Arxiv ishi nazariyasi va amaliyoti


Indeks turlari va ularni tuzish qoidalari


Download 1.84 Mb.
bet47/76
Sana03.12.2023
Hajmi1.84 Mb.
#1800283
1   ...   43   44   45   46   47   48   49   50   ...   76
Bog'liq
qo\'llanma ARXIV ISHI NAZARIYASI 20.02.2019

2. Indeks turlari va ularni tuzish qoidalari
Katalog kartochkalaridagi ma’lumotlarni saralash va ta’riflashdan so‘ng indekslash bosqichi amalga oshiriladi.
Indekslash – bu tanlash yoki sxema asosida indekslar tuzish va ularni katalog kartochkalariga qo‘yib chiqish.
Indeksni belgilash – hujjatlardagi ma’lumotlarni mazmunini uzatish, bo‘linish o‘rinlarini klassifikatsion sxemada mustahkamlash va bo‘linmalar o‘rtasidagi aloqadorlikni tasvirlash.
Indekslar tizimi – bu indekslarni muayyan usulda tuzilishi, boshqacha ta’riflanganda tabiiy tildan sun’iy tilga o‘tkazish, harflar, simvol, qoidalar tiliga o‘girish.
Indekslar tizimi bir necha ko‘rinishda bo‘ladi:
- harfli;
- raqamli;
- aralash.
Raqamli indekslar o‘z navbatida:
- raqamlanadigan;
- o‘ntalik;
- seriyalilarga bo‘linadi.
Indekslarni raqamlash tizimi – bu 0 dan cheksizlikkacha bo‘lgan raqamlar qatori bo‘lib, u sxemadagi bir bosqich bo‘linmada qo‘llanadi. Indekslarni seriyali tizimida sxemadagi bo‘linish uchun muayyan raqamlar ajratiladi: 0 dan 99 gacha, 100 dan 999 gacha.
U ko‘proq hollarda qo‘llaniladi, sababi u bo‘linmalarning yangi bosqichlarini kiritishga imkon beradi. Bu turlarning asosiy kamchiligi – sxema tuzilishini to‘la aks ettirmasligidadir.
YATTda indekslarni seriyali belgilash uchun tarqatish belgisi (/) dan foydalaniladi; mazkur belgi bo‘limlarni belgilashda B/3, I/K, shuningdek bo‘lim, qism, qismchalarda xuquqiy tushunchalarni detallashtiradi.
Masalan: X9.85/89 bo‘limchasi, “Pedagogik fan” kelgusida u shundan detallashadi:
X 9.86 “Umumiy pedagogika va didaktika”
X 9.87 “Maktab pedagogikasi”
X 9.88 “Maktabdan tashqari”
X 9.89 “Defektologiya”
Indekslarning o‘nlik tizimi tushunchalar uchun bir qator bo‘linmalarni ajratishga imkon beradi. 0 dan 9 gacha.
Birinchi raqam bo‘linma darajasini (sinf, qism, mavzu), ikkinchi raqam bo‘linmalarning navbatdagi bosqichini ko‘rsatadi.
YATTda indekslarni o‘ntalik tizimi faqat bir holatda – harfdan so‘ng raqam kiritilgada foydalaniladi.
Masalan: R bo‘limchasi bo‘limlari uchun R0, R1, R2, R9 indekslari mavjud.
Indekslar tizimini tanlashda qo‘yidagi talablarni hisobga olish kerak:
- tizim qo‘llashga qulay bo‘lishi, aloqadorlikni yaxshi aks ettirishi, engil esda qolishi kerak;
-indekslar qisqa bo’lishi lozim;
-indekslar asosiy klassifikatsion tushunchalardan predmetlarni yaqinlik yoki uzoqlik darajasiini; y’ani tadrijiylbkni o’zida aks ettirishi kerak.
Indekslarni qisqa bo‘lishi, qisqa belgilarda ko‘proq ma’lumot bera olishi; bu talablarning barchasi YATTni ishlab chiqishda e’tiborga olinadi.

Download 1.84 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   43   44   45   46   47   48   49   50   ...   76




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling