Arxiv ishi nazariyasi va amaliyoti


Download 1.84 Mb.
bet33/76
Sana03.12.2023
Hajmi1.84 Mb.
#1800283
1   ...   29   30   31   32   33   34   35   36   ...   76
Bog'liq
qo\'llanma ARXIV ISHI NAZARIYASI 20.02.2019

1. Yuridik va moliyaviy talablar.
Qonunchilik hujjatlarini yo‘q qilish jarayonida hujjatlarning yuridik qiymati asosiy omil hisoblanadi.
Birlamchi qonunchilik (parlament tomonidan qabul qilingan) va ikkilamchi qonunchilik (qonunosti hujjatlari) asosida qabul qilingan me’yoriy hujjatlar qaerda, qanday holatda saqlanishi qonunda belgilanadi.
Huddi shu shaklda milliy arxiv davlat nomidan ish ko‘rib dastlabki shartnoma va kontraktlarni saqlashi mumkin. Hujjatlarning saqlanish muddatini aniqlashda ularni talab qilinishi muddati muhim ahamiyatga ega. Hhujjatlar, ularning amal qilish muddati chegarasi tugamaguncha, tashkilotni dalil sifatida himoya qilishi kerak.
Talab qilinish muddati turli vaziyatlarda turlicha bo‘ladi.
Qo‘yidagi misollarni ko‘rib chiqamiz:
- fuqarolik da’vosini berish vaqtidagi ma’lum cheklanish jinoiy ish ochishdagi vaqtidagi cheklanishdan farq qilishi mumkin. Har bir alohida holatda turli harakatlar uchun turlicha vaqt chegaralari bo‘lishi mumkin. Shu bois jinoyat sodir etilgan vaqtdagi yuridik hujjat saqlanishi muhimdir;
- bir qator jinoyatlar uchun vaqt cheklovi jinoyat amalga oshirilgan sanadan emas, balki jinoyat birinchi marta aniqlangan kundan boshlanishi mumkin;
- turli davrlarda ayrim huquqbuzarlarga turlicha yoshdagilarga nisbatan ko‘riladigan choralar farq qilishi kuzatiladi. Masalan, ayrim harakatlarda balog‘at yoshiga etmagan shaxslarga nisbatan qo‘riladigan jazo choralari kattalarga nisbatan ko‘riladigan jazo turlaridan farq qiladi, bu holat turli davrlarda turlicha muddat yoki choralar ko‘rinishida bo‘lishi mumkin. Bunday vaziyatlarda o‘tgan vaqtdagi yuridik hujjatlarning ahamiyati muhim hisoblanadi.
2. Moliyaviy qoidalar va talablar yo‘q qilish siyosatiga ta’sir qilishi mumkin.
Moliyaviy va qonunchilik qiymati tushunchalari quyidagilarni o‘z ichiga oladi:
- moliyaviy holat (masalan, audit uchun hisobni olib borish);
- davlat xizmati (hukumat qog‘ozlari);
- xizmatni umumtashkiliy me’yorlari, qoidalari (masalan ayrim kasb hujjatlari).
- xalqaro-huquqiy majburiyatlar (shartnoma huquqi);
- yordam ko‘rsatish bo‘yicha xalqaro tashkilotlar talablari.
3. Hujjatlarni kengash tomonidan baholash va arxivlar bo‘yicha taqsimlash fuqarolar va kengashni kelgusidagi talablarini qondirish uchun hal qiluvchi rol o‘ynaydi.
Arxivchi-mutaxassis hujjatlarni baholash ishi bir qator baholash mulohazalari va omillarini o‘z ichiga olishini yodda tutishi lozim.
Hujjatlarni baholash va ularni yo‘q qilish bo‘yicha qarorlar uchun javobgarlik Arxiv ekspertizasi zimmasida bo‘ladi. Hujjatlarni arxiv qiymatini aniqlash, ularni saqlab qolishga Kengashlar o‘z faoliyati yo‘nalishida tavsiyanoma beradilar. Bu esa arxivchiga hujjatlar to‘g‘risida yakuniy qaror qabul qilishida katta yordam beradi.
Hujjatlarni baholash jarayonida saqlash uchun sarflanadigan harajatlar va uzoq muddatli sarf-harajatlar hisobga olinadi. Saqlash uchun asosli dalillar jamlanadi. Barcha hujjatlarni saqlab qolishning iloji yo‘q, albatta. Buni e’tiborga olish zarur. Komissiya tomonidan mazkur holat doimo e’tirof qilib boriladi. Hatto elektronlashtirish sharoitida ham barcha hujjatlarni saqlash, ularga texnik xizmat ko‘rsatish, ulardan foydalanishga imkoniyat yaratish ishlari amalga oshirib bo‘lmaydigan vazifa hisoblanadi. Saqlash uchun juda ko‘p miqdordagi hujjatlar Kengash tomonidan tanlab olinsada, faqatgina ma’lum miqdorini saqlab olish imkoni bo‘ladi.
4. Fuqaro huquqlarini hujjatlashtirish.
Ko‘pgina hujjatlar yuridik maqomni isboti sifatida saqlab turilib, alohida shaxslarni, guruh tashkilot, davlat organlarini huquq va majburiyatlarini ifodalaydi, himoya qiladi. Biroq vaqt o‘tishi mobaynida ularning faol ta’sir etish muddati tugaydi. Shunga qaramay, bu hujjatlar muhimligi saqlanib qoladi. Bunday turdagi hujjatlar arxivlarda doimiy saqlanadi.
Baholash maqsadlari.
Arxiv hujjatlari jamiyatni himoyasi va farovonligini (shu jumladan insonni himoyalash va madaniy yodgorliklarni himoyalash) yoki hukumat, boshqaruv, rahbariyati mavjudligini ta’minlovchi dalil sifatida zarur, shuningdek, ular fuqarolarning huquqlarini himoyalash, ularni farovonligi, hozirgi va kelajak avlodni manfaatlari uchun xizmat qiladi.
Ular noyob va to‘ldirib bo‘lmaydigan ma’lumotlarni saqlaydi. SHu bois hujjatlar qimmatdorligini aniqlashda arxiv manbalarining turlari, mazmuni, davri, tegishliligi, ahamiyati e’tiborga olinadi. Ularda aksariyat hollarda quyidagi turdagi ma’lumotlar aks etadi:
- boshqaruv organlari, kengashlar to‘g‘risida hisobotlar;
- shaxs, jamoa, tabiiy va texnogen muhit, shahar va hududlar rejalari;
- hisobotlar;
- mavzuli hujjatlar;
- kasallik tarixi;
- mashhur kishilarning shaxsiy fondlari;
- rahbar xodimlarning shaxsiy fondlari;
- boshqaruv organlarini ma’muriy yig‘ilish bayonnomalari;
- muhim voqeliklar to‘g‘risidagi hisobotlar;
- yirik infratuzilmani rejalashtirish loyihalari;
- tuman iqtisodiy resurslari loyihalari;
- yirik tarixiy voqealar to‘g‘risidagi dalillar;
- madaniy meros va uning ahamiyati haqidagi yozuvlar;
- jamiyat rivojiga katta hissa qo‘shgan tashkilot va alohida shaxslar faoliyatiga doir ma’lumotlar;
- ijtimoiy muhim hujjatlar, masalan nikohni qayd qilish, tug‘ilishni qayd qilish haqida va h.k.;
- ma’muriy hisobotlar va boshqalar.
Hujjatlarning muhimligi darajasi arxiv hujjatlarini qancha vaqt mobaynida saqlash va ularning ahamiyati jihatidan qanday maqsadlarda saqlash joizligini belgilab beradi. Arxiv ma’lumotlari o‘zining manbaviy jihatidan bebaho meros hisoblanadi va shu tariqa ularning qimmatliligini aniqlashdan asosiy maqsad – hujjatlarning kishilik jamiyatiga xizmat qilishi, xalq taraqqiyotini davom ettirishi uchun ko‘plab bilimlarni o‘zida saqlashi, davlatlar ravnaqi va jahonda tinchlik muhitini yaratishi jihatlarini e’tirof etishi, avlodlar uchun avaylab etkazib berishdan iboratdir.



Download 1.84 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   29   30   31   32   33   34   35   36   ...   76




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling