Arxiv ishi nazariyasi va amaliyoti
Download 1.84 Mb.
|
qo\'llanma ARXIV ISHI NAZARIYASI 20.02.2019
Tashkilotni tugatishda arxivga topshiriladigan hujjatlar ro‘yxati.
1. Ta’sis hujjatlari (qayd qilinganlik to‘g‘risida guvohnoma yoki tashkil qilinishi to‘g‘risida hujjatlar, nizom yoki qoida, tugatish to‘g‘risidagi hujjat, bo‘yruqlar, tashkil qilinganlik haqida ko‘rsatma, qayta nomlanish, tugatish to‘g‘risida hujjatlar). 2. Qabul qilingan to‘g‘risida bo‘yruqlar, qarorlar, ishdan bo‘shaganlik, boshqa ishga o‘tkazilganlik, mansab maoshini belgilash, ta’tillar (agar korxonada zararli ish turi bo‘lsA. 3. Mexnat shartnomasi, shartnoma, kelishuv. 4. T-2 shaklidagi shaxsiy varaqa (vaqtinchalik ishchilar uchun ham). 5. Ishdan bo‘shatilganlarning shaxsiy jildi (ariza, tarjimai hol, bo‘yruq nusxasi, shaxsiy hujjatlar nusxasi, tavsifnoma, kadrlar hisobi varaqasi va x.klar). 6. Ish xaqi to‘g‘risida vedomostlar (shaxsiy hisob raqami bo‘lmasa – ish haqi vedomosti, yordam puli berilganligi haqida hujjat, mukofot, moddiy yordam va boshqa to‘lovlar). 7. Hisoblangan ish xaqi va ushlanmalar turi, kodlari rasshifrovkasi. 8. Talab qilinmagan shaxsiy hujjatlar (mehnat daftarchasi, diplom). 9. Baxtsiz xodisalar to‘g‘risida dalolatnoma. 10. Shtat jadvali. 11. Mehnat daftarchasini harakat hisobi, shaxsiy tarkib ro‘yxati, alfavit kitobi, ish stajini tasdiqlovchi boshqa hujjatlar, mexnatga xaq to‘lash, ma’lumot olganlik, mulkiy va imtiyozli xuquqlar, mansabdagi o‘zgarish va fuqarolarni ijtimoiy-xuquqiy holati. 12. Zararli kasbda ishlovchilarni tabel va naryadlari. 13. Imtiyozli nafaqani aniqlovchi zararli kasblar ro‘yxati, imkoni boricha texnologik jarayonlarni ifodalangan holda (agar tashkilotda shunday jarayonlar bo‘lsA. Shu bilan birga arxivga qo‘yidagi hujjatlar topshiriladi: 1. Uch nusxada shaxsiy tarkibni jildi ro’yxati va unga elektron nusxasi. 2. Bir nusxada tarixiy ma’lumotnoma va uni elektron nusxasi. Arxivga doimiy saqlashga topshiriladigan namunaviy boshqaruv hujjatlari ro’yxati. 1. Me’yoriy-xuquqiy aktlar: viloyat, tuman, shahar ma’muriyatlarining qarori, bo‘yrug‘i va ko‘rsatmalari. 2. Ta’sis hujjatlari: nizom, tashkil qilish hujjati. 3. Buyuruvchi hujjatlar: asosiy faoliyat to‘g‘risida ko‘rsatma va bo‘yruq. 4. Kollegial organlarni qarori: kollegiya protokollari, kengash, komissiya qarorlari. 5. Tashkilotni asosiy faoliyati to‘g‘risidagi yillik hisobot. 6. Yillik moliyaviy hisobot. 7. Shtat jadvali. 8. Harajat va daromad smetasi. 9. Tahliliy hisobot. 10. Jamoa shartnomasi va tashkilot faoliyatini belgilaydigan va tashkiliy faoliyatini tashkil qiladigan namunaviy boshqaruv hujjatlarida ko‘rsatilgan boshqa hujjatlar. Arxivda doimiy saqlanishi kerak bo‘lgan hujjatlar ro’yxati. 1. Fotohujjatlar: fotosuratlar, fotosuratli albomlar, negativlar, fotosurat nusxalari, slaydlar, diafilmlar. 2. Fotohujjatlar: ovoz yozilgan plyonkalar, magnit plyonkalari, vikil disklar, audiokassetalar, CD-disklar. 3. Videohujjatlar: ovoz va tasvir tushirilgan kinoplyonkalar, videoplyonkalar, DVD-disklar, MR 3 va MPEG 4 disklar. Arxivda doimiy saqlanadigan shaxsiy hujjatlar. 1. Biografik harakterdagi shaxsiy hujjatlar: tarjimai hol, esdaliklar, mexnat faoliyati to‘g‘risidagi hujjatlar nusxasi. 2. Jamoatchilik faoliyati hujjatlari. 3. Ijodiy faoliyatga doir hujjatlar. 4. Fond tashkil qiluvchining o‘z ishlari to‘g‘risidagi hujjatlari. 5. Yozishmalar, xat, otkritkalar. 6. Tasviriy hujjatlar. 7. Fotoalbomlar va fotosuratlar. 8. Foto-video yozuvlar. 9. Oila a’zolari va qarindoshlar to‘g‘risidagi hujjatlar. 10. Kolleksiyalar. Shaxsiy tarkib bo‘yicha arxiviga topshiriladigan hujjatlar. 1. Ishga qabul qilish, ishdan bo‘shatish, boshqa ishga o‘tkazish, ish xaqi tayinlash, shartnoma, kontrakt va mexnat shartnomalari. 2. T-2 shaklidagi shaxsiy varaqa (vaqtinchalik ishchilar uchun ham). 3. Ishdan bo‘shaganlarni shaxsiy jildi (ariza, tarjimai hol, ulardan ko‘chirmalar nusxasi, shaxsiy hujjatlar nusxasi, tavsifnoma, kadrlarni hisobga olish varaqasi, anketalar). 4. Ish haqi hisoblanganlik to‘g‘risida hisob varag‘i (hisob varag‘i bo‘lmagan hollarda ish haqi to‘laganlik to‘g‘risida vedomost, yordam puli, mukofot, moddiy yordam va boshqa to‘lovlar). 5. Talab qilinmagan shaxsiy hujjatlar (mehnat daftarchasi, diplom) 6. Baxtsiz tasodiflar to‘g‘risida dalolatnomalar. 7. Shtat jadvali. 8. Mehnat daftarchalarini harajatini hisobga olish jurnali, shaxsiy tarkib ro‘yxati, alfavit kitobi. 9. Zararli kasb egalarini tabel va naryadlari. 10. Zararli ishda mashg‘ul bo‘lgan xodimlar ro‘yxati. 11. Imtiyozli pensiya ta’minotini aniqlovchi zararli kasb ro‘yxati, imkoniyati boricha texnologik jarayonni ko‘rsatgan holda. Download 1.84 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling