Arxitekturaviy landshaft sifatida tashkil etilishiga
Bosqichli loyihalashda arxitektura landshaftlarini tashkil etishning
Download 301.57 Kb. Pdf ko'rish
|
8-9-10 ma\'ruza
Bosqichli loyihalashda arxitektura landshaftlarini tashkil etishning
usullari. Avtomobil Yo’llarining arxitekturaviy landshaftini tashkil etishda loyihalashning kompleks tizimidan kelib chiqib, m’yoriy hujjatlar asosida yo’l atrof muhitiga nisbatan qo’yilgan talablarni hisobga olgan holda yondashish maqsadga muvofiqdir. Bunda yo’lning arxitekturaviy landshafti quyidagi uslubiy ketma-ketlikdan iborat bo’lib, ular ham o’z ravbatida avvalo yo’l kotegoriyasiga, uning yo’nalishiga, marshrut turiga, yo’l atrof muhitining murakkabliligiga hamda mazkur joyning tabiiy geografik relefiga bevosita bog’liq bo’ladi. Ayniqsa maxsus obektlar bo’lgan AYoQSh, ATXK, yo’l bo’yi ovqatlanish maskanlari, tungi to’xtash joylari, dam olish maskanlari va avtopavilonlar atrofini arxitekturaviy landshaft bo’yicha loyihalash mazkur loyihaga maxsus talablar asosida yondashuvni talab etadi. Shuning uchun ham bunday holatda asosan quyidagi omillarga e’tibor berilmog’i shart; ATXK dan foydalanish davriga qarab; uning atrofini obodonlashtirishning shartliligiga qarab; mazkur obektda ko’zda tutilgan xizmatlar va ularning sifatiga qarab; marshrutning ahamiyatiga qarab. Arxitekturaviy landshaftning asosiy prinsiplaridan biri – bu yo’l arxitekturasidagi badiiylikdir. Tarixda bunday talablar ko’pincha inson ro’hiyatiga qandaydir maqsadni, g’oyani singdirishni mo’ljallab amalga oshirilgan bo’lsa, hozirgi zamon arxitekturasida esa faqat insonning kayfiyatiga ijobiy ta’sir etishni muljallab amalga oshirish talab etiladi. Amaliyot va tajriba xulosalaridan kelib chiqib, hozirgi zamon talablarini to’kis amalga oshirish uchun ―ansamblli yondashuv‖ degan uslub qabul qilingan. Ansambl-ensamble-fransuz tilida «bir joyda, yoki birgalikda‖-degan ma’noni anglatib, qaralayotgan obektning mo’g’itdagi o’rnini va uning Yo’lovchilar va haydovchilar ro’hiyatida qanday ta’surot qoldirishi mumkinligini ko’zda tutgan holda hisobga olinib loyihalanishi shart. Bunday loyihadagi asosiy badiiy terminlar quyidagilardan iborat bo’lishi mumkin: stil (ko’rinish); badiiy stil; badiiy obraz; Ko’p hollarda davlat tizimi va milliychilikdan kelib chiqqan holda yuqoridagi terminlar asosida milliy-dekorativ arxitekturaviy san’at paydo bo’ldi va keng tarqaldi. Mасалан: Russlarda - stansiya termini; Ukrainlarda – korchma termini; Qozoqlarda – yurta termini; O’zbeklarda – bekat terminlari va hakozolar avtomobil yo’llariga xizmat qiladigan sun’iy inshootlar haqida aytilgan va qo’llanilgan. Download 301.57 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling