Arxiv ishi nazariyasi va amaliyoti


Arxiv hujjatlarini aniqlash va izlash bo‘yicha ishlarni tashkil qilish


Download 1.84 Mb.
bet41/76
Sana03.12.2023
Hajmi1.84 Mb.
#1800283
1   ...   37   38   39   40   41   42   43   44   ...   76
Bog'liq
qo\'llanma ARXIV ISHI NAZARIYASI 20.02.2019

3. Arxiv hujjatlarini aniqlash va izlash bo‘yicha ishlarni tashkil qilish
Ish yuritishda hujjatlarni izlash

Izlash bosqichi

So‘rovnoma turi

Ma’lumotnomadagi axborot

Tashkiliy bo‘linmalarda tugatilgan hujjatlarni izlash.
Bo‘linmada tugatilgan hujjatni izlash

Ro’yxatga olish - nazorat kartotekalari, fuqarolar arizalari yoki ularning o‘rnini bosuvchi ma’lumotlar bazasi. Ish yuritishni avtomatlashtirilgan tizimi.
Ro’yxatga olish va nazorat kartotekasi va ularni o‘rnini qoplovchi ish yuritishni avtomatlashgan ma’lumot bazasi.
Yig‘majildlar nomenkulaturasi (10 yil vaqtinchalik saqlanadigan hujjatlar uchun) vaqtinchalik va doimiy saqlanadigan hujjatlar ro‘yxati.

Rahbar rezolyusiyasi, hujjatni bajaruvchi shaxs nomi, so‘rovnoma yuborilgan tashkilot nomi. Agar hujjatga javob berilgan bo‘lsa, javob sanasi va mohiyati, so‘rovnomaga avtomatlashtirilgan tizimga yuborilgan javob. Qoidagi ko‘ra hujjatni va javobni elektron nusxasini ko‘rish mumkin.
Hujjatni ro‘yxatga olinish raqami.




Tashkilot arxividagi hujjatlarni izlash

Izlash bosqichlari

Tashkilotlar uchun yig‘ma ro‘yxatni yillik qismlari
(10 yildan oshiq doimiy va shaxsiy tarkib bo‘yicha hujjatlar bo‘yicha ma’lumotnomadA.
Doimiy saqlanishdagi va shaxsiy tarkib bo‘yicha hujjatlarni tugatilgan ro‘yxati.
Fond ro‘yxatiga ko‘rsatkichlar.
Tashkilot arxivlari katalogi.
Tashkilot arxivlari kartotekasi (ilmiy-texnik hujjatlarga, shaxsiy-tarkib, geografik, tarixiy, davlat tashkilotlari, hokazolargA.
Fond va mavzuli hujjatlar sharhi.

Tashkilot arxividagi arxiv shifri.
Yig‘majildning arxiv shifri.
Ma’lumotnomadan ma’lumotlar.
Yig‘majild raqami. Hujjatni arxiv shifri, hujjat sarlavhasi, ro‘yxatga olish raqami.
Hujjatning mazmuni va arxiv shifri.

Tashkiliy tuzilmadagi uzoq vaqt va doimiy saqlanayotgan hujjatlar vaqtinchalik saqlanib ular tashkilot arxiviga topshiriladi. Har qanday jild shakllanish jarayonida o‘zining nomenkulaturalar bo‘yicha bir necha raqamdan iborat indeksiga ega bo‘ladi.


Hujjatlar ish yuritishdan to‘xtatilgandan so‘ng jilddan olinadi va qayta shaklga solinadi, tikilib raqamlanadi va muqovaga hujjat to‘g‘risida ma’lumotlar yoziladi. Ularga tashkiliy tuzilmaning yillik ro‘yxati tuziladi. Indeksdan tashqari yillik ro‘yxat qo‘yilgan yig‘majildlarga arxiv raqami beriladi.
Tashkiliy tuzilma ymg‘majildlari umumiy tartibda (1, 2, 3) raqamlanadi. Ammo bitta tashkiliy tuzilmada har yili bir necha ro‘yxat tuziladi, shuning uchun nafaqat yig‘majild raqami, balki ro‘yxat raqami ham muhim ahamiyatga ega.
Tashkiliy tuzilmalarini yig‘majild ro‘yxati qo‘yidagicha raqamlanadi:
Masalan, 5 p-81, bunda 5-tashkiliy tuzilma raqami, p-harfi hujjatni toifasini bildiradi (p-doimiy saqlanishda, va vaqtinchalik, l/s-shaxsiy tarkiB 81- yig‘majildning ish yuritishda to‘xtatilgan yili raqami, raqam muqovaga qalam bilan yozib qo‘yiladi.
Yig‘majildlar arxiv tashkilotiga ro‘yxat bo‘yicha topshirilgandan so‘ng ro‘yxatni bir nusxasi tashkiliy tuzilmada qoladi. Arxiv tashkilotida har yili bir necha yig‘ma ro‘yxatlar tuziladi (doimiy, uzoq vaqt va shaxsiy tarkib hujjatlari uchun) va bunda barcha tashkiliy tuzilmalar jildlari umumiy raqamlanadi va ro‘yxatdagi jild raqami tashkilotni yig‘ma ro‘yxatidagi jild raqamidan farqlanadi.
Yig‘majild raqami tashkilotning yig‘ma ro‘yxatini tashkilot ekspert komissiyasi va arxiv tashkiloti ekspert nazorat komissiyasi ko‘rib chiqqach, ularning kelishuvidan so‘ng jild muqovasiga siyox bilan yozib qo‘yiladi. Ammo bu yozuv ham yakuniy hisoblanmaydi.
Doimiy saqlanadigan va shaxsiy tarkib yig‘majildiga tugatilgan jildlar ro‘yxati tuziladi. Tugatilgan ro‘yxatda jildlar soni 1000 tadan kam bo‘lmasligi kerak, shuning uchun tugatilgan ro‘yxatga tashkilotning bir necha yillik yig‘majildlari kiritiladi. Ular ham umumiy tartibda raqamlanadi. Tugatilgan ro‘yxatlar bo‘yicha yig‘majildlar davlat yoki tashkilotni birlashgan arxivlariga topshirilib, o‘sha joyda saqlanadi.
Arxivda kartoteka ekspertiza qilinadi: undan saqlanmaydigan hujjatlar kartochkasi olinadi, qolgan kartochkalar tashkilot yig‘ma ro‘yxati bo‘yicha yig‘majildning arxiv shifri bilan ta’minlanadi. Kartotekalar qayta tizimlashtiriladi va ularga predmet ko‘rsatkichlari tuziladi. Arxiv ishida shaxsiy tarkib bo‘yicha hujjatlar kartotekasi katta ahamiyatga ega.
Ish yuritishni avtomatlashtirilgan tizimida tugagan ish yuritish yili uchun ma’lumotlar bazasi qoidaga ko‘ra to‘la saqlanadi. SHuning uchun ularni ro‘yxatga olish kartochkalariga yig‘majild indeksi bilan birga hujjatning saqlash muddati va saqlash joyi ko‘rsatiladi.

Download 1.84 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   37   38   39   40   41   42   43   44   ...   76




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling