Arxiv hujjatlarini saqlash, tiklash va qayta ishlov berish ishlari fanidan mustaqil ish


Download 42.79 Kb.
bet1/4
Sana29.03.2023
Hajmi42.79 Kb.
#1305378
  1   2   3   4
Bog'liq
Xorijiy davlatlar me`yoriy hujjatlari (arxiv sohasida)1



OLIY TA`LIM, FAN VA INNOVATSIYA VAZIRLIGI
MIRZO ULUG’BEK NOMIDAGI
O’ZBEKISTON MILLIY UNIVERSITETI
TARIX FAKULTETI
ARXIVSHUNOSLIK YO’NALISHI
ARXIV HUJJATLARINI SAQLASH, TIKLASH VA QAYTA ISHLOV BERISH ISHLARI FANIDAN
MUSTAQIL ISH

Mavzu: Xorijiy davlatlar me`yoriy hujjatlari (arxiv sohasida)




Bajardi: Hasanova D.


Qabul qildi: Musayev U.
Toshkent – 2023
Xorijiy davlatlar me`yoriy hujjatlari
(arxiv sohasida)

Reja:



Kirish

  1. Yokohama tarix arxivi

  2. Afrika davlatida arxiv va arxiv ishi

  3. Hindiston arxiviga oid me`yoriy hujjatlari

Xulosa
Foydalanilgan adabiyotlar ro`yxati

Kirish
O'zbekistonning sobiq sovetlar davridagi xorijiy davlatlar bilan o'zaro do'stlik va madaniy aloqalari tarixini o'rganishda O'zbekiston Respublikasi Markaziy davlat arxivida saqlanayotgan “O'zbekistonning xorijiy davlatlar bilan do'stlik va madaniy aloqalari jamiyati”ning arxiv hujjatlari asosida yaqindan tanishish mumkin. “O'zbekistonning xorijiy davlatlar bilan do'stlik va madaniy aloqalari jamiyati” 10 mart 1947 yildan Toshkent shahrida faoliyat yurita boshlagan. Hozirgi kunimizgacha, O'zbekiston Respublikasi Markaziy davlat arxivi saqlovxonasida bu jamiyat fondining barcha hujjatlari saqlanib kelinmoqda. Bu hujjatlarda jamiyat faoliyatiga oid qarorlar, bayonnomalar, o'zaro do'stlik va madaniy aloqalarga bag'ishlangan tadbirlar haqidagi axborotlar, turli xorijiy davlatlarda tashkil etilgan ko'rgazmalar, xaftalik va oylik madaniyat kunlarining o'tkazilishi hamda turli mavzularda yo'llangan maktublar haqida batafsil ma'lumotlar berilgan. 1 yanvar 1957 yildan jamiyatning maxsus jurnali (Sovet O'zbekistoni) tayyorlanib, u 10 ta xorijiy tillarda nashr etila boshlangan. Bu jurnalda O'zbekiston Respublikasidagi yirik shaharlar, tarixiy obidalar, o'zbek xalqining milliy an'ana va urf-odatlari, turli fan va madaniyat sohalarida erishilayotgan yutuqlar haqidagi har xil mavzulardagi ma'lumotlar yoritib borilgan. Shu boisdan, jamiyat bu jurnalni G'arbiy Yevropa, Lotin Amerikasi, Afrika va Osiyoning barcha davlatlaridagi o'zaro do'stlik va madaniy aloqalar jamiyatlari va mahalliy fuqarolariga muntazam ravishda yuborib turilgan. Shuningdek, O'zbekiston Respublikasi do'stlik va madaniy aloqalar jamiyatining turli xorijiy davlatlar bilan o'zaro yozishma maktublarida ham juda qiziqarli ma'lumotlarni uchratishimiz mumkin. Masalan, Afrika qit'asining Nigeriya, Keniya, Gana, Marokko kabi davlatlar fuqarolari yo'llagan maktublarda O'zbekiston jamiyati tomonidan nashr qilingan mazkur jurnaliga obuna bo'lishni, jurnalning ingliz va arab tillaridagi barcha sonlari, O'zbekistonning mashhur fan va san'at arboblari hamda yirik shaharlari rangli fotosur'atlari aks etgan bukletlar yuborishni so'rab murojaat etganlar. O'zbekiston Respublikasi Markaziy davlat arxivida bu kabi hujjatlar behisob bo'lib, ulardan foydalanish uchun arxivda barcha sharoitlar mavjud.


  1. Download 42.79 Kb.

    Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling