Arxiv ishi nazariyasi va amaliyoti
Download 1.84 Mb.
|
qo\'llanma ARXIV ISHI NAZARIYASI 20.02.2019
- Bu sahifa navigatsiya:
- 9-MAVZU INDEKSLASH. KATALOG KARTOCHKALARINI INDEKSLASH INDEKSLASHNING YAGONA SHAKLLARI Reja
- 3. Katalog kartochkalarini indekslash va uning o‘ziga xos tamoyillari. 4. Arxiv tashkilotlarida indekslarni yagona tizimga solish. Kalit so‘zlar
- 1. Arxiv hujjatlari bilan ishlashda indekslarning ahamiyati
Savol va topshiriqlar
1. Arxeografiya nima? 2. Arxiv materiallaridan foydalanish turlari haqida gapirib bering. 3. Hozirgi kunda arxiv hujjatlarini mazmuni to‘g‘risida ma’lumot berishni qanday shakllari bor? 4. Arxiv ma’lumotnomasi nima? Uni berish muddati qancha? 5. Arxiv nusxasi nima? Uni tayyorlangan qoidalarini aytib bering. 6. Arxivdagi ma’lumotlar asosida ma’lumotlar nashr qilishni qanday qoidalari mavjud? 7. Arxiv hujjatlari bilan ishlashga ruxsat olish jarayonini ta’riflab bering. 8. Arxiv materiallarini maxfiylashtirish muddatlari to‘g‘risida so‘zlab bering. 9. Arxiv hujjatlaridan ommaviy axborot vositalarida foydalanishni qanday formalarini bilasiz? 10. Arxiv idoralari tomonidan fuqarolar va tashkilotlarning so‘rovnomalariga beriladigan javob turlarini sanab bering va ularni har birini ta’riflang. 9-MAVZU INDEKSLASH. KATALOG KARTOCHKALARINI INDEKSLASH INDEKSLASHNING YAGONA SHAKLLARI Reja: 1. Arxiv hujjatlari bilan ishlashda indekslarning ahamiyati. 2. Indeks turlari va ularni tuzish qoidalari. 3. Katalog kartochkalarini indekslash va uning o‘ziga xos tamoyillari. 4. Arxiv tashkilotlarida indekslarni yagona tizimga solish. Kalit so‘zlar: arxivlarda indeks, indekslash, katalog kartochkalari, indekslar tizimi, indeks turlari, oddiy, murakkab, asosiy, indekslarning tuzilishi, yagonalashtirish, indekslar tizimi. 1. Arxiv hujjatlari bilan ishlashda indekslarning ahamiyati Katalog kartochkalarini indekslash jarayoni arxiv hujjatlarini kataloglashtirishni ajralmas qismi hisoblanadi. Kataloglar arxivlar ishida ilmiy-ma’lumotnoma apparati hujjatlarining asosiy turidan biri hisoblanadi. Indekslar arxiv ma’lumotlarini konfedensialligini saqlashda va arxivda izlanayotgan materialni tez topishga xizmat qiladi. Arxiv mutaxassislaridan indeks turlari va ularni tuzilishini mukammal bilish talab qilinadi. Katalog kartochkalarini indekslash kataloglar sxemasini tuzishda zarur bo‘ladi. Arxivshunos arxiv tashkilotlaridagi yagona indekslar tizimini bilishi kerak. Bu esa katalog kartochkalarini to‘g‘ri tuzish ularni indekslash va shifrlash uchun zarur bo‘ladi. Ma’lumotlar kataloglar tizimida bo‘lim sohalari va jamiyatni amaliy faoliyati bo‘yicha mantiqiy ketma-ketlikda joylashtiriladi. Unga predmetli, geografik va nomli ko‘rsatkichlar tuzilishi mumkin. Mavzuli katalogda ma’lumotlar mavzular bo‘yicha mavzu osti, rubrika osti shaklida guruhlarga ajratilgan. Mavzuli katalog arxivda mustaqil holda bo‘lishini, ma’lumotlarni belgilariga ko‘ra ajratishni ta’minlaydi. Tashkilot tarixi bo‘yicha katalogda ma’lumotlar tarmoqlar, tashkilotlar, tashkilot turlari (bank, zavod, boshqaruB bo‘yicha alfavit tartibida turlarga ajratiladi. Ma’muriy-hududiy bo‘linishi tarixi bo‘yicha ma’lumotlar predmet tushunchalarini alfaviti bo‘yicha (geografik nomlar) turlarga bo‘linadi. So‘ngra mantiqiy ketma-ketlikda tizimlashtirish amalga oshiriladi. Agar hujjatlarni ular yaratilgan vaqtga ko‘ra ta’riflanadigan bo‘lsa, u holda xronologik katalog tuziladi. Xronologik (davriy) katalog qadimiy qo‘l yozmalar saqlanadigan arxivlarda tuziladi. Bunday katalogda qo‘lyozmalarni tayyorlash ularni yaratilish vaqti yoki ularda aks etgan voqealar vaqtiga qarab amalga oshiriladi. Agar arxiv o‘z hujjatlarini tashkilot, voqealar, shaxs, geografik nomga tegishliligini aniqlamoqchi bo‘lsa, u holda predmetli katalog tuziladi. Nomli katalogda hujjatlarda keltirilgan yoki ularning muallifi hisoblangan shaxslarning familiyasi alfavit bo‘yicha turlarga ajratiladi. Geografik katalogda ma’lumotlar geografik va topografik ob’ektlarni alfavit bo‘yicha ajratiladi (mamlakat, respublika, viloyat, daryo, ko‘l nomlari) turlarga ajratishni asosi sifatida ma’muriy-hududiy bo‘linish ham bo‘lishi mumkin. Katalog nomi uning bo‘linishi asosida nima turishi bilan belgilanadi. Agar katalogning bo‘linish asosida muayyan bir mavzu tanlangan bo‘lsa, unda ushbu katalog mavzuli, predmet tanlangan bo‘lsa – predmetli, agar inson faoliyati yoki inson bilimlari sohasi turgan bo‘lsa – katalog tizimli bo‘ladi. Arxivlarda kataloglar tizimini to‘ldirish manbai – bu arxiv fondlarida saqlanayotgan hujjatlar hisoblanadi. Davlat arxivlarida turli fondlar uchun kataloglar tuzishda yagona tasniflash tizimi (YATT) qo‘llaniladi. Katalog kartochkalariga umumiy qabul qilingan harfli va raqamli belgilar qo‘yiladi. Davlat arxivlaridagi tizimlashtirilgan kataloglardagi ma’lumotlarni yagona tasniflash tizimi bo‘yicha qo‘yidagi tasnifi ishlab chiqilgan: Download 1.84 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling