«Arxitektura va qurilish» fakulteti «muhandislik kommunikatsiyalari» kafedrasi


Download 2.2 Mb.
bet9/12
Sana06.10.2023
Hajmi2.2 Mb.
#1693162
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   12
Bog'liq
Kurs ishini uslubiy ko\'rsatmasi 2023

Sutkalik soatbay oqim grafigi.

Kanalizatsiya tarmoqlarida ishlatiladigan quvur vakollektorlarning ko‘ndalang qirqimi va gidravlik tavsifi.


Oqovalar quvurlar va kanallardan iborat tarmoqlar orqalioqizdiriladi. Buning uchun turli shaklga ega va materialllardan ishlanlangan quvurlar ishlatiladi.Oqovalarni oqizish tarixida aylana, elipssimon, trapesiya, to‘rt va beshburchakli, yarim elips va boshqa shaklllarga ega quvur va kollektorlar ishlatilib kelingan.

Odatda bu hisob jadval holida bajariladi. Dastlab hisobli nuqtalar joyi tayinlanadi. Misol qilib nasos shahobchalari, kollektorlar qo‘shilish joyi, tozalash inshooti olinishi mumkin. Oqova suvlarning oqib kelishiga sezilarli ta’sir etuvchi mintaqalar ajratiladi. Ya’ni oqib kelish muddati 2 soat va undan ortiq farq kiluvchi manbalar oqova suvlar oqib kelish davrini hisobga olgan holda qo‘shma grafigi tuziladi. Oqova suvlarni manbadan oqib kelish muddati:
, sekund (15)
bu yerda: - manbadan hisobli nuqtagacha bo‘lgan masofa, m;
- oqovalarni oqib kelish tezligi, m/sek.
Oqovalarni oqib kelish bosqichli grafigining absissa o‘qida vaqt, ordinata o‘qida esa soatbay sarf (kecha kunduz sarfiga nisbatan foizda) ko‘rsatiladi.
Oqova suvlar oqizish tarmoqlarini trassirovkalash.
Trassirovkalash vaqtida albatta gidrogeologik va gidravlik sharoitlarni hisobga olib yer qazish ishlarini arzon narxda bajarishga, iqtisodiy tomondan qulay bo‘lishga erishmoq kerak. Ko‘cha tarmoqlarini iloji boricha suv yo‘nalishiga nisbatan past tomonga qarab trassirovka qilish kerak.
Oqova suvlar oqizish tarmoqlarini trassirovkalashda, oqova suv oqimi, temir yo‘l yo‘li, va har xil turdagi yer osti inshootlari bilan imkoni boricha kesishishi kamaytiriladi, chunki katta mablag‘ sarflash bilan bog‘langan, bu kesishishlarni qurish murakkab va ishlatishda kiyinchilik tug‘diradi. Bunday xollarda, ba’zan soy, jarlik, daryo, temir yo‘l yoki keng yo‘llarni ikki tomoni bo‘yicha 2 ta parallel kollektorni trassirovkalash maqsadga muvofiq. Eni 30 mdan katta yo‘llarda ham 2 ta parallel kollektorni yotqizish ruxsat etiladi, ya’ni texnik – iqtisodiy hisoblash bilan asoslanadi.
Trassirovkalash, oqova suvlar oqizish tarmoqlarining joylanishida eng asosiy element bo‘lib, keyinchalik uni ekspluatatsiya qilishda asosiy vazifani bajaradi. Kerakli shart- sharoitlarni hisobga olib tozalash inshooti va uni suv manbasiga tashlash joyi aniqlanadi.
Tekis rel’efli joylarda iloji boricha bitta va undan ortiq tozalash inshootlarini loyihalashtirish zarur. Bunda bosh kollektor va yon kollektorlarning soni hamda ularning yo‘nalishi tozalash inshootlarining joylashishiga bog‘liq bo‘ladi.
Bosh kolletorlarning iloji boricha suv manbalariga yaqinroq va yon kollektorni o‘ziga biriktira olishi kerak. Shu bilan birgalikda tarmoqlarning chuqur joylashishiga yo‘l quymaslik kerak.
Loyihalanayotgan joyning rel’efi tekis bo‘lganda, hamda kvartallar yuzasi har tomonga qarab nishablikda bo‘lsa, trassirovka qilish har tomonlama bo‘lishi zarur. Bu vaqtda tarmoqlarning uzunligi deyarli qisqaradi va unda kam miqdorda oqova suvlar oqishini chegaralash mumkin. Oqova suv tarmoqlarini trassirovka qilish davrida iloji boricha yer ostida joylashgan ichimlik suvi tarmoqlari bilan hamda boshqa inshootlarni kesib utishi kamrok bo‘lishi kerak.

Download 2.2 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   12




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling