«Arxitektura va qurilish» fakulteti «muhandislik kommunikatsiyalari» kafedrasi
Download 2.2 Mb.
|
Kurs ishini uslubiy ko\'rsatmasi 2023
- Bu sahifa navigatsiya:
- «Muhandislik kommunikatsiyalari qurilishi va montaji» bakalavr ta’lim yo‘nalishi talabalari uchun mo‘ljallangan U S L U B I Y K O‘ R S A T M A
- Muhandislik kommunikatsiyalari” kafedrasi mudiri: A.Sultonov
- Arxitektura va qurilish” fakulteti dekani: dots. A. Berdiqulov
- R.Jamolova
O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY VA O‘RTA MAXSUS TA’LIM VAZIRLIGI JIZZAX POLITEXNIKA INSTITUTI «Arxitektura va qurilish» fakulteti «MUHANDISLIK KOMMUNIKATSIYaLARI» kafedrasi « OQOVA SUVLARNI OQIZISH TARMOQLARINI LOYIHALASH» fanidan kurs loyihasini bajarish uchun «Muhandislik kommunikatsiyalari qurilishi va montaji» bakalavr ta’lim yo‘nalishi talabalari uchun mo‘ljallangan U S L U B I Y K O‘ R S A T M A JIZZAX – 2022 Uslubiy qo’llanma 5340400 - «Muhandislik kommunikatsiyalari qurilishi va montaji» yo’nalishlari uchun “Oqova suvlarni oqizish tarmoqlarini loyihalash” fanidan kurs loyihalarni bajarish uchun. Uslubiy ko`rsatma “Muhandislik kommunikatsiyalari” kafedrasining 2022 yil “____” _____dagi ____-sonli yig’ilishida muhokama qilingan va ma’qullangan. “Muhandislik kommunikatsiyalari”
Uslubiy ko`rsatma Jizzax politexnika instituti “Arxitektura va qurilish” fakulteti Kengashining 2022 yil “_____” ______dagi ____-sonli yig’ilishida muhokama qilingan va ma’qullangan. “Arxitektura va qurilish” fakulteti dekani: dots. A. Berdiqulov Uslubiy ko`rsatma Jizzax politexnika instituti Kengashining 2022 yil “_____” _____ dagi _____-sonli majlisida ko’rib chiqilgan va nashrga tavsiya etilgan. Jizzax politexnika instituti Ilmiy-uslubiy Kengashi raisi: dots. G’. Egamnazarov Tuzuvchilar: Q. Takabayev A.Sultonov Taqrizchilar: Viloyat “Suv oqava”DUK muxandisi - R.Jamolova © Jizzax Politexnika instituti 2022 ANNOTATSIYA. Ushbu uslubiy ko‘rsatma «5340400 – Muxandislik kommunikatsiyalari qurilishi » bakalavriat ta’lim yo‘nalishi bo‘yicha bakalavr yo‘nalishi talabalari uchun Davlat ta’lim standartlari va namunaviy dastur asosida “Oqova suvlarni oqizish tarmoqlarini loyihalash” fanidan olgan nazariy bilimlarini amaliy darslarda mustaxkamlash, “Shahar oqova suvlarini oqizish tarmoqlari” mavzusidagi kurs loyihasi va diplom loyihasi ishlarini bajarishda qo‘llanma sifatida foydalanish uchun mo‘ljallangan. Ko‘rsatma o‘quv reja asosida tayyorlangan bo‘lib talabalar tomonidan “Oqova suvlarni oqizish tarmoqlari” fanidan olgan nazariy bilimlarini amaliy darslarda yanada chuqurroq o‘rganishda uslubiy yordam sifatida tavsiya etiladi. Uslubiy ko‘rsatma amaldagi fan o‘quv rejasiga va davlat ta’lim standartlariga muvofiq ishlab chiqildi hamda takrorlash uchun savollar o‘rin olgan. Kirish. Hozirgi paytda suv havzalarini ifloslanishining oldini olishga juda katta ahamiyat berilgan. Maishiy xo‘jalik va sanoat korxonalaridan chiqadigan oqova suvlar ma’lum bir inshootlarda tozalanib, ularni yana suv havzalariga oqiziladi. Shu bilan birga suv havzalarni ma’lum darajada ifloslantiriladi. Keyingi yillarda hukumatimiz va davlatimiz tomonidan qator qarorlar qabul qilinib, ular asosan suv havzalarining sanitariya holatlarini yahshilashga qaratilgandir. Sanoat va qishlok xo‘jalik korxonalarini tez rivojlanishi suv havzalarini oqova suvlar bilan ifloslanishning birdan – bir omilidir. qo‘p miqdorda oqova suvlarni suv havzalariga tushirish bilan birga, ularning tozaligini saqlab qolish xalq xo‘jaligida muhim vazifalar qatoriga kiradi. Shuning uchun ham oqova suvlarni tozalash usulini tug‘ri tanlash bilan suv havzalariga tushiriladigan suvlarni sanitariya normalari talabiga to‘la muvofiq qilishini ta’minlash mumkin. Oqova suvlarning tarkibida har xil turdagi iflos moddalar bo‘ladi. Ularning tarkibidagi organik iflos moddalar, bakterialar rivojlanishi uchun qulay sharoit yaratadi. Shuning uchun oqova suvlarni tozalashda ularning tarkibidagi iflos moddalarni, ayniqsa organik moddalarni suvdan ajratib olish va zararsizlantirish muhim omillardan biridir. Oqova suvlarni mexanik, fizika-kimyoviy va biologik usullarda tozalanadi. Oqova suvlar tarkibidagi bakterialarni yo‘qotish uchun ularni zararsizlantiriladi. Ilmiy texnika davrida, sog‘lom avlod va ozod turmush ko‘p tomondan atrof muhitga bog‘liqdir. Bu masalalar bo‘yicha davlatimiz miqiyosida keyingi paytlarda bir qator ishlar olib borilmokda. Bulardan eng asosiysi, barcha shahar va aholi zich joylashgan joylarda, kundalik turmushda hosil bo‘lgan oqova suvlar hamda sanoat korxonalardan chiqadigan iflos suvlarni atrof muhitga, odamlarning sog‘ligiga zarar yetkazmasdan uni maxsus inshootlar orqali chiqarib va zararsizlantirib, undan so‘ng suv xavzalariga tashlashdan iborat. Oqova suvlarni oqizish tarmoqlari o‘zi oqar tartibda ishlatiladi. Shuning uchun quvurlar ma’lum nishablik bilan yotqiziladi. Iqtisodiy nuqtai nazardan qulay bo‘lishi uchun oqova suvlarni oqizish tarmoqlarining afzal tasviri tanlanishi lozim. Download 2.2 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling