Arxiv ishi nazariyasi va amaliyoti


Arxiv ishini boshqarishni tashkil etishda xalqaro tajribalar


Download 1.84 Mb.
bet6/76
Sana03.12.2023
Hajmi1.84 Mb.
#1800283
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   76
Bog'liq
qo\'llanma ARXIV ISHI NAZARIYASI 20.02.2019

4. Arxiv ishini boshqarishni tashkil etishda xalqaro tajribalar
AQSHda 2007 yilda chop etilgan “Arxivda ish yuritish” qo‘llanmasida arxivlar va arxiv ishini tashkil qilish to‘g‘risidagi bir qator savollarga atroflicha javob berilgan. Maslan: “Arxiv muassasasi boshlig‘i va xodimi nimani bilishi kerak?”, “Arxivlar turlari bo‘yicha ularning funksiyalari nimalardan tashkil topgan?”.
Qo‘llanmada arxivlarning turlari to‘g‘risida ma’lumotlar mavjud. Xususan, milliy arxiv, shaharlar arxivlari, viloyat arxivlari, diniy arxivlar va arxiv kengashlarining funksiyalari yoritilgan. Shuningdek. ushbu qo‘llanmada Kanada arxiv xizmatini faoliyati, arxivni boshqarish organlari, arxiv tashkilotlari va arxiv xodimlariga yuklatilgan vazifalar to‘g‘risida so‘z yuritiladi.
Ushbu adabiyotda ko‘rsatilgan arxivlarda ish yuritishni tashkil qilish davlat standartlarida ishlab chiqilgan tamoyillarga qat’iy mos kelishi kerakligi ta’kidlangan. Bunda birinchi darajali faoliyat sifatida arxivlarda hujjatlarni to‘laligicha saqlashni ta’minlash, arxiv bo‘yicha mutaxassislarni tayyorlash, arxivlarni zaruriy jihozlar bilan ta’minlash masalasi qo‘yiladi.
Qo‘llanmada arxiv bilimlari sohasidagi bir qator savollarga izohlar ham berilgan. Masalan, “Arxiv nima?” degan savolga qo‘yidagicha javob berilgan: “Arxiv idorasi odamlarni, tashkilotlarni faoliyatiga tegishli turlicha arxiv materiallarini hozirgi va bo‘lajak avlodlar uchun saqlashga mo‘ljallangan muassasa hisoblanadi”.
“Arxiv xizmati” faoliyati arxiv hujjatlarining muhimligini aniqlash, ularni butlash va tegishli tartibda saqlash, va nihoyat ulardan odamlar, tashkilotlar foydalanishi bilan xarakterlanadi.
Kanada Milliy arxivi va Arxivlar kengashi mamlakatdagi arxiv ishini boshqaradi, shuningdek qo‘l ostidagi arxiv tashkilotlarni ishini tashkil qiladi va ularni qo‘llab quvvatlaydi.
“Arxivlarni kim tashkil qilishi mumkin?”, – degan savolga qo‘llanmada shunday javob beriladi: “Arxivlarni doimiy va uzluksiz faoliyat ko‘rsatuvchi ma’muriy-hududiy bo‘linmalarida, ijtimoiy va tarixiy birlashmalar sifatidagi birliklarda tashkil qilish maqsadga muvofiq”.
Arxiv idoralarining asosiy vazifalar nimalardan iborat?
Har qanday tashkilot o‘zini funksional vazifasini aniq ishlab chiqmasdan turib faoliyat olib bora olmaydi, arxiv muassasasi ham aniq belgilangan vazifalar asosida o‘z faoliyatini tashkil qiladi. Ular arxiv xujjatlarini yig‘ish, ularni belgilangan sharoitlarda saqlash, ularni belgilangan qoidalar va cheklanishlar doirasida umumiy foydalanishga taqdim qilishdir. Bunday hujjatlar qatorida elektron hujjatlarni ham yoddan chiqarmaslik kerak. Elektron axborot almashish jarayonida yaratilgan hujjatlarni saqlash muayyan qoidalarni bajarishni talab qiladi. Arxiv yozuvlarini yuritishda, shaxsiy ma’lumotlarni saqlashga maxfiy ma’lumotlarni oshkor qilmaslikka arxivshunos mutaxassislar javobgar hisoblanadi.
Arxivlar oldida turgan asosiy vazifalarni aniqlashda arxiv tashkilotlari va boshqa muassasalar bilan o‘zaro aloqadorlikni amalga oshirishni tashkil qilish tizimi eng muhim jihat hisoblanadi.
Arxivshunosning asosiy vazifalari nimalardan iborat?
Doimiy faoliyat yurituvchi arxiv tashkilotlarida arxiv ishi sohasida nazariy bilimlar va amaliy ko‘nikmalarga ega bo‘lgan mutaxassislar xizmat ko‘rsatish sohasiga javobgar hisoblanadi. Ular hujjatlarni butlash jarayonlariga, hujjatlarning saqlanishiga, hujjatlarni turlarga ajratish va tizimlashtirishga, hujjatlarni saqlash ishlarini belgilangan qoidalar asosida tashkillashtirish, hujjatlarni maxfiylashtirishga ham javob beradilar.
Arxivchi arxivdagi bosh mutaxassis sifatida me’yoriy-huquqiy hujjatlar bilan ishlash qoidalarini mukammal bilishi va ularni uzluksiz o‘rganib borib amalda qo‘llay olishi lozim.
Arxiv ishidagi asosiy mezon, bu arxiv hujjatlarini boshqarish samaradorligini oshirish va ularni turlarga va tizimlarga ajratib foydalanish hisoblanadi. Bu sohada professional arxivshunoslarni xizmatlari katta bo‘lib, ular turli xildagi va mazmundagi arxiv hujjatlari bilan ishlaganda eng samarali usullarni biladilar. Shuni nazarda tutgan holda, ularga nisbatan arxiv fondlari hujjatlarini turlari va tizimlari mezonlarini aniq bilish, arxiv ma’lumotlarini turlari va tizimlarini qisqa va aniq chizmalarini yaratish talablari qo‘yiladi. Shuningdek, ular arxivga kelib tushayotgan hujjatlarni hisobga olishga doir ishlarni muntazam amalga oshirib turishlari lozim.
Arxiv hujjatlaridan samarali foydalanishni tashkil qilishda o‘quv zallari katta ahamiyat kasb etadi. Zamonaviy arxivlarda kompyuter texnikalari, nusxa olish apparatlari, kino-foto hujjatlar bilan ishlash uchun qurilmalar mavjudligi eng asosiy talablardan biri hisoblanadi.
Arxiv hujjatlarini doimiy saqlanishi nafaqat hozirda, balki kelgusi avlod uchun ham muhim ahamiyatga ega. Uzoq vaqt saqlangan har qanday hujjat o‘zini sifatini yo‘qotadi. Shuning uchun arxiv hujjatlarini restavratsiya qilish arxivlarning birinchi darajali majburiyatlaridan hisoblanadi. Bu ishlar ko‘p miqdordagi moddiy harajatlar va kasbiy bilim hamda mahoratni talab qiladi. Hujjatlar qat’iy talablar asosida saqlanishi lozim.
Qator xorijiy adabiyotlarda arxiv ishi nazariyasi fanining maqsadi – arxivshunoslarni arxivlar tarixi, arxivlar faoliyatini tashkil qilish, arxiv hujjatlarini yig‘ish asoslarini, arxiv materiallarini saqlash va ulardan foydalanishga o‘rgatishdan iborat. Fanning vazifalaridan biri – talabalarni arxiv ishi sohasida chuqur nazariy bilimlarini egallashi, talabalarni xuquqiy normativ hujjatlarni to‘g‘ri tahlil qilishni va ulardan arxiv ishi amaliyotida samarali foydalanishga, arxiv hujjatlari va arxivda ish yuritish, arxiv etikasi qoidalarini o‘rgatish hisoblanadi.



Download 1.84 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   76




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling