Arxitektura tarixi va nazariyasi


Universitetlar – professorlar uchun ideal maskanlar


Download 56.41 Kb.
Pdf ko'rish
bet2/3
Sana07.11.2023
Hajmi56.41 Kb.
#1753513
1   2   3
Bog'liq
ARXITEKTURA TARIXI VA NAZARIYASI

Universitetlar – professorlar uchun ideal maskanlar
11-asr davomida Parij universiteti taraqqiy etib, dovruq qozona boradi. Yevropaning eng qadimiy
universitetlaridan biri bo‘lgan bu maskan o‘rta asrlarda juda mashhur bo‘lgan. Bu dargoh professor va
talabalarni huquq, ilohiyot, tibbiyot va falsafa ta'limining rivojlangani bilan jalb qilgan.


Birinchi universitetlar ajralib chiqqan maktablar professsorlar fikr almashadigan, ular uchun
mo‘ljallangan muassasalar bo‘lgan. Bunday joylarda ideologiya, tibbiyot va huquq ta'limoti
usullarini ishlab chiqishgan. Darslar esa lotin tilida olib borilgan.
Britaniyaning Oksford va Kembrij universitetlari ham o‘rta asrlarda vujudga kelgan. 
Angliyaning ikki mashhur universitetini tandemda Oksbrij deb ham atashadi
.



AQShning eng tarixiy universiteti Harvard hisoblanadi, u 1636 yilda Nyu-Taunda tashkil etilgan. Avval
universitet kollej tarzida faoliyat yuritgan va darslar 1638 yildan kollej bog‘i va kichik xonalarda
o‘tkazila boshlangan. Keyinchalik esa Harvard nomi kollejga o‘zining yarim boyligi va kitoblarini meros
qilib qoldirgan Jon Harvard nomi bilan atala boshlanadi, ta'lim muassasasiga universitet maqomini
beriladi. Bu dargoh hozir ham AQShning eng mashhur ta'lim maskanlaridan biri hisoblanadi.

Ayni damda AQShda 3 300dan ortiq oliy ta'lim berishga ixtisoslashgan ta'lim dargohlari bor va ularda
taxminan 12 milliondan ko‘proq talaba tahsil oladi.

AQShda har yili o‘rtacha 3 million bitiruvchi yuqori maktablarni tugatadi, ularning taxminan 1 millioni
OTMlarga o‘qishga kirish imkoniga ega bo‘ladi.

Imtihon asosidagi ilk grantlar

1836 yilda London universiteti imtihon va turli grantlar dasturini e'lon qiladi. Bu dasturlarda
qatnashish uchun Britaniya imperiyasining turli hududlarida joylashgan istalgan ta'lim muassasasining
talabalari talabgor bo‘lishi mumkin edi.

Shu taxlit 1900 yillargacha London universiteti faqat grantlar ajratuvchi va imtihonlarni tashkil etuvchi
oliygoh sifatida ishlagan. Biroq 1900 yilda parlament ta'lim va tadqiqot uchun London universitetiga
leksiya xonalari, muzeylar laboratoriyalar va amaliy mashg‘ulot xonalari ochishga ruxsat bergan.


Download 56.41 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling