Arxiv ishi nazariyasi va amaliyoti


Download 1.84 Mb.
bet29/76
Sana03.12.2023
Hajmi1.84 Mb.
#1800283
1   ...   25   26   27   28   29   30   31   32   ...   76
Bog'liq
qo\'llanma ARXIV ISHI NAZARIYASI 20.02.2019

Fond varag‘i – fondning barcha qayta nomlanishlari va arxiv fondidagi raqami, miqdori, davriy chegaralari va fonddagi hujjatlar tarkibi, ro’yxatlar to‘g‘risidagi ma’lumotlarni o‘z ichiga oladi. Bu topshirilayotgan va chiqayotgan hujjatlarni ro’yxatga olish asosida amalga oshiriladi.
Fond (jamg‘armA varag‘i uchta asosiy bo‘limdan iborat:
- fond tashkil qiluvchini qayta nomlanishi to‘g‘risidagi ma’lumot;
- fond joylashgan joy va uning raqami haqida ma’lumot;
- fond hujjatlarining harakati (hujjatlarni kirishi va chiqishi) to‘g‘risida ma’lumot.
Fond yig‘majildi – arxiv fondi tarixini aks ettiruvchi hujjatlar majmuyi.
Fond (jamg‘armA yig‘majildida fond tashkil qiluvchi to‘g‘risida tarixiy ma’lumotnoma, fond hujjatlarini tizimlashtirish sxemasi, fondni ishlab chiqish bo‘yicha ishchi yo‘riqnoma, hujjatlarni qabul qilish to‘g‘risida dalolatnoma, yo‘q qilishga ajratilgan hujjatlar to‘g‘risida dalolatnoma, hujjatlarning holati va sonini tekshirish dalolatnomasi, qayta tiklashning imkoni bo‘lmagan hujjatlar to‘g‘risida dalolatnoma, yo‘l ko‘rsatuvchi uchun tuzilgan fondlar tavsifi nusxasi, fond materiallaridan foydalanganlik uchun ma’lumotnoma va boshqalar.
Shunday qilib, fond yig‘majildidan qo‘yidagi ma’lumotlarni olish mumkin:
- tashkilotni tashkil qilish sanasi;
- uning qaysi tashkilotga bo‘ysunishi, funksiyalari;
- qayta tashkil qilinishi;
- materiallarni saqlash sharoiti;
- materiallar bilan ishlashning ilmiy-texnika shakllari.
Har bir fond yig‘majildiga fond raqami va uning nomi beriladi. Fond jildlari ularning tartib raqami bo‘yicha saqlanadi.
Davlat arxivi va tashkilot arxivlarida markazlashgan hisob yuritishning asosiy hujjati tashkilot arxivining pasporti hisoblanib, u arxiv tashkilotida hujjatlar tarkibini qandayligidan qat’iy nazar tuziladi. Unga hujjatlarni saqlash sharoiti, saqlovdagi hujjatlar soni va tashkilot arxivlarining yilning 1 dekabriga qadar mutaxassislar bilan ta’minlanganlik haqidagi ma’lumotlar kiritiladi.
Davlat arxivlarining pasporti yilning yanvar oyida tuziladi; qo‘yidagi bo‘limlardan tashkil topadi:
- Arxiv materiallari
- Nusxalarning sug‘urta fondi
- Ilmiy-ma’lumotnoma apparati
- Hujjatni saqlanish sharoiti.
Fond kartochkasi O‘zarxiv markaziy fond katalogini tashkil qilishda asos bo‘lib xizmat qiladi. U yig‘ma ma’lumotnomalarni o‘z ichiga olib, Davlat va Fanlar Akademiyasi arxivlarida tuziladi. Idoraviy va tarmoq arxivlarida fond kartochkasi tuzilmaydi.
Fond tarkibi va hajmining o‘zgarish to‘g‘risidagi ma’lumotlar davlat arxivlarida har yilni 1 yanvarida tayyorlanadi. Ular yil davomida har bir fondga topshirilgan va fonddan chiqib ketgan hujjatlar to‘g‘risidagi axborotni aks etib, arxiv sub’ektlari, Markaziy arxiv fondi kataloglari fond kartochkasiga o‘zgartirish kiritish uchun mo‘ljallangan. Buning uchun ular O‘zbekiston Respublikasi arxiv boshqaruvini hududiy sub’ektlari va “O‘zarxiv” Agentligiga jo‘natiladi.
Hujjatlar hisobini yuritish shakli.
Arxivda hujjatlardan foydalanish natijalari tahlili birlamchi hisob yuritish natijalarining aniqligiga bog‘liq bo‘ladi. Arxiv ishi bo‘yicha hujjatlarni hisobga olish yagona tizimi muayyan shaklga ega bo‘lib, qo‘yidagilarga bo‘linadi:
- birlamchi qayd qilish hujjatlari;
- umumlashtiruvchi hisobga olish hujjatlari;
- yakuniy qaydlov hujjatlari.
Ushbu shakllarda qayd qilish ishlarini yuritish davlat va tashkilot arxivlari uchun majburiy hisoblanadi.
Hujjatlardan foydalanishni qayd qilish boshlang‘ich shakli bo‘lim yoki o‘quv zali xodimlari yoki tadqiqotchi tomonidan to‘ldiriladi.
Fuqarolar va tashkilotlarni so‘rovnomalarini bajarish jarayonida foydalanish bo‘limi xodimlari tomonidan kartoteka yoki so‘rovnomalarni ro‘yxatga olish jurnali yuritiladi. Jismoniy va yuridik shaxslar uchun ijtimoiy-huquqiy masalalarda qabulxona orqali qabul qilingan arizalar uchun alohida kartoteka yuritilishi mumkin. Kartotekada arizachining familiyasi, ismi, sharifi (tashkilot nomi, yuridik shaxs bo‘lsA hujjat sanasi va qayd qilish raqami, so‘rov turi (mavzu, shaxsiy, ijtimoiy-huquqiy va x.k) qaysd qilinadi.
Mavzu, bajaruvchi, nazorat sanasi, javob mazmuni, arizachiga javob jo‘natilgan sana, javob uchun foydalanilgan fondlar nomeri, javobga ilova va boshqa ma’lumotlar ko‘rsatiladi.

Download 1.84 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   25   26   27   28   29   30   31   32   ...   76




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling