Arxiv ishi nazariyasi va amaliyoti


Download 1.84 Mb.
bet21/76
Sana03.12.2023
Hajmi1.84 Mb.
#1800283
1   ...   17   18   19   20   21   22   23   24   ...   76
Bog'liq
qo\'llanma ARXIV ISHI NAZARIYASI 20.02.2019

3. Milliy Arxiv fondidagi davlat arxivlari fondi va hujjatlari tushunchasi. Milliy Arxiv fondidagi nodavlat arxiv fondlari va hujjatlari tushunchasi. Shaxsiy fondlar hujjatlari
Yuqoridagilardan ma’lum bo‘ladiki, arxivlarni turlarga ajratish hujjatlarni zamonaviy tashkil qilish asosida amalga oshirilgan bo‘lib, unda Milliy Arxiv fondi davlat va nodavlat qismlarga ajratiladi.
Milliy Arxiv fondining Davlat arxiv fondlari (jamg‘armalari) va hujjatlari quyidagilarni o‘z ichiga oladi:
- davlat tashkilotlari, muassasa, korxonalari va davlat institutlari, diniy tashkilotlar;
- davlat hokimiyati organlari, o‘zini-o‘zi boshqarish organlari, prokuratura, davlat tashkiloti, korxona, muassasalari;
- nizom jamg‘armasini ko‘p qismi davlat ulushini tashkil qiluvchi korxona, tashkilot, muassasalar;
- boshqa jamoat tashkilot va birlashmalari;
- qonuniy asosda davlat mulkiga kiritilgan yuridik va jismoniy shaxslar, shu jumladan chet ellardan, asl nusxa xuquqidagi arxiv hujjatlari nusxalari va boshqa qonuniy asoslar sifatida davlat mulkiga kiritilgan hujjatlar.
Arxiv fondining nodavlat qismi arxiv jamg‘armalari va hujjatlari nodavlat arxiv fondlari (jamg‘armalari)ni tashkil qiladi:
- kasaba uyushmalari, xayriya va boshqa fondlar, siyosiy partiyalar va harakatlar, diniy birlashmalar va tashkilotlar;
- sanoat korxonalari, qishloq xo‘jaligi, iqtisodiy boshqa tarmoqlari, fan, madaniyat, ijtimoiy soha, ommaviy axborot vositalari, nodavlat birlashmalari (korporatsiya, assotsiatsiya, xissadorlik jamiyatlari).
- jismoniy shaxslar (shaxsiy hujjatlar, oilaviy arxivlar, hujjatlar kolleksiyasi).
Arxiv fondi hujjatlarini Davlat va nodavlat qismlari uchun turlicha saqlash muddatlari qo‘llanilishi mumkin. Ular doimiy, vaqtinchalik va depozitar bo‘ladi.
Doimiy saqlash – arxiv tashkilotlarida, davalat muzeyida, kutubxona yoki nodavlat arxiv tashkilotida hujjatlarni muddatsiz saqlanishi.
Vaqtinchalik saqlash – Arxiv fondi hujjatlarini “O‘zarxiv” Agentligiga doimiy saqlash uchun topshirguncha saqlash bo‘lib, u davlat hokimiyati organlari va davlat tashkilotlarini boshqarmalari va tashkilotlar hamda davlat tarmoq fondlari tomonidan amalga oshiriladi. Viloyat, tuman, shahar arxivlarining filiallari hujjatlarni “O‘zarxiv” Agentligi tashkilotlarida vaqtinchalik saqlashi, davlat muzeylari va kutubxonalar hujjatlarni O‘zbekiston Respublikasi Milliy Arxiv fondini nodavlat qismida mulk egasi bilan shartnoma asosida vaqtinchalik saqlashi mumkin. Odatda hujjatlarni vaqtinchalik saqlash tashkilotlarni manfaatlari uchun, ularni ish faoliyatini ma’lumot bilan ta’minlab turish uchun xizmat qiladi. Hujjatlarni doimiy saqlanishga topshirish muddati qat’iy chegaralangan. Davlat mulkida saqlash – bu xususiy egalikdagi, jamoat tashkilotlari tasarrufida, korporatsiya, xissadorlik jamiyatlari egaligidagi hujjatlarni “O‘zarxiv” Agentligi tashkiloti tasarrufiga qonuniy yo‘l bilan topshirishdir.
Hujjatlarni depozitar saqlash – arxiv fondi hujjatlarini tarmoqdagi arxiv fondlarida belgilangan muddat va sharoitda hujjat egasi bilan kelishilgan shartnoma asosida saqlash. Depozit muddati tugagach hujjatlarni doimiy saqlash uchun topshirish shart bo‘lmay, u saqlovchini xohishiga bog‘liq. Depozit bo‘yicha xizmatni qoidaga ko‘ra davlat arxivlari tomonidan pullik asosda amalga oshiriladi.
Tarmoq fondlari qaerdan paydo bo‘ladi, degan savol tug‘iladi. Tarmoq fondlari tashkilotlardagi arxivlar bo‘lib, ularda hujjatlarni davlat qismiga tegishli bo‘lgan qismi saqlanadi. Bunda hujjatlarni saqlash muddati va sharoiti tashkilot va davlat arxivi o‘rtasidagi tuzilgan shartnoma asosida belgilanadi.
“Depozitu” so‘zi ingliz tilidan olingan bo‘lib, “saqlashga berilgan buyum” ma’nosini anglatadi. U ma’muriy tashkilotga saqlashga berilgan va belgilangan muddat va sharoitda belgilangan shaxsga qaytarilishi lozim bo‘lgan moddiy qiymat (hujjat) hisoblanadi.
Tashkilotning arxiv fondi yoki idoraviy arxiv fondi (jamg‘armasi) deb bitta tashkilot faoliyati natijasida hosil bo‘lgan hujjatlardan tuzilgan arxiv fondiga aytiladi.
Birlashgan arxiv fondi (jamg‘armasi) deb ikkita jamg‘arma tashkil qiluvchi yuridik shaxslar faoliyati (korxona, tashkilot, harbiy qism, aloxida shaxC natijasida hosil bo‘lgan, o‘zaro tarixiy aloqalari (maqsadi, buysunishi, ob’ekt birligi, faoliyat davri, bir yerda joylashishi va x.k.) bo‘lgan, shaxslar esa mantiqiy va mavzu jixatdan bir turdagi hujjatlar turiga aloqador bo‘lgan arxiv fondlariga aytiladi.
Tashkilot yoki shaxsning arxiv fondi (jamg‘armasi) deb biror bir fond tashkil qiluvchining faoliyati natijasda hosil bo‘lgan hujjatlar yig‘indisiga aytiladi.
Fond (jamg‘armA tashkilotchisi, yoki fond tashkilotchisi deb faoliyati natijasida arxiv fondi hosil bo‘lgan tashkilot yoki shaxsga aytiladi. Shaxsni hujjatlari fondi shaxsiy arxiv deb ataladi.
Arxiv fondi (jamg‘armasi) – bir-biri bilan tarixiy va mantiqiy bog‘langan arxiv hujjatlari yig‘indisidir.
Kelib chiqishi shaxsga tegishli bo‘lgan arxiv fondi deb xayot davomida alohida shaxs, oilaning faoliyati natijasida hosil bo‘lgan hujjatlardan tashkil topgan arxiv fondiga aytiladi.

Download 1.84 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   17   18   19   20   21   22   23   24   ...   76




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling