Arxiv ishi nazariyasi va amaliyoti
Download 1.84 Mb.
|
qo\'llanma ARXIV ISHI NAZARIYASI 20.02.2019
- Bu sahifa navigatsiya:
- 7-MAVZU O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI MILLIY ARXIV FONDI HUJJATLARIGA ILMIY MA’LUMOTNOMA APPARATINI TUZISH TARTIBI ATAMALAR VA ARXIV HUJJATLARI TO‘G‘RISIDA TUSHUNCHA
- IMA tizimini takomillashtirish masalalari va ularni samarali hal qilish yo‘llari. 2. Kataloglar va ularning turlari, kataloglarni tuzish tartibi.
- Kalit so‘zlar
Savol va topshiriqlar
1. Arxiv hujjatlarini butlash nima? 2. Arxiv hujjatlarini butlash mezonlarini sanab bering. 3. Butlash ro’yxatlari bo‘yicha nimani bilasiz? 4. Arxiv mabalarini klassifikatsiyasini o‘ziga xos tomonlarini ko‘rsating. 5. Arxiv materiallarini sistemalashtirish nima? U qanday amalga oshiriladi? 6. Arxiv hujjatlarini fondlash nima? 7. Arxiv fondini tashkil qiluvchisi nimani anglatadi? Kim arxiv fondi tashkil qiluvchi bo‘lishi mumkin? 8. Hujjatlarni tartibga solish va ularni izlab topish usullari qanday? 9. Hisobot hujjati va u bilan ishlash tartibini aytib bering. 10. Hisobot hujjatini yuritish zaruriyati nimada? 7-MAVZU O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI MILLIY ARXIV FONDI HUJJATLARIGA ILMIY MA’LUMOTNOMA APPARATINI TUZISH TARTIBI ATAMALAR VA ARXIV HUJJATLARI TO‘G‘RISIDA TUSHUNCHA Reja: 1. O‘zbekiston Respublikasi Milliy Arxiv fondi hujjatlariga ilmiy ma’lumotnoma apparatini (IMA tuzish tamoyillari. IMA tizimini takomillashtirish masalalari va ularni samarali hal qilish yo‘llari. 2. Kataloglar va ularning turlari, kataloglarni tuzish tartibi. 3. Yo‘l ko‘rsatuvchilar, ro’yxat, ma’lumotnoma va ko‘rsatkichlarni tuzish. Sharhlar (ro’yxatlar) va ularning IMA faoliyatini tashkil qilishdagi o‘rni. 4. IMA qo‘shimcha ma’lumotnomalari. Kalit so‘zlar: arxiv, arxiv ilmiy ma’lumotnoma apparati, arxivlarda ish yuritish, tadqiqot usullari, ishlash uslubi, arxiv roli, IMAning muammolari, katalog, kataloglashtirish, yo‘l ko‘rsatkich, ro’yxat, ma’lumotnoma, sharh. 1. O‘zbekiston Respublikasi Milliy Arxiv fondi hujjatlariga ilmiy ma’lumotnoma apparatini tuzish tamoyillari. IMA tizimini takomillashtirish masalalari va uning samarali hal qilish yo‘llari Arxiv hujjatlariga ilmiy ma’lumotnoma apparati tizimi bu – bir-biri bilan bog‘langan va bir-birini to‘ldiruvchi, arxiv hujjatlarini mazmuni va tarkibi to‘g‘risidagi arxiv ma’lumotnomalari bo‘lib, ular arxiv hujjatlarini izlash va ulardan samarali foydalanish uchun yagona usulda tuziladi. Hujjatdagi ma’lumotlarni tasvirlangan barcha arxiv ma’lumotlari asosiy va qo‘shimcha turlarga bo‘linadi. Asosiy ma’lumotnomalar barcha davlat arxivlarida yuritiladi. Unga arxiv ro’yxatlari, kataloglari, hujjatlar sharhi va boshqa arxiv ma’lumotnomalari kiradi. Qo‘shimcha ma’lumotnomalar arxiv hujjatlarini o‘ziga xosligini hisobga olgan holda va tarixiy holda yig‘iladi (doim saqlanishiga topshirilgan ish yuritish kartotekalari, hujjatlar kartotekasi va ro’yxat hamda boshqalar kiradi). Ilmiy-ma’lumotnoma apparati (IMA tizimining tuzilishi. IMA tuzilishi jihatidan vertikal va gorizontal bosqichda tuziladi. Tizimni gorizontal bosqichi ma’lumotlarni funksional farqiga asoslangan. O‘z vazifalari bo‘yicha IMA tizimi ma’lumotnomalari qo‘yidagilarga bo‘linadi. - hujjatlarni qayd qilish bo‘yicha ma’lumotnomalar; - hujjatlar mazmunini ochib beruvchi ma’lumotnomalar (axborot izlash tizimlari). Tizimni vertikal bosqichi ma’lumotnomalarni turining ketma-ketlikka asoslangan bo‘lib, ular qo‘yidagilardan iborat: umumiy arxiv fondga tuziladigan ma’lumotnomalar; arxivlar tarmoqlariga tuziladigan ma’lumotnomalar; arxivga tuziladigan ma’lumotnomlar. O‘z navbatida, arxivga tuziladigan ma’lumotnomalar (ya’ni uchinchi turi) quyidagilardan iborat: 1) Fondga tuzilgan ma’lumotnoma Alohida hujjatga tuzilgan ma’lumotnoma Yo‘l ko‘rsatkich yoki qisqacha ma’lumotnoma Arxivga topshirilayotgan hujjatlarni ro’yxatga olish kitobi Fondlar ro’yxati Fondlar varaqlari Ro’yxatlar Katologlar Mavzuli sharhlar O‘z navbatida, fondga tuziladigan ma’lumotnomalar (ya’ni ushbu ro‘yxatda birinchisi) quyidagilardan tashkil topgan: 1) Fond varog‘i 2) Ro’yxat 3) Fond sharhi, kataloglar, ko‘rsatkichlar. Alohida yig‘majild yoki alohida hujjatga tuziladigan ma’lumotnomalar (ya’ni ushbu ro‘yxatda ikkinchisi) quyidagilardir: 1) Mavzuli yo‘l ko‘rsatkichlar 2) Kataloglar, yo‘riqnomalar 3) Fondlar uchun sharhlar va mavzuli sharhlar, yig‘majildning ichki ro’yxati, annotatsiya, tasdiqlovchi yozuv. Amaliyotda barcha ma’lumotnomalar tasnifga ko‘ra turlarga ajratiladi: 1) arxivlararo ma’lumotnomalar (arxiv fondi va uning qismlari), 2) ichki arxiv bo‘yicha va 3) fondlararo ma’lumotnomalar (jamg‘armaga yoki uning qismlari darajasidA deb nomlanadi. Fondga tuziladigan ma’lumotnomalarga, ya’ni uchinchi turiga (fond yoki uning qismlari darajasidA qisqacha ta’rif berib o‘tiamiz. Arxiv tashkilotlari va davlat arxivlarida hujjatlarni ro’yxatga olish (sharhlash). Ro’yxatga olish ish yuritishda hujjatlarni muqovasida ish yuritish yilining boshida amalga oshiriladi. U kelgusida shakllanadigan yig‘majildlarga kiritiladigan hujjatlar ro’yxatidan iborat. Arxiv tashkilotlari va davlat arxivlarida ro’yxatga olish ishlari idoraviy arxivlardan topshirilgan hujjatlar qoniqarsiz ro‘yxatga olinganda yoki umuman ro’yxatga olinmaganda amalga oshiriladi. Ko‘p miqdordagi ro’yxatga olish o‘tkazilgan hollarda arxivlarda ro’yxatga olish kartochkalari tuziladi, bu esa o‘z navbatida arxiv fondi ichida hujjatlarni turlarga ajratishni engillashtiriladi. Jildlar ustida va kartochkalarda yig‘majildlar va arxiv hujjatlarining yagonalishtirilgan va ketma-ketlikdagi axborot tavsifi ko‘rsatiladi. Yig‘majildar va hujjatlarning axborot tavsifi. Har bir yig‘majild va hujjatning axborot tavsifi qo‘yidagilardan tashkil topadi: - yuqori tashkilot ko‘rsatilgan holda tashkilot nomi; - nomenklatura bo‘yicha yig‘majild indeksi; - yig‘majild sarlavhasi; - annotatsiya; - yig‘majild hujjatlari so‘nggi sanasi; - varaqlar soni; - arxiv shifri. - tashkilot nomi ayni vaqtda uning fondining ham nomi hisoblanadi. Tashkilot nomi ko‘rsatilib, undan yuqori bo‘lgan (ya’ni u bo‘ysunadigan) tashkilot nomi ham ko‘rsatiladi. Hujjatlarning annotatsiyasi bu – hujjatlarni qisqa tavsifi bo‘lib, uning mazmunini va o‘ziga xos tomonlarini ta’rifi sanaladi. Hujjatning chegara sanalari uni yuritilish va ish yuritishdan to‘xtatish sanasi bilan belgilanadi. Hujjatlarning chegara sanalari sifatida – kiruvchi hujjatlar uchun kiruvchi ro’yxatga olish sanasi, chiquvchi va ichki hujjatlar uchun esa hujjatlarni tuzish sanasi hisoblanadi. Arxiv shifri – bu jildni saqlanadigan joyning shartli belgisi hisoblanib, unda fond raqami, ro’yxat raqami va yig‘majildning ro’yxat bo‘yicha raqami ko‘rsatiladi (fond № + ro‘yxat № + yig‘majild №). Sarlavha – qisqa va aniq, badiiy jihatdan to‘g‘ri tuzilgan bo‘lishi kerak. Sarlavhani hujjatlar matnidan to‘g‘ridan-to‘g‘ri ko‘chirmaslik yoki uni tarixiy tushunchalarni zamonaviy atamalar bilan almashtirmaslik kerak. Sarlavhalar uch turda bo‘ladi – oddiy, umumlashtirilgan va murakkab shaklda. Arxiv ro’yxati (sharhi – “opis”) – yig‘majildni mazmunini va tarkibini ochib beruvchi va uni fond ichida tizimlashtirishdagi tartibini ko‘rsatuvchi hamda yig‘majildni qayd qilish uchun mo‘ljallangan arxiv ma’lumotnomasi hisoblanadi. Arxiv ro’yxati uchta asosiy vazifani bajaradi: axborot beruvchi (hujjatlarni tarkibi va mazmunini ochib beradi), qayd qiluvchi (yig‘majildlarni hisobini ta’minlaydi), tizimlashtiruvchi (fond ichidagi yig‘majildlarni tizimlashtiradi). Arxiv ro’yxati ikki qismdan iborat: 1) sharhning o‘zi va 2) ro‘yxat uchun ma’lumotnoma apparati (sharhlovchi qism). Qoidaga ko‘ra, arxiv ro’yxatlari tashkilotlarning o‘zidayoq tuziladi. Ammo davlat arxivlarida ro‘yxatlar ilmiy ma’lumotnoma apparatini takomillashtirilgan tarzda tuziladi. 1) Odatda Arxiv ro‘yxatining sharh qismi beshta bo‘limdan – grafadan (jadvalda bular ustunlar shaklida keladi) iborat bo‘ladi. 1-grafa – tartib raqami – ro’yxatni hisob yuritish funksiyasini aks ettirib, fonddagi hujjatlarning joylashishi tartibini (tartib raqami) va ro’yxatga kiritilgan saqlanuvchi hujjatlar sonini bildiradi. 2-grafa – ish yurituvchii raqam – bu yig‘majild uchun ish yuritishda berilgan raqam. 3-grafa – jild sarlavhasi – har bir yig‘majildning hujjatlari tartibi va mazmunini ochib bergan holda ro’yxatni ma’lumot funksiyasini aks ettiradi. Sarlavhada davlat arxivi ro’yxatida qabul qilingan qisqartirishlardan boshqa qisqartirishlar bo‘lmasligi kerak. Tashkilot, korxona nomlari (avtorlar, korrespondentlar) to‘laligicha, qavs ichida qisqartirishda beriladi. Ro’yxatni bu grafasida yangi qatordan asosiy sarlavhadan keyin hujjatni annotatsiyasi kiritiladi. 4-grafa – chegara sanalar – yig‘majildning boshlangan va tugatilgan sanasini bildiradi. Qoidaga ko‘ra yozuvdan so‘ng oy va yil ko‘rsatiladi. 5-grafa – varaqlar soni – saqlanayotgan yig‘majildning hajmini bildiradi. Odatda varaqlarda o‘ng yuqori burchakka raqam qo‘yiladi va bu varaqning tartib raqpmi hisoblanadi. 2) Ro’yxatga ma’lumotnoma apparatini (sharhlovchi qismni) tuzish. U ikkita vazifani bajaradi: 1) ro’yxatni o‘zidagi ma’lumotlarni izlashni tezlashtiradi, 2) fond to‘g‘risida qo‘shimcha ma’lumot beradi. Ro’yxatga ma’lumotnoma apparati (sharhlovchi qism) tarkibi quyidagilarni o‘z ichiga oladi: - titul varaq; - sarlavha; - so‘z boshi (fond haqida tarixiy ma’lumotlar); - qisqartirishlar ro’yxati; - ko‘rsatkichlar. Download 1.84 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling