Arxiv ishi nazariyasi va amaliyoti


Arxiv tashkilotlarida indekslarni yagona tizimga solish


Download 1.84 Mb.
bet49/76
Sana03.12.2023
Hajmi1.84 Mb.
#1800283
1   ...   45   46   47   48   49   50   51   52   ...   76
Bog'liq
qo\'llanma ARXIV ISHI NAZARIYASI 20.02.2019

4. Arxiv tashkilotlarida indekslarni yagona tizimga solish
Arxiv tashkilotlarida indekslar tizimini yagona tizimga solish – unifikatsiyalash.
Irlandiyada arxivlarni indekslash bo‘yicha qo‘llanma ishlab chiqilgan .
Indekslashtirishning irlandcha prinsiplari mahsulotlar, oila, yuridik shaxs, joy va predmetlar uchun indeks terminlari yaratishni qamrab oladi. Ular barcha arxivlar uchun qo‘llanilib, u dasturiy ta’minot paketlari bilan ishlovchi barcha arxiviaruslarga yordam berish uchun mo‘ljallangan.
Boshqaruv prinsiplari Irlandiyada arxiv indekslashni standartlashtirishga xizmat qiladi. Irlandiya arxivlarida onlayn portalini ishga tushirilish bilan indekslarini standartlash muhim ahamiyat kasb etib bormoqda.
Indeks – bu arxiv kolleksiyalarini mazmuni bo‘yicha foydalanuvchiga umumiy ko‘rsatma beruvchi avtamalar ko‘rsatkichidir. Qo‘shimcha nomlar, agar hsjjatlar ko‘p ma’lumot saqlasa, kiritilishi kerak. Kalit terminlar har tomonlama kompleks darajada tanlanishi va fondlardagi asosiy mavzularni aks ettirishi kerak.
Indeks shartlarini qanday shakllantirish mumkin?
Atamalar indeksini shakllantirishda asosan shuni esda tutish lozimki, ularni bir xil identifikatsiya (odam, oila, joy, predmet yoki hodisA qilish kerak.
Bu turdagi atamani tashkil qilish uchun “majburiy” tushunchasi ishlatiladi. Indeksga qo‘shimchalar qo‘shish zaruriyati tug‘ilganda, indeks belgilari bilan bir xil bo‘lgan qo‘shimcha elementlar beriladi.


Savol va topshiriqlar
1. Arxiv hujjatlari bilan ishlashda indekslarni ahamiyati. Indekslar turlari va ularni tuzish qoidalari.
2. Katalog kartochkalarini indekslash va uni o‘ziga xos tomonlari.
3. Arxiv tashkilotlarida indekslar tizimini unifikatsiyalash.
4. Arxiv ishida indekslarni qo‘llash.
5. Uchta asosiy indekslar sistemasini aytib bering va ularni o‘ziga xosligini ko‘rsating.
6. “Indeks” va “indekslash” atamalarini izohlang.
7. YATT nima, uning bilan ishlash qanday qoidalari mavjud?
8. Raqamli indekslar qanday ko‘rinishlarga bo‘linadi?
9. O‘ntalik shaklda indekslash namunasini tuzing.
10. Raqamlash shaklida indeks tuzing.



Download 1.84 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   45   46   47   48   49   50   51   52   ...   76




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling