taxminiy olinadi. Bu yerda jahondagi eng katta qum sahrolaridan biri - Rub-al-Xali joylashgan. Qora va o`rta dengiz sohillaridagi turk va arab mamlakatlari, Isroil davlati subtropik iqlimli serunum tuproqli yerlarga ega. G`arbiy Osiyoning o`simlik va hayvonot dunyosi ham xilma-xildir, lekin eng qadimiy ibtidoiy davrga nisbatan ancha o`zgargan. o`z davrida boy o`rmon va hayvonlarga ega bo`lgan bepoyon G`arbiy Osiyo o`lkalari ho zirda nisbatan ancha qashshoqlashib qolgan. Ayniqsa, o`simlik dunyosi juda kambag`al, chunki aholining asosiy yoqilg`isi o`tin bo`lganligi tufayli ko`p o`rmonlar asrlar davomida chopib, o`tin uchun yo`qotilgan, tabiiyki, undagi hayvonlar ham o`z-o`zidan kamayib ketgan. Faqat Qora dengiz sohillaridagi yozi nam, mayin iqlimli hududlarda yashil daraxtzorlar, baland tog` tizmalaridagi o`rmonlar saqlanib qolgan. Egey va o`rta dengiz sohillarida ham qisman daraxtli o`rmonlar va butazorlar mavjud. Antropologik jihatdan G`arbiy Osiyo xalqlari asosan, yevropoid irqiga oid. Ularga xos belgilar: sochi va ko`zi qora, badani bug`doy rangli, burni o`rtacha, labi kichkina yoki bir oz qalinroq. Ayrim old osiyolik yoki armanoid tipidagilar bosh suyagi va burnining kattaligi (burgutsimon burunli), yuzi va badanining sermo`yligi bilan ajralib turadi. Aksincha, o`rta dengiz tipi yoki hind-pomir tipi kam mo`y, mayin yuzliligi va nozik labi, burnining kichikligi kabi belgilari bilan farq qiladi. Birinchi, ya`ni Old Osiyo tipiga asosan, turklar, o`troq arablar, kurdlar, armanlar va yahudiylar, ikkinchisiga, ya`ni hind-pomir tipiga Afg`oniston xalqlarining ko`pchiligi va qisman eron aholisi, uchinchi - o`rta dengiz tipiga G`arbiy turklar va ko`chmanchi arablar kiradi. Ba`zi etnoslar (xazoriylar, turk va arablar)da qisman mongoloid, ayrim guruhlar (Janubiy Arabiston arablari)da negroid, Afg`oniston va Eron bragunlarida avstraloid belgilari seziladi. Mazkur mintaqada joylashgan 12 ta Arab mamlakatlarida yashovchi xalqlar, qo`shni Isroil, Turkiya va Erondagi arablar semit tillarida so`zlashadilar. Ammo adabiy va rasmiy davlat tilida so`zlashadigan tiplar orasida farq bor, xalq ichida asosan, uch sheva (Suriya, Iroq va Araviya) mavjud bo`lib fanda aniqlangan semit tipidagi G`arbiy Osiyo aholisining 30 foizini tashkil qiladi. Eroniy tillarda forslar, pushtunlar, tojiklar, kurdlar, balujiylar, lurlar, baxtiyorlar, etnik guruhlar so`zlashadi. Ular butun aholining 40 foizga yaqin qismini tashkil etadi. 20 foizdan ortiq aholi turkey til oilasiga mansub (turklar, ozarbayjonlar, o`zbeklar, turkmanlar, qashqarlar va ayrim mayda guruhlar). Boshqa tillarda gapiradigan xalqlardan Kiprdagi greklar, ko`p mamlakatlarda tarqoq holda joylashgan armanlar, gruzinlar, lazlar, hindlar va boshqa elatlar har xil til oilasiga mansub vakillardir. Ammo G`arbiy Osiyodagi hozirgi til turkumlarining bittasi ham mahalliy tub tillarga kirmaydi, semit-xamit, hind-yevropa va turk tillari kirib kelgunga qadar bu hududlarda uzoq b`tmishda yo`qolib ketgan qadimgi davlatlarning tillari tarqalgan edi. Shulardan tarixda ma`lumlari shumer, elamit, kassit, lo`libey, kaspiy, kavkaz tillariga yaqin bo`lgan hatti, xurrit va urartu tillaridir. Semit-xomit tillari eramizdan avvalgi IV ming yilliklarda G`arbiy Osiyoga Shimoliy Afrikadan kirib kelib mahalliy tillar bilan aralashib ketgan. Ular III-II ming yilliklarda akkad tili va uning asosiy shevasi - bobil, ossuriya va oromey tillarida namoyon bo`ladi. o`sha davrlarda Bolqon yarim oroli va Kavkaz tomonidan hind-yevropa tillari o`ta boshlaydi. Oromey tili esa eramizning boshlarida butun G`arbiy Osiyogacha yetib borgan. Keyinchalik uning o`rniga arab tili hukmronlik qilgan. O`rta asrlarda G`arbiy Osiyo xalqlarining etnik tarixida sharqdan kelgan turk qabilalari muhim rol o`ynagan. Mazkur tillarning paydo bo`lishi, tarqalishi va joylashuvi bilan mahalliy xalqlarning etnogenezi va etnik tarixi bevosita bog`lanib ketgan. Yuqorida qayd qilganimizdek, G`arbiy Osiyo jahonning eng qadimiy madaniyat o`choqlaridan biri bo`lgan. Falastinda mil. avv. IX-VIII ming yilliklardayoq dehqonchilik va chorvachilik rivojlana boshlagan. Mesopatamiya va G`arbiy Eronda mil. avv. IV-V ming yillar muqaddam irrigatsiya dehqonchiligi paydo bo`lgan Kichik Osiyo, Shimoliy Mesopatamiya va qo`shni vohalarda o`sha davrlarda metallurgiya bo`lganligi aniqlangan. Mil. avv. IX-I ming yilliklarda yuqori madaniyatli mulkdorlik davlatlari - Arman yassi tog`ligi va Janubiy Kavkazortida, o`rartu, Mesopatamiyada, qadimgi Bobil podsholigi, G`arbiy Eronda Elam, Kichik Osiyoda Xetta, Levantada Finikiya shahar-davlatlari, Janubi-g`arbiy Araviyada Mani ham Saba va boshqa davlatlar paydo bo`lgan. Ularda rnonumental bino-korlik, badiiy hunarmandchilik, yozuv, fan va adabiyot rivojlangan. Finikiyaliklar yaratgan alifbo hozirgi yozuv tizimlarining negizidir. Bu yerda eng qadimiy monoteistik dinlar: nasroniy, iudaiqiu va islom shakllangan. o`rta asrlarda hamyuksakmadaniyat yaralg;m arab, xorazmiylar, saljuqiy va g`aznaviylar kabi yirik davlatlar hukmronlik qilgan. Mazkur davlatlarda turli elat va xalqlar yashagan, xilma-xil etnoslarning almashinib-aralashishi jarayoni to`xtovsiz davom etib turgan. MiLavv. I ming yilliklarda paydo bo`lgan hind-yevropa tillaridagi xalqlar G`arbiy Osiyoning ancha qismini bosib olib Midiya, Eron, keyinroq Parfiya va Baqtriya kabi qudratli despotik davlatlarni yaratganlar. Bu davlatlarda yashagan mahalliy elatlar bilan kelgindi etnoslarning aralashib ketishi oqibatida ko`pchilik eroniy tillardagi hozirgi o`troq xalqlar (forslar, gilyonlar, mozandaronlar, qisman pushtunlar va tojiklar) va ko`chmanchi elatlar (pushtunlarning bir qismi, kurdlar, lurlar, baxtiyorlar va hokazo) shakllangan. Mahalliy aholi bilan VII-VIII asrlarda kirib kelgan arablarning aralashuvidan hozirgi arab millati paydo bo`lgan. XI-XII asrlarda Kichik Osiyoga bostirib kirgan saljuqiylar mahalliy elatlarni turkiylashtirib hozirgi turklar, ozarbayjonlar va boshqa turkiy xalqlarning shakllanishiga asos solganlar. Ba`zan bu tabiiy jarayon sun`iy ravishda zo`rma-zo`rakilik yo`li bilan amalga oshirilgan. Masalan, XVI asrlarda Eronga zo`rlik bilan armanlar va gruzinlar ko`chirilgan. XVIII asrlarda kurdlarni Xurosonga va bir qismini Markaziy Anatoliyga ko`chishga majbur qilganlar. o`sha davrda qasd olish siyosatini amalga oshirgan Turkiya davlati muntazam ravishda arman va aysorlarni qirib turgan. 1948-yili Isroil davlati paydo bo`lgandan keyin bir millionga yaqin arablar zo`rlik bilan o`z hududlaridan haydalib (xususan falastinliklar) qo`shni yurtlarga ko`chib ketgan, ularning o`rniga taxminan shuncha yahudiylar turli mamlakatlardan ko`chib kelgan. Hozirgi G`arbiy Osiyo xalqlarining ko`pchiligi sotsial-iqtisodiy jihatdan turli darajada tursa ham, tili va irqiy jihatdan farqlansa ham uzoq tarixiy davr ichida o`zaro yaqin munosabatda bo`lib, bir-birlariga o`tkazgan ta`siri natijasida madaniy-maishiy jihatdan umumiy xususiyatlarga ega bo`lib qolishgan. Etnik tuzilishi jihatidan Turkiya aholisi nisbatan ancha bir xil, uning 87 foiz, ya`ni 35 mln.dan ortig`i turklar 4 mln. kurdlar, qolgani mayda elatlar (yuryuklar, arablar, lazlar, gruzinlar, armanlar, adigeylar, turkmanlar, greklar va boshqalar)dir. Mintaqada eng ko`p millatli mamlakatlar Eron va Afg`oniston hisoblanadi. Masalan, Eronda eroniy tillarda (butun aholining 75 foiz) forslar 13,5 mln., kurdlar 2,5 mln., gilyonlar 1,6 mln., mozandaronliklar 1,2 mln., lurlar 0,8 mln., baxtiyorlar yarim mln., qolganlari balujiylar, talishlar, tatlar, xazoriylar, jamshidlar, afg`onlar, tojiklar; turkiy tillarda so`zlashadigan aholining 20 % dan ortig`i ozarbayjonlar — 5 mln., qolganlari bir necha yuz va o`n mingdan ortiq turkmanlar, qashqarlar, kajarlar, shoxsevanlar, qorapapoxlar, xorasanlar, bajorli, aynolu kabi elatlardir. Mahalliy statistik ma`lumotlarga binoan Eronda 40 dan ortiq turli xalqlar yashaydi. Tub aholi hisoblangan forslar butun aholining yarmidan kamini tashkil etadi. Afg`onistonda esa 30 ga yaqin xalq istiqomat qiladi. Mamlakatning janubiy va shimoli-sharqiy qismida eroniy tillarda so`zlashadigan, shimoli-g`arbida turkiy tillarda so`zlashuv-chi xalqlar yashaydi. Mamlakatda birinchi marta o`tkazilgan 1979-yilgi aholi ro`yxatiga binoan Afg`oniston aholisi 15,5 mln.dan ortgan. Shulardan taxminan 55 % aholisi asli afg`on (pushtun)lar, 19 % i tojiklar, 9 % i o`zbeklar (asosan, shimoliy qismida), 8 % i xazariylar, 4 % i choraymoqlar, 3 % i turkmanlar, qolgan 2 % i boshqa elatlar va etnik gumhlardan (belujiylar, nuristonliklar, forslar, kurdlar, braguilar, qirg`izlar va hokazo). Ayrim etnoslarda qabilaviy tuzum tartiblari saqlangan. Ularning eng yirik qabila va qabilaviy birikmalari-dan durdoni (XVIII asrgacha abdali deb atalgan), gilzoi, momand, shinvori, xugani, vardagi, dzadzi, mangal, xostval, kakar va hokazo. Taxminan 20 % aholisi hozirgacha ko`chmanchi va yarim ko`chmanchi holda yashaydi. Arab mamlakatlarining ko`p millatli hisoblangan Livan, Suriya va Iroq davlatlarida arablar butun aholining 80-90 foizini tashkil qiladi. Livanda arablardan tashqari armanlar (100 ming), kurdlar (15 ming), greklar, turklar, forslar va cherkeslar, Suriyada kurdlar (300 ming), armanlar (135 ming), assiriyaliklar, turkmanlar, turklar va cherkeslar yashaydi. 80 foiz arab xalqiga ega bo`lgan Iroqda 18 foiz kurdlar, qolgani forslar, assiriyaliklar, turklar, armanlar, turkmanlar va boshqa elatlardir. G`arbiy Osiyo mamlakatlarining barchasi agrar xo`jalikka ega bo`lib, sun`iy sug`orish dehqonchiligiga asoslangan, sanoat kam rivojlangan. Tabiati qurg`oq, yog`ingarchilik kam bo`lganligi tufayli dalalari qadimdan kanal va ariqlar, suv omborlari qurilgan, dashtu biyobonlar chig`ir va karizlar orqali sug`orilgan. Tog`li joylarda lalmikor dehqonchilik mavjud. Ishlab chiqarish qurollaridan butun mintaqaga tarqalgan oddiy temir tishli oraoch (yerni 8-10 sm chuqurlikda ag`daradigan), mola, ketmon, belkurak va o`roq keng ta rq algan. Xirmonga maxsus g`alla yanchadigan shoxi kaltak yoki molni tepkilatib don yig`ilgan, qo`l tegirmoni yoki xarozda un chiqarilgan. Ko`pchilik dehqon xo`jaliklari qo`1 mehnatiga asoslangan, hozirgacha texnika juda kam ishlatiladi. Arab mamlakatlarida asosan, bug`doy, arpa, paxta, zig`ir, yas-miq, poliz va sitrus ekinlari va bog`dorchilik muhim o`rinni egallaydi. Turkiyada qishloq xo`jaligining yetakchi sohasi g`allachilikdir. Bu yerda bahorgi ekinlar keng tarqalgan, chunki sun`iy sug`orish butun haydaladigan yerlarning o`ndan bir qismini tashkil qiladi. Mavjud ekin maydonining 15 % ida texnik ekinlar - paxta (yiliga 0,5 mln. tonna), tamaki, qand lavlagi yetishtiriladi. Eronda ekiladigan may-donning 70 % iga don ekinlari (bug`doy, arpa va sholi) ekiladi, qolgani paxta, qand lavlagi, choy, tamaki va bog`dorchilik bilan band. Afg`oniston sug`orma dehqonchilik mamlakati bo`lib, aholisining 70 foizi qishloq xo`jaligi bilan shug`ullanadi. Bu yerda texnik ekinlardan yaxshi hosil olinadi, bog`dorchilik yaxshi rivojlangan bo`lib, bundan tashqari bug`doy, qand lavlagi, paxta, sholi, arpa, sabzavot va poliz ekinlari ekiladi. Arab mamlakatlarida sitrus ekinlari keng tarqalgan. Masalan, Iroq jahonda xurmo eksportining 80 % ini yetkazib bergan. Bu sohada jahonda 4-o`rinda turgan Saudiya Arabistonida 70 ga yaqin xurmo turi mavjud bo`lib, ulardan har yili 250 ming tonna hosil olinadi. Ekiladigan maydonning 75% i xurmo daraxtlari bilan band. Sohil bo`yida yashovchi aholi baliqchilik bilan ham shug`ullanadi. G`arbiy Osiyo xalqlarining xo`jaligida chorvachilik muhim o`rinni egallaydi va bu xo`jalik turli ko`rinishga ega: ko`chmanchi, yarim ko`chmanchi, yarim o`troq va o`troq. Chorvachilik bilan asosan, arab xalqlari, qisman pushtunlar, yarim ko`chmanchi turkiy elatlar, kurdlar, Erondagi va Afg`onistondagi ayrim qabilalar shug`ullanadilar. Eronda yashovchi 3-4 mln., Afg`onistondagi 4 mln. ko`chmanchi va yarim ko`chmanchi elatlar asosan, chorvachilik bilan kun kechiradilar. Ko`chmanchi qabilalar, ayniqsa, arab badaviylari tuya, qo`y, echki va ot boqadilar. Masalan, Saudiya Arabistonida badaviylar asosan, tuyakashlik va otlarning maxsus tarqalgan xamir taomlar uchun turli yarim tayyor mahsulotlar tayyorlanadi, ayniqsa, an`anaviy ugra (reshta) kesilib, oftobda quritilib, maxsus xaltalarda yoki ko`zada saqlangan. Don yormasi yoki undan har xil bo`tqa (masalan, turklarda bulg`ur, davma) yoki kurdlarda bug`doy bo`tqasi (savor, xarisa, sainani) keng tarqalgan. Bo`tqani yog`, go`sht, piyoz va sarimsoq bilan pishiradilar. Umuman yorma an`anaviy taomlarning asosini tashkil qiladi. Muqaddas don hisoblangan guruchdan ikki xil palov pishiriladi: qaynatilgan suvga tuz bilan guruch solib, pishgandan keyin eritilgan sariyog` solib damlanadi yoki sovuq suvga guruch, tuz va yog` qo`shib birga qaynatiladi. Guruch pishib chiqqandan keyin pishirilgan go`sht yoki tovuq, maxsus tayyorlangan sarimsoqli go`sht, ziravor va piyoz qayla qo`shiladi. Sut mahsulotlari ham ko`p iste`mol qilinadi. An`anaviy go`shtli taomlardan eng qadimiylari qo`llama, tandirkabob yoki qo`yikabob (qo`yni so`yib terisi bilan qo`rda pishirish), chevirma kabob, shish kabob, qiyma kabob, burbel (qo`y go`shtini suv va qatiq bilan qaynatish), har turli qovurmalar. Suyuq ovqatlardan bir necha xildagi sho`rva (turkcha cho`rbo, forscha obgo`sh) keng tarqalgan bo`lib, unga asosan, non to`g`rab iste`mol qilinadi. Turli sabzavotlar (pomidor, bodring, rediska, piyoz, sarimsoq, qalampir va hokazo) xom va pishgan holda, yangi va quruq mevalar (olma, o`rik, nok, uzum, anjir, shaftoli, xurmo va hokazo) ko`p iste`mol qilinadi. Choy va kofe asosiy ichimlik hisoblanadi. Bayramlarda dasturxonga turli shirinliklar (holva, shakarli bodom, yong`oq yoki xurmoli pecheniy, har xil mevali murabbolar) qo`yiladi. Mehmon kutganda dasturxon-da non serob bo`lishi shart, aks holda non kam bo`lsa, mehmonga hurmatsizlik hisoblanadi. Sohillarda, ko`1 va daryo bo`ylarida yashaydigan aholi turli baliqlardan har xil taomlar pishiradilar, dengiz toshbaqasi va uning tuxumini ham iste`mol qiladilar..Afg`onlar marinka balig`ini qo`y yog`ida sixda kabob qilib pishirib yeydilar, ba`zan qiltiriqlaridan ajratib qo`y go`shti, piyoz, tuxum, har xil yemishli ildizlar bilan aralashlirib taom tayyorlaydilar. Ko`chmanchi va yarim ko`chmanchi xalq taomlari o`troq aholiniki bilan asosan, umumiy xarakterga ega bo`lsa-da, ularning turmush tarziga xos ayrim xususiyatlari saqlangan. Masalan, Turkiyada va Eronda yashovchi ko`chmanchi va yarim ko`chmanchi elatlarning asosiy taomi tunuka tovada yupqa qilib achitilmay yopilgan non, sut va sut mahsulotlaridan, bug`doy yormasi, arp;i yoki suli uni qo`shilgan turli taomlar tayyorlanadi. Afg`onlarcla h;im eng asosiy taom non va sut mahsulotlaridir. Chorvachilik bilan shug`ullanuvchi aholi (jamshidlar, xazariylar, balujiylar va hk.) yozda ko`proq non bilan qatiq, qishda esa qurtni yanchib piyoz va sariyog` qo`shib tayyorlangan sho`rvaga non to`g`rab iste`mol qiladilar. Go`shtni juda kam iste`mol qiladilar. Arab ko`chmanchi aholisi (badaviylar)ni boqadigan, isitadigan, kiygizadigan va davolaydigan ham - tuya. Ular qo`y, echki ham saqlaydilar. Sut va sut mahsulotlari, xurmo badaviylarning asosiy taomi hisoblanadi. Atoqli arab iqtisodchi olimlaridan biri aytgan ekan: «Arablar xurmo, non, guruch va sut bilan hayot kechiradi». Badaviylar jazirama issiqda tez buziladigan sutdan qatiq, pishloq, "qurt (jubiya), sariyog` (sami, subda), ayron (xunayn) tayyorlaydilar. Bug`doy yormasidan pishirilgan quyuq bo`tqa (aysh) ularning deyarli har kungi kechki taomidir. Non (xubz) va go`sht kam iste`mol qilinadi, asosan, bayram yoki to`ylarda echki yoki qo`y so`yiladi. Kambag`al badaviylar ovqat yetmaganligidan chigirtka, kaltakesak, ilon, hatto, tulki va har xil parrandalarni ham iste`mol qiladilar. Ayniqsa, chigirtkalar ko`payib ketganda ularni xaltalarga yig`ib, maxsus qo`rda yoki issiq kulga bosib pishiradilar, ba`zan yog`da qovurib ham yeydilar. Chigirtkalardan tayyorlangan taom eng tansiq hisoblanadi. O`troq arablarning an`anaviy taomlari, ko`chmanchi aholiga yaqin bo`lsa-da, nisbatan bir oz farq qiladi. Dehqon (falloh)ning har kungi taomi o`simlik va sut mahsulotlari: non, bedil va qatiq. Non har bir oilada haftada ikki marta yopiladi. Ko`pchilik dehqon hovlisida balandligi 60 sm li gumbaz shaklida qurilgan tandirda taxminan diametri 30-35 sm keladigan qalin non yopiladi. Nonni bug`doy, arpa, ba`zan makka yoki oq jo`xori (durra) unidan tayyorlanadi. Yamanliklar hatto bug`doy, durra, arpa va yosmiq uni aralashmasidan ziravor qo`shib qora non (kidamadi) yopadilar.; Ular nonni muqaddas hisoblab isrof qilishni katta gunoh deb biladilar. Suriyalik, livanlik, iordanlik yoki Saudiya Arabistoni aholisi bo`tqani bug`doy yormasidan, yamanliklar durra yormasidan qaynatib, tomda quritib burgul tayyorlab olishadi. Odatda burgul bo`tqasi qayla, eritilgan mol yoki o`simlik yog`i va qatiq bilan iste`mol qilinadi. Arab dehqonlari badaviylardan ham kamroq go`sht iste`mol qiladilar. Go`shtli taomlar asosan, bayramlarda, tantanali kunlarda pishiriladij Bunday vaqtda arablarning sevimli taomlaridan kubba (go`sht yoki baliq bilan ziravorli pishirilgan varaqi), ustiga go`sht solingan burgul bo`tqasi, har xil kaboblar, palov (qaynatilgan guruch ustiga maxsus tayyorlangan mayiz, qovurilgan qo`y go`shti bilan dasturxonga tortiladi), barag-do`lma, sabzavotdan qiyma solingan do`lma, go`sht, pomidor va baqlajon bilan bamiya va ziravor solib tayyorlanadigan marag, maxallibi, maxshi (qiyma, guruch, har xil o`t va ziravor bilan pishiriladigan mayda qovoq) va boshqa taomlar dasturxonni bezaydigan yozda va kuzda arablar har xil sabzavot (qovoq, loviya, tomat, baqlajon, bodring, piyoz, sarimsoq, qalampir, ismaloq, karam kabilar), turli meva (xurmo, uzum, o`rik, olxo`ri, anor, olma, anjir, bodom), qovun, tarvuz iste`mol qiladilar. Barcha oilalarda xurmo eng asosiy va kundalik taom hisoblanadi. Undan yuzga yaqin taom tayyorlash mumkin. Kundalik ovqatga qo`shiladigan zaytun ham turli xilda tayyorlanadi. Zaytun yog`i arablarning fikricha, juda foydali hisoblanadi. Shuning uchun uni ovqat bilan yoki non botirib iste`mol qiladilar, ba`zan ichiladi ham. Suriya, Iroq, Yaman va Saudiya Arabistonida qunji va paxta yog`i ham iste`mol qilinadi. Arablarda kofe, choy, xunaynu, keng tarqalgan ichimliklardir. Arab mehmondo`stligini ifodalaydigan asosiy ichimlik kofe (qahva). Kofening eng oliy sorti o`stiriladigan Yamanda kofe tayyorlash ham katta san`at hisoblanadi. Uzum sharbatini iste`mol qilish qadimiy davrlardan qolgan bo`lib, hatto uni madh etish adabiyotning maxsus janri sifatida qabul qilingan. G`arbiy Osiyo xalqlarining ijtimoiy tuzumida feodal-patriarxal va qisman quldorlik munosabatlari saqlangan, ko`p mamlakatlarda ko`p ukladli bozor munosabatlari kurtak otgan bo`lib, u ayrim mamlakatlarda (Quvayt, Eron, Isroil, Turkiya va Livanda) ancha rivoj-langan. Taraqqiy qilgan mamlakatlarning qishloq aholisi orasida hozirgi feodal-patriarxal munosabatlar kuchli, feodal yer-mulk shakllari, qabilaviy urug` jamoa munosabatlari va tashkilotlari saqlangan. Ko`chmanchi va yarim ko`chmanchi elatlarda xun olish, qabilaviy demokratiya, o`zaro yordam kabi ibtidoiy jamoa tartiblari haligacha uchraydi. O`troq dehqonlar butun mintaqada 60 % ni tashkil qilsa ko`chmanchi va yarim ko`chmanchilar taxminan 10 % ga yaqin, ayrim mamlakatlarda undan ham ko`proq (Saudiya Arabistonida 50 %, Afg`onistonda 15 %). Shahar aholisining sotsial tuzilishi asosan, hunarmandlar, savdogarlar va ishchilaridan ihoral Sanoatda band ishchilarning uchdan ikki qismi qo`l mehnati bilan shug`ullanadi. Mayda korxona va do`kon egalari ko`pchilikni tashkil qiladi. Butun mintaqada oila va oilaviy munosabatlar ijtimoiy sharoitga asoslangan. Boy va savdogarlar orasida poligamiya (ko`p xotinlik) saqlangan, qalin olish keng tarqalgan. O`troq dehqon aholisi orasida ortokuzen nikohi, ko`chmanchi chorva oilalarda endogam nikoh va levirat saqlangan. Asosan kichik monogam oila hukmron, ammo ayollarning huquqi har tomonlama cheklangan. Faqat yirik shaharlardagina o`qimishli oilalarda ayollar nisbatan erkin, zamon talablariga mos munosabatda bo`ladilar. Isroilda, Turkiya va Arab mamlakatlarida, ayniqsa, Saudiya Arabistonida butun oilaviy hayot diniy aqidalarga to`liq bo`ysundirilgan. Afg`onistonda qalin olish juda yuqori bo`lganligidan bo`ydoq erkaklarning soni ko`p, ko`pchilik oilalarda almashuv nikoh, ya`ni qarindoshlar qalin to`lamaslik uchun kelin berib kelin olish keng tarqalgan, levirat nikoh ham saqlangan. Katta patriarxal tipdagi oilalarda bolalar otaga, kelin qaynotaga so`zsiz bo`ysunishi, ota-ona tanlagan kishi bilan turmush qurishi shart. Oilada o`g`il tug`ilishi nog`ora yoki miltiq ovozi bilan e`lon qilinadi, katta to`ylar o`tkaziladi. O`g`il bola 4-7 yoshida sunnat qilinadi va tantana bilan nishonlanadi. Eronda ham hozirgi oilaviy turmush masalalari davlat tomonidan erkak va ayollar o`rtasida teng huquqlilik qonunlashtirilgan bo`lsada, patriarxal munosabatlar hukmronlik qilmoqda. Faqat gilyonlarda matriarxal an`analari ancha saqlanganligi tufayli ayollar uyda boshliq, oilada erkin, erkaklar bilan teng ijtimoiy ishlarga tortilib uyda va tashqarida erkin muomalada bo`ladilar. Download 0.98 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling