Arxeologiya va etnologiya asoslari” (etnologiya) fanidan O`quv-uslubiy xarita etnologiyaga kirish va tarixi reja


Download 0.98 Mb.
bet32/43
Sana01.04.2023
Hajmi0.98 Mb.
#1315698
1   ...   28   29   30   31   32   33   34   35   ...   43
Bog'liq
arxeologiya va etnologiya mavzusida r

Mayya davlati. Milodning boshlarida Yukatan yarim orolining janubiy qismida hozirgi Gvatemala hududida bir qancha mayda shahar-davlatlar paydo bo`ladi. V-VI asrlarga kelib bunday davlatlarning soni yana ham ko`payadi va shimoliy hududlarga tarqaladi. Ular o`zaro kurashib turganlar. Ammo janubi davlat-shaharlarning ko`pchiligi XI asrga kelib birdaniga bo`shab qoladi. Yukatan yarim orolining shimolida o`sha davrda mayya xalqlarining bosh shahri Mayyapan kuchayib yuksak madaniyat yaratgan qudratli davlatga aylangan va ispanlar istilosigacha o`z hukmronligini saqlab kelgan.
Mayya ancha rivojlangan dehqonchilik xo`jaligiga ega bo`lgan. Ular o`rmonlarni toshboltalar bilan kesib, daraxtlarni kuydirganlar, kul bosgan dalani yog`och bilan kavlab urug` sepganlar. Asosiy ekin makkajo`xori hisoblangan. Undan tashqari lobiyo, pomidor, qalampir, qovoq va paxta ekilgan. Go`shtga it va kurka boqilgan, o`q-yoy, nayza va puflab otadigan naycha bilan ov qilib, ham go`sht g`amlangan. Baliqchilik va asalchilikni bilganlar. Mayya hindilari birinchi bo`lib kakao daraxtini o`stirib mevasidan ichimlik tayyorlaganlar.
Mayya davlatida ruda bo`lmaganidan metall qurollarni, ayniq-sa, temir bolta va nayza uchlari, mis bilan oltin qotishmasidan yoki sof oltindan yasalgan bezaklarni Meksikadan va qo`shni mamlakatlardan keltirganlar. Paxta va agava tolalaridan nozik matolar to`qilgan, ulardan plash, yubka va boshqa kiyimlar tikkanlar, charxsiz sopol idishlar yasab, ularga turli naqshlar berilgan. Savdo-sotiq ancha rivojlangan, lobiyo va kakao urug`lari pul vazifasini bajargan. Qul savdosi ham bo`lgan.
Qishloqlar yengil to`qima yopilgan cho`qqaygan tomli uylardan tashkil topgan. Qishloq markazida toshdan qurilgan ibodatxona qad ko`targan, unda zodagon va kohinlar yashagan. Jamoa yeri uylangan erkaklarning soniga qarab, ya`ni har oilaga uch yilgacha taqsimlangan. Zodagonlarga ajratilgan maxsus dalalarda jamoa a`zolari xizmat qilgan va hatto sadaqa berib turganlar, urushda ishtirok etganlar. Soliq to`lashdan bo`yin o`girganlar xudo yo`liga qurbon qilingan. Quldorlik paydo bo`lgach, qullar zodagonlarning xo`jaligida, jamoa inshootlarini, ko`shk, saroylar va yo`llar qurishda, yuk tashishda ishlatilgan. Qullar miqdori asirlar, qarzdorlar hukm qilinganlar va hatto yetimlar hisobidan to`ldirib borilgan.
Mayya davlati boshida cheksiz huquqqa ega bo`lgan hokim («xalach vinik» - buyuk odam) turgan. Oliy kohin uning o`ng qo`li va maslahatchisi hisoblangan. Xalach-vinik soliq to`plash va qozilik qilish uchun qishloqlarga maxsus boshliq (batab) tayinlagan. Astronomiya va boshqa bilimlarni yaxshi egallagan kohinlar zo`r kuchga aylangan.
Mayya yuksak madaniyat yaratgan xalqlardan. Ular o`ziga xos yozuvni kashf etib, ma`lum bilimlarni chuqur egallaganlar. Ayniqsa, aniq bilimlar, chunonchi astronomiya va matematika nihoyatda rivojlangan. Mayyaliklar yil hisobini daqiqalargacha aniqlab kalendar tuzganlar. Ularda yil 365 kunga bo`lingan, kalendar 20 kunlik oydan va 13 kunlik haftadan iborat bo`lgan. lyeroglif tizimiga asoslangan mayya yozuvlarida kohinlar turli afsonalar, duo va tarixiy solnomalar yozib qoldirganlar. Shu yozuvda har 20 yilda tarixiy voqealar bayon qilingan maxsus tosh ustunlar o`rnatilgan. Nihoyatda go`zal san`at bilan tasvirlangan o`yma va bo`rttirib yasalgan ajoyib rasmli murakkab ibodat va turmush inshootlari hozirgacha kishini maftun qiladi.
Mayya xalqining diniy tasavvurlari sinfiy munosabatlarni mu-qaddaslashtirgan juda murakkab serhasham marosim va ibodatlardan iborat bo`lgan. Muqaddas kitoblar fikus qobig`idan ishlangan qog`ozlarga yozilgan va rangli rasmlar bilan bezatilgan. Afsus deyarli barcha qo`lyozmalar ispan mustamlakachilari tomonidan kuydirilgan. Asosiy e`tiqodlari dehqonchilik bilan bog`liq aholi osmon, yomg`ir, o`simlik va boshqa tabiat hodisalarini ifodalovchi xudolarga sig`inishga asoslangan.
Chibcha-muisklar davlati. Mayya davlatining janubida, hozirgi Kolurnbiyaning kattagina qismida chibcha til oilasiga mansub yuqori madaniyatli qabila va elatlar yashagan. Ularning eng qudratlisi chibcha-muisk xalqi mustamlakachilar kelishi arafasida sinfiy jamiyatga o`ta boshlagan. Muisklar tropik dehqonchilik bilan shug`ullanganlar. Manioka va batata ekinlarini ekkanlar, koka daraxtini o`stirib mevasi va yong`og`idan narkotik ichimlik tayyorlaganlar. Go`sht topish uchun ovchilik qilganlar. Uy hayvonlaridan faqat it saqlaganlar. Ekinlardan makka, kartoshka, lobiyo, pomidor, paxta va mevali daraxtlar ekkanlar.
Ishlab chiqarish qurollari tosh va yog`ochdan yasalgan chopqi, 1,2-2 metr uzunligida nayza, palaxmon, bolta va pichoq. Ular mis quyishni bilganlar, mis bilan oltin qorishmasidan turli bezaklar va badiiy buyumlar yasaganlar. Kulolchilikni, yigiruv va mato to`qishni bilganlar. Matodan etakli belbog`, plashlar tikkanlar. To`p gazlama va oltin tangacha pul vazifasini bajargan. Savdo rivojlangan.
Ijtimoiy munosabatlarida ota urug`i hukmronlik qilgan, ammo matriarxat qoldiqlari saqlangan. Ular jamoa bo`lib joylashganlar va katta oilalarga bo`linganlar. Poligamiya keng tarqalgan zodagonlar o`nlab xotin va cho`rilarga ega bo`lganlar. Qullar paydo bo`lgan va sinfiy munosabatlar o`rnatilgan. Boy tabaqalar bezatilgan ko`shklarda, oddiy jamoa a`zolari loy bilan suvalgan to`qima kulbalarda yashaganlar. Bezaklarni faqat zodagonlar osishga haqli bo`lganlar. Ayniqsa, bosh hokimga itoat qilganlar. Unga turli sovg`a-salomlar keltirib huzuriga kirganlar.
Hokimni saylash marosimi turii afsonalar bilan bog`liq. Hokim smola surtilgan badaniga oltin qum sepib solga tushib, ko`lning o`rtasiga suzib borib cho`milar emish. U xudoga atab oltin va zumraddan yasalgan haykalchalarni suvga tashlar ekan. Bundan rivoyatlar muisk davlatini «El-dorado» (Ispancha «zarhallangan» yoki «oltin odam») deb nom chiqarishga va mustamlakachilami «oltinga boy» o`lkaga bostirib kelishlariga sabab bo`lgan.
Chibcha xalqlarining dinlari dehqonchilik bilan bog`liq. Quyosh, oy, yer xudolariga, ajdodlarning arvohlariga sig`inishdan iborat. Boylarning jasadlari mumiyolashtirilgan, xotinlari va qullari qatl qilinib birga dafn qilingan. Qabrga qurol va qimmatbaho buyumlar qo`yilgan. Kohinlar boy tabaqalardan tayinlangan. Tabiblar davolaganlar va folbinlik qilganlar.



Download 0.98 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   28   29   30   31   32   33   34   35   ...   43




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling