Arxitekturaviy landshaft sifatida tashkil etilishiga


Yo’l bo’yini ko’kalamzorlashtirish


Download 301.57 Kb.
Pdf ko'rish
bet4/8
Sana16.06.2023
Hajmi301.57 Kb.
#1497216
1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
8-9-10 ma\'ruza

Yo’l bo’yini ko’kalamzorlashtirish 
Yo’l bo’ylarini ko’kalamzorlashtirishning quyidagi turlari zamonaviy talablar 
bo’yicha qabul qilingan: 

Yo’ldan foydalanalishi bo’yicha, 

qishloq xududining xususiyatlari bo’yicha, 

sanitar-gigiyenik talablar bo’yicha. 
Arxiteturaviy landshaft nuqtai nazaridan yashil ekinlarning turlari bo’yicha ham 
quyidagicha talablar mavjudligini inkor etmaslik lozim: 
A).Tabiiy muhitining Yo’qotilgan qismini arxitekturaviy landshaft talablaridan 
kelib chiqib to’ldirish, 


B).Fazoviy bo’shliqlarni arxitekturaviy landshaftli aksentlash, landshaftni 
boyitish, 
V).Nazarni qochirmaslik variantlarini ishlab chiqish, 
G). Yashil fon yoki ―parda‖ yaratish
D). Ko’kalamzorlashtirishni dekorasiyalash (boyitish). 
Amaliyotda yuqorida ko’zda tutilgan barcha variantlar ham ko’p maqsadli 
xarakterga ega bo’lib, ko’kalamzorlashtirishning iqtisodiy va mashaqqatli yumush 
ekanligini hisobga olgan holda, Yo’l va uning atrof muhitiga bevosita bog’liq 
bo’lgan maydonlarini loyihalash tadbirlari o’ta nozik didlilikni talab etadi. Xuddi 
boshqa materiallar kabi ―yashil maydonchalar‖ ham o’z navbatida takrorlanmas 
omil bo’lib, har bir yashil omilning bo’yi, shakli, shohlanish qalinligi va nihoyat 
undan ajralayotgan efirning hidiga qarab o’tqazilayotgan yashil ekinlarning 
dekorativ xususiyatini belgilab berishi aniq.. Ayiniqsa bu xususiyatlar 
arxitekturaviy lanshaft loyihasidagi eng muhim tadbirlardan bo’lib hisoblanadi.
Odatda biz har doim uch turdagi yashil ekinlar bilan maydonlarni bezaymiz. 
Ya’ni, o’tlar, butalar va daraxtlar. Lekin ularni imkon qadar mutanosib holda 
o’tqazishni tashkil eta olsakkina optimal yashil maydonga erishamiz. Har qanday 
variantni tanlaganimizda ham tabiiylashngan yashil maydonlarimiz mahalliy muhit 
sharoitidan kelib chiqib, tabiatga mos va xos bo’lgan ekinlardan iborat bulmog’i 
shart: chunki uzunligi 10 km dan ortiq bo’lgan har qanday Yo’lda, avvalo 
Yo’llarning, qolaversa haydovchinig ruhiyatiga salbiy ta’sir kursatib, uyqu elitishi, 
yoki bo’lmasa asabiga ham salbiy ta’sir ko’rsatishi mumkin.Shuning uchun ham 
kamida har bir 10 km oraliq uzunlikda bir-biridan keskin farq qiluvchi yashil 
maydonlarni ko’zda tutish maqsadga muvofiqdir. Bunda asosiy e’tiborni 
o’tqazilayotgan daraxt turlariga, ularning mahalliyligiga hamda dekorativligiga 
qaratish talab etiladi.
Quyidagi rasmlarda harakat Yo’nalishini belgilaydigan va muhitining 
monumental shakl fonini ifodalovchi daraxtli Yo’llar ifodalangan. Odatda Yo’l 
inshootlarining atroflari, inshoot bilan Yo’l oralig’idagi bo’shliq, transportning 
inshoot oldida to’xtab turishi lozim bo’lgan maydonlar atrofi kabi obektlar 
‖yashillantirish‖ uchun muhim obektlar hisoblanadi va har bir lanshaftchi-
arxitektor ularni mukammal ko’rinishda loyihalay olishi va amalga tadbiq 
etilishini ta’minlay olishi shart.
Bunday loyihalarining asosiy nozik joyi shundaki, Yo’l kategoriyasi, Yo’l 
o’tayotgan muhitning spesifikasiyasi va harakat murakkabligining darajasi 
landshaftchi – arxitektordan bu masalaga ilmiy nuqtai nazardan yondoshuvini talab 
etdi.
M: issiq-ilim fasllarida Yo’lning ko’pgina ko’zga tashlanadigan maydonlari 
gullar kompozisilari bilan bezatiladi. Bu holda gullar nafaqat dekorasii rangini, 


balkim haydovchining ruhiyatini xamda kayfiyatini ko’taruvchi bir omil sifatida 
ham qullanilishi barcha zamonaviy arxitektorlarga ma’lum.

Download 301.57 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling