Arxiv ishi nazariyasi va amaliyoti


IMA qo‘shimcha ma’lumotnomalari


Download 1.84 Mb.
bet37/76
Sana03.12.2023
Hajmi1.84 Mb.
#1800283
1   ...   33   34   35   36   37   38   39   40   ...   76
Bog'liq
qo\'llanma ARXIV ISHI NAZARIYASI 20.02.2019

4. IMA qo‘shimcha ma’lumotnomalari
Ilmiy-ma’lumotnoma apparati tizimining qo‘shimcha ma’lumotnomalari.
Arxivlarda qo‘shimcha ilmiy-ma’lumotnoma apparati quyidagilar tashkil qiladi: yo‘riqnomalar (ko‘rsatkichlar), mavzuli kartotekalar, hujjatlar va yig’majildlar ro’yxat (perechenlar)i, annotatsiyalangan ta’riflar reestrlari.
Yo‘riqnoma (ko‘rsatkich) – arxiv ma’lumotnoma bo‘lib, arxiv hujjatlarini predmetlaridagi alfavit, tizim va boshqa belgilari asosida tuzilgan.
Mavzuli predmetli (umumiy va maxsuC geografik, xronologik ko‘rsatkichlar turlari, shuningdek arxivlararo, fondlararo fond ichidagi ko‘rsatkichlar ham mavjud.
Shakli bo‘yicha ko‘rsatkichlar varaqda yoki kartochkada bo‘ladi. Ko‘rsatkichlar yig‘majild va hujjatlarga tuziladi.
Mavzuli kartotekalar qoidaga ko‘ra mustaqil holda tashkil qilinib fond tashkil qiluvchi tashkilotdan kelgan ish yuritish kartotekalari asosida tuziladi. Bunday holatlarda ularga yangi shifr qo‘yiladi. Kartotekalarni eng ko‘p tarqalgan turi, bu tashkilotni shaxsiy tarkibi bo‘yicha, bo‘yruqlar va tashkilotni tarixi bo‘yicha katotekalar hisoblanadi.
Hujjatlarni va jildlarni mavzuli ro’yxati hujjatlarni mavzuli so‘rovnomalarga javob qaytarishda tashkil qilinadi.
Ular kartochka va jadval shaklida qo‘yidagi grafalarda tuziladi:
Tartib raqami, hujjat sarlavhasi, hujjat sanasi, hujjatning arxiv shifri. Ro’yxatni bir nusxasi arxivda qoldirilib, so‘rovnoma mavzusiga o‘shxagan mavzuni izlash uchun xizmat qiladi. Ro‘yxatlar hujjatlarning sarlavhasidan tuzilgan.
Ta’riflarni annotatsiyalashgan reestri (ro’yxat) ko‘p sharhlar (opislar) tuzilgan fondlarga tuziladi. Annotatsiyalashgan reestrlarda har bir opisning davriy chegarasi ko‘rsatilib, har bir hujjatlarini tarkibi va qisqa mazmuni beriladi.


Savol va topshiriqlar
1. “Arxivni ilmiy-ma’lumotnoma apparati” atamasini sharhlab bering.
2. Arxiv sohasida O‘zbekiston Respublikasi qonunchiligidagi asosiy tushunchalari qanday ta’riflangan?
3. Ilmiy-ma’lumotnoma apparatining arxivda ish yurritishdagi ahamiyati qanday?
4. Turli tipdagi arxivlarda ilmiy so‘rovnoma apparatining o‘rni qanday?
5. Arxiv ishini yuritish bo‘yicha O‘zbekisonda qo‘llaniladigan xuquqiy-me’yoriy hujjatlarni sanab bering.
6. Ilmiy-ma’umotnoma apparati so‘rovnomalarini turlari haqida gapirib bering.
7. Ilmiy-ma’lumotnoma apparati arxivlarda qanday funksiya bajaradi?
8. Arxivlarda qo‘shimcha ilmiy-ma’lumotnoma apparati ma’lumotnomalari to‘g‘risida tushuncha bering.



Download 1.84 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   33   34   35   36   37   38   39   40   ...   76




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling