Arxiv ishi nazariyasi va amaliyoti


-MAVZU ARXIVLARNI ZAMONAVIY TEXNOLOGIK VOSITALAR BILAN TA’MINLASH. RAQAMLI ARXIVLAR


Download 1.84 Mb.
bet50/76
Sana03.12.2023
Hajmi1.84 Mb.
#1800283
1   ...   46   47   48   49   50   51   52   53   ...   76
Bog'liq
qo\'llanma ARXIV ISHI NAZARIYASI 20.02.2019

10-MAVZU
ARXIVLARNI ZAMONAVIY TEXNOLOGIK VOSITALAR BILAN TA’MINLASH. RAQAMLI ARXIVLAR


Reja:
1. Arxiv ishini axborotlashtirish.
2. Elektron hujjat almashinuv tizimi.
3. Raqamli arxivlar va ularni saqlash.


Kalit so‘zlar: arxiv texnikasi, elektron arxiv, elektron hujjat, axborotlash, ko‘rsatma, axborotlashtirish bosqichlari, davr, arxiv axboroti, elektron resurslar, texnologiyalar.


1. Arxiv ishini axborotlashtirish
Zamonaviy sharoitlarda arxivlarda saqlanayotgan ma’lumotlarni elektron shaklga o‘girish mumkin. Muammoni bu tarzda hal qilish arxivshunoslar ishini engillashtiradi, vaqtni tejaydi, hujjatlarning asl nusxalarini yaxshi saqlanishiga yordam beradi va arxiv tashkilotlarida tezkor ish faoliyatini tashkil qilishni ta’minlaydi.
Shuni e’tiborga olgan holda, arxivshunos-talabalar arxiv ishini axborotlashtirish asoslari to‘g‘risidagi bilimlarini, elektron arxivlar va hujjatlarni va O‘zbekistonda arxiv ishini avtomatlashtirishni huquqiy bazasini bilishlari talab qilinadi.
Arxiv ishini axborotlashtirish – arxiv hujjatlariga ishlov berishning takomillashtirish jarayoni bo‘lib, unda arxiv ishiga informatikaning nazariy va amaliy ishlanmalari joriy qilinadi hamda arxivlar zamonaviy texnik vositalari va dasturlari bilan ta’minlanadi.
Arxiv ishini axborotlashtirish bosqichlari.
Arxiv ishini mexanizatsiyalash va avtomatlashtirish tarixini bir necha bosqichlariga ajratish mumkin:
1. XIX oxiri – 1950 yillargacha.
2. 1950 yillar – 1970 yillar birinchi yarmi.
3. 1970 yillar ikkichi yarmi – 1980 yillar birinchi yarmigacha.
4. 1980 yillar ikkinchi yarmi – 2000 yillar.
Arxiv ishini axborotlashtirishni ob’ekt va maqsadlari.
Axborotlashtirish ob’ekti deganda zamonaviy texnologiyalarni joriy qilinishi natijasida arxiv ishini yo‘naltirish va vazifalarni rivojlantirib borishi tushuniladi. Hozirgi kunda davlat va tashkilot arxivlarini ishini axborotlash ob’ektlariga qo‘yidagilar kiradi:
- arxivni butlash va hujjatlarni qiymatini ekspertizasi;
- axborotni izlab topishni engillashtirish maqsadida arxivni barcha hujjatlari bo‘yicha axborot-izlash ma’lumotnomalarini yaratish va kiritish (jildlar nomenklaturasi, ro‘yxat, katalog, ko‘rsatkichlar).
- mashinada o‘qiladigan axborot tashuvchilarni hujjatlarini butlash, saqlash va izlash;
- arxiv hujjatlarini qayd qilish va hujjatlarni saqlanishini nazorat qilish;
- sug‘urta va hujjatlardan foydalanish fondini tashkil qilish;
- axborot-ma’lumotnoma ishlari, tashkilotlardan kelayotgan so‘rovnomalarni bajarilishini nazorat qilish;
- ish yuritish va avtomatlashtirilgan ish yuritish tizimini tadbiq qilish (davlat arxivlarigA;
- butlash manbalariga avtomatlashgan ish yuritish tizimni va elektron hujjat almashish tizimini tadbiq qilishni nazorat qilish (davlat arxivi uchun).
Arxiv ishini axborotlashtirish maqsadlari qo‘yidagilar hisoblanadi:
- arxivshunos ishini engillashtirish;
- arxivdagi ma’lumotlarni hisobini aniqlash va tezkorligini oshirish tashkilotni hujjatlar almashinuvini yig‘ma ma’lumotlarini olish va tahlil qilish;
- hujjatlarni ishlatish samaradorligi va intensivligi tahlili;
- ish samaradorligini oshirish, so‘rovnomalarni bajarishda hujjatlarni izlash tezligi va aniqligini ta’minlash;
- hujjatlarni sozlanishini ta’minlash – arxiv hujjatlarini raqamlash yo‘li bilan sug‘urta va foydalanish fondlarini noan’anaviy axborot tashuvchilarda tashkil qilish.
Axborot texnologiyalari va ularni arxivlar ishiga tadbiq qilishni tashkil qilish.
Arxiv ishida asosan ma’lumotlar bazasi texnologiyasi va axborot texnologiyalari qo‘llaniladi (raqamli hujjatlar, tarmoqli texnologiyalar).
Arxivda tashkil qilinadigan barcha bazalar shartli ravishda qayd qilish va axborot-qidiruv turlariga bo‘linadi.
Bu ikki toifa tuzilishi, yaratish usuli, qo‘llaniladigan dasturiy ta’minotga ko‘ra bir-biridan farq qiladi.
Ma’lumotlarni qayd qilish bazasi arxivdagi hujjatlarning qayd qilinishi, foydalanishni qayd etishni, hujjatlarni saqlanishni nazorat qilish uchun xizmat qiladi.
Axborot hajmi tarkibi – ish yuritishni maxsus elektron tizimi (xizmat xati, xat va fuqarolar murojaati, bajarishni nazorat va hokazolar), hujjatlar masalan, ma’muriy hujjatlar, xizmat xati, me’yoriy-huquqiy va boshqa hujjatlar, hujjatlarni yakka va guruhiy tayyorlash tizimi, korporativ xizmatlar (elektron jo‘natma, ma’lumotnoma, bank va ma’lumot bazalariga operativ kirish).
Tizimlar o‘rtasida ma’lumotlar almashish.
Tizimning vazifalari: hujjatlar harakatini hisobga olish va nazorat qilish, ro‘yxatga olishni yagona prinsiplarini tadbiq qilish, ish yuritishni yagona texnologiyasini olib borish, hujjatlarni jildga kiritish va ro‘yxatlarini tayyorlash, elektron hujjatlarni etalon banklarini yaratish, tizimni barcha tashkilotlariga hujjatlarni jo‘natish.
Elektron hujjat almashishning ushbu tizimini o‘ziga xos tomoni – unda butun tizim osti yagona axborot tizimi, yagona dasturiy ta’minotda yuqori darajadagi standartlash va ma’lumotlarni unifikatsiyalash bilan amalga oshiriladi.
Arxiv ishini axborotlash konsepsiyasiga ko‘ra davlat arxivlarida arxivlarni tarmoqlar bo‘yicha yagona shakldagi (unifikatsiyalangan) dasturiy ta’minotni birlashgan axborot tizimlarini yaratish maqsadga muvofiq. Bu tizim ko‘p bosqichli va ko‘p funksiyali bo‘lib, arxiv hujjatlarini ro‘yxatga olish, arxiv hujjatlarini avtomatlashgan hisobini yuritish va izlashni, hujjatlarni saqlanishini nazorat qilishni, butlash manbalarini ro‘yxatini yuritishni, arxiv hujjatlaridan foydalanishni qayd qilishni o‘z ichiga oladi.

Download 1.84 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   46   47   48   49   50   51   52   53   ...   76




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling