Arxiv ishi nazariyasi va amaliyoti


Raqamli arxivlar va ularni saqlash


Download 1.84 Mb.
bet52/76
Sana03.12.2023
Hajmi1.84 Mb.
#1800283
1   ...   48   49   50   51   52   53   54   55   ...   76
Bog'liq
qo\'llanma ARXIV ISHI NAZARIYASI 20.02.2019

3. Raqamli arxivlar va ularni saqlash
Arxiv hujjatlarini raqamlash, bu – qog‘oz, pergament, fotosurat, kino, ovoz, videolentadagi yozuvlarni raqamli nusxalarini yaratishdir (elektron shaklga solish).
Ko‘plab arxivlar asl nusxasi himoya qilish, arxiv fondlaridan ko‘proq foydalanuvchilar foydalanishlari maqsadida arxiv fondlari hujjatlarini raqamli shaklga o‘tkazadilar.
Bir qator vaziyatlarda arxivlar tijorat sohasidagi hamkorlari bilan o‘z kolleksiyalarini raqamli shaklga o‘tkazish uchun ish olib boradilar.
Arxivlardagi ilmiy ma’lumotlar ham hujjatlarni raqamli shaklga o‘tkazishning muhim jihatlaridan biri bo‘lib, bunday materialni raqamli shaklga o‘tkazishdan avval mualliflik huquqining saqlanishi va muallifning roziligiga ishonch hosil qilishnii kerak. Agar mualliflik huquqi yana kimgadir tegishli bo‘lsa, u holda mualliflik huquqini rasmiylashtirishni tashkil qilishga to‘g‘ri keladi.
Raqamli arxivlar va ularni saqlash.
Hujjatlarning ko‘p turlari va axborotlar hozirgi kunda raqamli shaklda yaratilmoqda. Elektron pochta xabarnomasi, elektron jadvallar, fotosuratlar, video va vebsaytlar qayta ishlanmoqda. Raqamli hujjatlar faol saqlanishi bilan bir qatorda, undan foydalanish uchun imkoniyat bo‘lishi va kelgusida saqlanishi lozim. Ma’lumotlarni raqamli shaklda bittalab saqlash bu masalani echimi hisoblanmaydi, saqlash bo‘yicha muntazam ishlarni bajarish, hujjatlarni vaqt o‘tishi bilan to‘la saqlanishini garovi hisoblanadi.
Raqamli arxivlar tizimidan raqamli hujjatlar va ma’lumotlarni saqlash va ulardan foydalanishda qo‘llaniladi. Ular katta xajmdagi ma’lumotlarni saqlovchi serverlarda joylashgan bo‘lishi, ommaviy axborot vositalarida ishlatiladigan tizimlar, kompakt disklar, DVD disklarga joylashtirilishi mumkin. Hujjatlarni raqamli shaklda saqlash ancha murakkab ish bo‘lib, u xodimlardan bir qator texnik bilimlarni talab etadi.
Arxiv tarmoqlari.
Tashkilotlar tarmoqlarini internetga ulanishi arxivshunoslar bilan ular o‘rtasidagi aloqalarni kuchaytiradi.
Masalan, Britaniya Milliy Arxiv tarmoqlariga ulanish va u tarmoqdan foydalanish yo‘llarini ko‘rib chiqamiz. Arxivlarning milliy reestri Britaniya tarixi manbalari bo‘yicha arxiv materiallarini eng to‘la ma’lumotlari bilan ta’minlaydi. Bu Britaniya jamiyatining serqirra taerixi to‘g‘risida ma’lumot almashishni markazi hisoblanadi. U 44000 ro‘yxat va katalogga onlayn kirish imkoniyatini beradi. Archon katalogi arxivlar milliy reestriga Britaniya tarixiga oid qo‘lyozmalar va tarixiy yozuvlarni taqdim qiladi. Internet resurslari bilan bir qatorda Britaniya arxiv kolleksiyalariga tezkor kirishni ta’minlaydigan boshqa tarmoqlar ham mavjud. Ular: Niv arxivlari, Uels arxivlari, AIM 25 tarmog‘i 100 dan ortiq o‘quv muassasalari ilmiy jamiyatlar, madaniy tashkilotlar va Londondagi kompaniyalarni arxivlaridan foydalanishga yordam beradi. Niv arxivi butun Britaniya bo‘yicha 200 dan ortiq arxiv saqlovxonalarida saqlanayotgan kolleksiyalarga kirishni ta’minlaydi.



Download 1.84 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   48   49   50   51   52   53   54   55   ...   76




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling