Antiseysmik choralar
Plita quyma elementga tiralish sathining butun uzunligi yoki kengligi chok uzunligi deb qabul qilinadi. CHokning qalinligi 9 balli zilzilaga mo’ljallangan binolar uchun 10 mm olinadi.
Seysmiklik 9 ball bo’lganda quyidagilar ko’zda tutilishi lozim:
- bino karkasiga ta’sir qiladigan seysmik kuchlanishlarni kamaytirish maqsadida uzunligi devor yoki ustunlar qadamiga teng yengil osma panellardan devor qilingan. Osma devorlarning butun uzunligi bo’ylab har bir osma bo’linmaning pastki sathida zilzilaga qarshi ggorizontal choklar qo’yilishi lozim.
Sinchning devorlar bo’ylab gorizontal sijishiga yoki sinchning osma devordagi zilzilaga qarshi gorizontal choklar oralig’ida siljishiga halaqit bermasligi kerak.
Loyihalanayotgan binoning qurilishida mexnat muxofazasini tashkil qilish
O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan kabul qilinayotgan va amalga tatbiq etilayotgan qurilish sohasidagi ko’plab qarorlarda qurilish industriyasini rivojlantirishga katta ahamiyat berilmoqda. qurilish ishlarini rivojlanishi bevosita qurilish maydonchasida mehnat muhofazasini ta’minlashga qaratilgan alohida ishlarni amalga oshirishni talab etadi.
Mehnat muxofazasi qonunchiligi mehnat qilish va dam olishning hukukiy normalarini o’z ichiga oladi hamda ularning himoya qilinishi kafolatlaydi.
qurilish maydonchasida mehnat muxofazasini ta’minlash uchun quyidagilarga alohida e’tibor berilmog’i va ularni uzviyligi hamda uzluksizligini ta’minlash lozim:
- xavfsizlik texnikasi – ishlovchilarga ishlab chikarishdagi xafvfli faktorlarning ta’sir etishining oldini oluvchi tashkiliy va texnikaviy tadbirlar hamda vositalar sistemasidir;
- ishlab chiqarish sanitariyasi – ishlovchilarga ishlab chiqarishdagi zararli faktorlarning ta’sir etishining oldini oluvchi tashkiliy, gigienik va sanitariya-texnikaviy tadbirlar va vositalar sistemasidir;
- Yong’in proflaktikasi – ishlovchilarni olovdan (yong’in va portlashdan) himoya qlishga qaratilgan texnikaviy va tashkiliy tadbirlar kompleksidir.
Do'stlaringiz bilan baham: |