Arxiv ishi nazariyasi va amaliyoti


Mustaqil O‘zbekistondagi arxivlar. Arxivlarning turlari. Kurs bo‘yicha asosiy atamalar. Milliy Arxiv fondi


Download 1.84 Mb.
bet3/76
Sana03.12.2023
Hajmi1.84 Mb.
#1800283
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   76
Bog'liq
qo\'llanma ARXIV ISHI NAZARIYASI 20.02.2019

2. Mustaqil O‘zbekistondagi arxivlar. Arxivlarning turlari. Kurs bo‘yicha asosiy atamalar. Milliy Arxiv fondi.
Arxivshunoslik sohasini tadqiq etish va rivojlantirish hozirgi davrda ko‘plab mamlakatlarda dolzarb masalalardan sanaladi. Shu jumladan, O‘zbekistonda ham mazkur muammo hukumatimiz hamda jamoatchilikning diqqat markazida turibdi. 1999 yilning 15 aprelida O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining XIV sessiyasida O‘zbekiston Respublikasining birinchi Prezidenti I.Karimov arxivlarga katta e’tibor qaratib, arxivlar ayniqsa O‘zbekistonga tarixiy yodgorliklarni, chunonchi hozirda chet el arxivlarida saqlanayotgan tarixiy yodgorliklarni qaytarishda muhim rol o‘ynaydi, deb ta’kidlagan.
Arxiv materiallaridan foydalanish tarixchi olimlarni ilmiy izlanishlarini asosi hisoblanadi. Shuningdek, ular mustaqil O‘zbekistonda tarix fanini rivojlanishi, tarix fanini, tarixiy o‘tmishni holis, haqqoniy o‘rganishda muhim ahamiyat kasb etadi.
Tarixiy fanlarning ilmiy asoslarini, o‘zbek xalqi tarixini ob’ektiv o‘rganish uchun uni davlatchilik tarixi va rivojlanishini bosqichlari, milliy ozodlik harakatlari, O‘zbekistonning jahon hamjamiyatiga integratsiyasi va sivilizatsiya tarixini o‘rganishda haqiqiy tarixiy manbalarning ahamiyati muhim bo‘lib, bu manbalarsiz tarixiy izlanishlarni olib borishni tasavvur etish qiyin. Arxivlarda saqlanayotgan hujjatlarning aksariyati insonlar to‘g‘risida ma’lumot beruvchi va xotira saqlovchi manbalar hisoblanadi. Ayniqsa mustaqillik yillarida arxiv ishiga e’tibor kuchaydi. O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisini 1-chaqiriq XIV sessiyasida qabul qilingan “Arxivlar to‘g‘risida”gi qonun (1999 yil) bu e’tiborni yorqin dalili bo‘lib, qonun tufayli O‘zbekiston Respublikasi Milliy Arxiv fondi tashkil topdi. Milliy Arxiv fondi o‘zida turli davrlarda yaratilgan ilmiy, siyosiy, amaliy hujjatlardan iborat bo‘lgan milliy boyligimiz hisoblanadi. O‘zbekiston Respublikasi arxivlari davlat muassasalari, tashkilotlar tomonidan saqlash uchun yuborilayotgan hujjatlar saqlanadigan davlat arxivlari, keyingi navbatda esa tashkilotlar hujjatlarini o‘zida jamlagan va idora arxivlari hamda xususiy va shaxsiy arxivlarga bo‘linadi. Shuningdek, davlat arxivlari doirasida hujjatlarni turiga ko‘ra maxsus arxivlar tashkil qilingan bo‘lib, ular ilmiy-texnik, meditsina hujjatlari, kino, foto hujjatlar, fuqarolik holatlarini qayd qilish organlarini arxivlari mavjud. Arxiv hujjatlarini o‘rganish asosida tarixiylik, holislik, har bir hujjatni chuqur tahlil qilish tamoyillar markaziy o‘rinni egallaydi.
Shuni nazarda tutish lozimki, arxivlardagi saqlanayotgan hujjatlar qisman mavzuli yig‘malar shaklida nashr qilib boriladi. Bu nashrlarda e’lon qilingan materiallar uchun hujjatlarni saralashda ob’ektiv yondashuv talab qilinadi.
Davlat arxivlarini, shuningdek maxsus, ilmiy-texnik, audiovizual arxivlar va boshqa arxivlarni ishlash samaradorligini talab darajasiga ko‘tarish uchun yuqori malakali arxiv xodimlarini tayyorlash juda katta ahamiyatga ega. Buning uchun mutaxassislar arxivlarda ishlashning muhim nazariy va uslubiy elementi hisoblangan arxiv ishi asoslarini bililshlari zarur. Bunda alohida ta’kidlash joizki, arxiv manbalarini chuqur o‘rganish, ularni amalda qo‘llay olish va nazariy bilimlarni amaliy bilimlar bilan to‘ldirish ko‘nikmalari arxivshunos uchun professional bilimlarni haqiqiy egallash uchun asos bo‘ladi. Bu borada u huquqiy bilimlarni ham puxta egallashi talab qilinadi. Ayniqsa O‘zbekiston Respublikasining “Arxiv ishi to‘g‘risida”gi 2010 yilning 15 iyunda qabul qilingan Qonuni mamlakatimizda arxiv ishini rivojlanishini asosiy yo‘nalishlarini belgilab berishda, arxivshunoslik sohasi ishlarini to‘g‘ri tashkil qilishda muhim ahamiyat kasb etadi.
“Arxiv ishi to‘g‘risida”gi Qonun O‘zbekiston Respublikasida arxiv ishi va arxiv sohasida yuzaga keladigan munosabatlarni tartibga soladi, Milliy arxiv fondiga kiruvchi arxiv hujjatlarini saqlash va ulardan to‘g‘ri foydalanishni ta’minlaydi, arxivshunoslikda qo‘llaniladigan asosiy atamalarga sharh beradi va arxiv ishini boshqarish, turli arxivlarda ish yuritish, xalqaro miqyosda sohaga oid masalalarni hal qilish tartiblarini o‘rnatib beradi. Ayni vaqtda mazkur Qonun arxiv sohasida qabul qilinadigan huquqiy-me’yoriy hujjatlarga mustahkam asos bo‘lib xizmat qiladi.
Arxivshunos mutaxassis arxiv sohasiga doir nazariy bilimlarni o‘zlashtirish jarayonida uning asosiy atamalarini yaxshi bilishi va o‘z o‘rnida qo‘llay olishi zarur.
Arxiv hujjati. Avvalo biz hujjat degan so‘zni ma’nosini tushunib olamiz. Hujjat – bu ob’ektiv voqelik, insonning aqliy faoliyati bilan bog‘liq ma’lumotlarni xatda, grafika, fotosurat, elektron axborot tashuvchi vosita va boshqa axborot tashuvchilarda aks ettirilganidir. Hujjat tushunchasini yana bir ta’rifi ham mavjud bo‘lib, u inson tomonidan ma’lumotni uzoq vaqt davomida saqlash va uzatish uchun mo‘ljallangan o‘zida axborotni saqlovchi moddiy ob’ektdir. Bunda axborotni uzatish uchun maxsus yaratilgan moddiy ob’ekt tushuniladi. Hatto qadimgi yodgorliklar, qoyalardagi yozuvlar ham muhim tarixiy manba bo‘lib xizmat qiladi.
Hujjatni yana bir ta’rifi, bu moddiy axborot tashuvchida o‘zi haqidagi ma’lumotlarni aniqlash uchun rekvizitli ma’lumotlarga ega bo‘lishidir.

Download 1.84 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   76




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling