Arxiv ishi nazariyasi va amaliyoti
Arxiv hujjatlari bilan tanishish. Tanishishni cheklanishi Arxiv hujjatlari bilan tanishishni ta’minlash
Download 1.84 Mb.
|
qo\'llanma ARXIV ISHI NAZARIYASI 20.02.2019
4. Arxiv hujjatlari bilan tanishish. Tanishishni cheklanishi Arxiv hujjatlari bilan tanishishni ta’minlash
Milliy Arxiv fondi hujjatlaridan foydalanishga ruxsat berish. Arxiv fondi hujjatlaridan foydalanishni tartibga solish. Arxivlarni xalqaro ittifoqi “Arxivlardan foydalanish bo‘yicha Evropa siyosati standartlari bo‘yicha yo‘riqnoma” loyihasini tayyorladi. Ushbu hujjatdan ko‘chirmada shunday deyiladi: “Davlat Arxivlariga kirish fuqarolar huquqining bir qismi hisoblanadi, keng ma’noda demokratik qadriyatlarni hurmat qiladigan fuqarolar, shuningdek chet elliklar, universitet tadqiqotchilari va oddiy foydalanuvchilarga bir xil huquq berilishi kerak. Qonun ular o‘rtasida hech qanday farqlarni bo‘linishga yo‘l qo‘ymasligi kerak”. Arxiv hujjatlardan foydalanishga erkin kirish. Arxivdagi hujjatlardan to‘laqonli foydalanish faqat arxivlarni ochiqligi, fuqarolarni arxiv hujjatlari va ilmiy-ma’lumotnoma apparatidan erkin foydalana olishidadir. Agar fondlar saqlovxonalarda, maxsus saqlash joylarida yopiq bo‘lsa, arxiv manbalarini izlash, yaratish, arxiv ma’lumotnomalarini takomillashtirish ma’nosiz ishga aylanadi, hujjatlar tadqiqotchilar tomonidan talab qilinmaydi. Ko‘plab tadqiqot loyihalari “o‘ta maxfiy” grifi bilan to‘qnashib yo‘q bo‘lib ketgan. Hozirda ham ma’lumotlarga kirish huquqi muhim muammo bo‘lib, bu muammoni hal qilmasdan Arxiv ishi rahbariy organlari tarixiy fanlar mutaxassislari va jamoatchilik bilan hamkorlikni olib borishining ilojiy bo‘lmaydi. Axborot olishni tartibga solishni huquqiy boshqarishda demokratik jamiyat me’yorlariga amal qilish zarur, bunda arxivlarning mavjud bo‘lishi uchun zaruriy sharoitlar yaratilishi nazarda tutiladi. Jinoyat kodeksida hujjatlardan foydalanishga asosiz cheklash qo‘yish va asossiz tarzda maxfiy arxivlar tuzish uchun jazo choralari belgilangan. Davlat arxivlari siyosati arxiv hujjatlari foydalanuvchilari bilan bevosita ochiq munosabatda bo‘lish, hujjatlarni butlash, ularni ekspertizasi, ularni saqlash, ilmiy-ma’lumotnoma apparatini yaratish, arxiv hujjatlaridan samarali foydalanishga qaratilgan. Aksariyat xorijiy davlatlar arxiv qonunchiligida arxivlarning ommaviylgi ta’kidlangan. Mazkur jihat mamlakatamiz arxivlari uchun ham milliy qonunchiligimizda belgilangan. O‘zbekiston Respublikasi “Arxivlar to‘g‘risidagi qonuni”da arxivlarni ommaviyligi, ularni ixtiyoriy jismoniy va yuridik shaxs uchun ochiqligi e’lon qilingan. Bu esa jinsi, kasbi, ma’lumoti, diniy e’tiqodi, partiyaviyligi, qarashlari va fuqaroligidan qat’iy nazar jismoniy va yuridik shaxslarni arxiv materiallaridan erkin foydalanish imkoniyatini, arxivdagi ilmiy-ma’lumotnoma apparatidan foydalana olish imkoniyati, arxivdagi turlicha hujjatlardan foydalanish va tadqiqot natijalari e’lon qilinganda hujjatlar foydalangan arxiv haqida ma’lumot berish, hozirgi kunda ommavy arxivlar qatoriga O‘zbekiston Respublikasining barcha arxivlarini kiritish mumkin. Bu arxivlar “O‘zarxiv” Agentligini vaqti-vaqti bilan to‘ldirilib turiladigan ko‘rsatma va yo‘riqnomalari va yagona qoidalari asosida ish yuritiladi. Arxivlarda ma’lumot olishni cheklangan turi sifatida Mudofaa Vazirligi arxivini ko‘rsatish mumkin. Har qanday fuqaro bunday arxivlardan foydalanishga ruxsat olishi mumkin. Ammo ularda foydalanuvchilarni ish maqsadi, professionalik darajasida cheklovlar mavjud. Bunday arxivlarda ma’lumotlardan foydalanish uchun o‘zini qoidalari bo‘lib, ularda ma’lumotnoma materiallari xizmat doirasida bo‘ladi. Arxivlarni yopiq tiplari vazirlik va uni tizimidagi tashkilotlarga tegishli bo‘ladi. Bunday arxivlarni hujjatlari ular ommaviy, ommaviy-cheklangan arxivlarga topshirilgandan so‘ng tadqiqotchilar tomonidan o‘rganishga imkoniyat tug‘iladi. Arxiv hujjatlaridan foydalanishni cheklanishi. Arxiv fondlariga kirish qonunchilik hujjatlarida belgilangan bo‘lib, davlat siri to‘g‘risida qonun talablarini buzgan mansabdor shaxslar va fuqarolar jinoiy, ma’muriy va intizomiy javobgarlikka tortiladilar. Davlat siri – bu davlat tomonidan himoya qilinadigan harbiy, tashqi siyosat, razvedka, kontrazvedka, operativ qidiruv ma’lumotlar bo‘lib, ularni tarqatish davlat xavfsizligiga zarar etkazadi. Bunday hujjatlarni maxfiylashtirish muddati hujjat yaratilgan vaqtdan 30 yil hisoblanadi. Bu muddat ayrim hollarda qisqatirilishi yoki uzaytirilishi mumkin. Har qanday holatda arxiv hujjatlarni berishdan bosh tortganda, buning uchun jiddiy sababni ko‘rsatishi kerak. Arxivshunos foydalanuvchiga qisman maxfiy va maxfiy ma’lumotlardan foydalanishga ruxsat olish tartibini tushuntirishi zarur. Foydalanuvchining so‘rovnomasiga arxiv tomonidan noqonuniy rad javobi berilganda, foydalanuvchi sudga murojaat qilishi mumkin. Shu bilan birga arxivlar foydalanuvchi maxfiy materiallardan foydalanganda undan davlat sirini oshkora qilmaslik to‘g‘risida ogohlantirishi va bu haqida tilxat olishi kerak. Maxfiy hujjatlar bilan tanishish maxsus o‘quv zalida, maxfiy hujjatlar bilan ishlashga ruxsat berilgan arxiv xodimi nazorati ostida amalga oshiriladi. Qo‘yida foydalanishi cheklangan hujjatlar toifasi bilan tanishamiz: Agar hujjat boshqaruvchi organlarini arxivida saqlanayotgan bo‘lsa hujjatdan foydalanishga, tashkilot qoidalari bilan “O‘zarxiv” Agentligi bilan kelishilgan holda ruxsat beriladi. Konfedensial ma’lumotlardan foydalanishga cheklov. Bunday ma’lumotlar fuqaroni shaxsiy hayotiga bog‘liq bo‘lgan, tergov va sud sirini saqlovchi ma’lumotlar. Xizmatga doir ma’lumotlar. Kasbga doir ma’lumotlar (vrachlik, notarial, advokatlik siri, yozishma siri, telefon so‘zlashuvi, pochta jo‘natmalari va xokazolar). Tijorat faoliyatiga tegishli sirlar. Kashfiyotchilik siri. Maxfiy ma’lumotlar yana quyidagilarni o‘z ichiga oladi: Fuqaroning shaxsiy hayoti, sog‘ligini holati, oilaviy munosabatlari, mol-mulki va hokazolar. Bunday hujjatlarni maxfiylashtirish muddati 75 yil belgilangan. Bu hujjatlardan oldinroq muddatda foydalanish uchun hujjat egasini to‘g‘ridan-to‘g‘ri merosxo‘rlaridan ruxsat olish mumkin. Agar bu hujjatlarda bir-necha shaxslar to‘g‘risida ma’lumotlar keltirilgan bo‘lsa, u holda bu shaxslarni yozma roziligi olinadi. Shuningdek, jamoat va diniy tashkilotlar, shaxsiy va oilaviy fondlar va boshqa nodavlat tashkilotlari fondlariga ham cheklovlar mavjud. Cheklov qo‘yilgan hujjatlarga cheklov muddati fond tashkil qiluvchi hujjatlarni saqlashga topshirayotganda aniq kelishib olinadi. Agar fond tashkil qiluvchi o‘z fondidan foydalanish qoidasini ko‘rsatmagan bo‘lsa, u xolda hujjatlar foydalanuvchilarga ochiq ma’lumotlar qoidasiga asosan beriladi. Tadqiqotchi davlat siri hisoblangan materiallarni nashr qilgani uchun javobgar hisoblanadi. Bundan tashqari shaxsni xayoti to‘g‘risidagi ma’lumot oshkora qilinsa, shaxs unga etkazilgan ma’naviy zarar uchun hujjatni oshkor qilgan shaxsni sudga berishi mumkin. Download 1.84 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling