Arxiv ishi nazariyasi va amaliyoti


Kataloglar va ularning turlari, kataloglarni tuzish tartibi


Download 1.84 Mb.
bet35/76
Sana03.12.2023
Hajmi1.84 Mb.
#1800283
1   ...   31   32   33   34   35   36   37   38   ...   76
Bog'liq
qo\'llanma ARXIV ISHI NAZARIYASI 20.02.2019

2. Kataloglar va ularning turlari, kataloglarni tuzish tartibi
Turli kataloglarni yig‘indisi arxiv katologlari tizimini tashkil qiladi.
Katalog – bu arxiv ma’lumotnomalarining bir turi. Unda hujjatlar haqidagi kartochkalarga yozilgan axborotlar mavzular, tarmoqlar bo‘yicha guruhlashtirilgan bo‘ladi. Kataloglar bir jamg‘armaga, arxivning barcha jamg‘armalariga bir necha arxivlarga hatto respublika arxiv jamg‘armasiga tuzilgan bo‘lishi ham mumkin. Katalog jamg‘armalararo, arxivlararo ma’lumotnoma hisoblanadi. U arxiv ma’lumotnomalari orasida muhim o‘rin tutadi.
Kataloglar bir arxivning bir necha jamg‘armalari, shuningdek bir necha arxivlarda saqlanayotgan hujjatlar tarkibi va mazmuni haqida to‘la ma’lumotlar olish imkonini beradi. Arxivlarda katalog arxiv ilmiy ma’lumotnoma apparatining tarkibiy qismi hisoblanadi. Turli kataloglar yig‘indisi arxiv katologlari tizimini tashkil qiladi.
Tuzilishga ko‘ra kataloglar ikki turga bo‘linadi: mantiqiy va alfavit bo‘yicha tuzilish:
Agar ma’lumot umumiylikdan xususiylikka tomon joylashgan bo‘lsa, yuqoridan qo‘yiga qarab, u kataloglar mantiqiy tuzilishini bildiradi. Agar ma’lumotlar xususiylikdan umumiylikka ko‘ra joylashgan bo‘lsa, qo‘yidan yuqoriga, unda katalog alfavit tuzilishini oladi. Kataloglar arxiv ichidagi kataloglar va arxivlararo kataloglar turlariga bo‘linadi.
O‘z navbatida, mantiqiy tuzilishdagi kataloglar tizimli katalog, mavzuli katalog kabi turlarga bo‘linadi.
Tizimli katalogda hujjatga oid ma’lumotlar bilim sohalari va jamiyatni amaliy faoliyati bo‘yicha turlarga bo‘linib, mantiqiy ketma-ketlikda joylashadi.
Mavzuli katalogda hujjatga oid ma’lumotlar mavzu bo‘yicha mavzu osti, rubrika va rubrika ostida mantiqiy tartibda joylashadi.
Agar hujjatlarni ularning tashkil qilinishi vaqti bo‘yicha ro’yxatga olish kerak bo‘lsa, u holda davriy (xronologik) katalog tuziladi. Bu katalogda hujjatlar to‘g‘risidagi ma’lumotlar davrlar, asr, yil, oy bo‘yicha guruhlarga ajratiladi.
Agar arxiv tashkilotni qaysidir predmetlari – voqealar, sharhlar, geografik nomlar uni hujjatlariga tegishliligini aniqlash kerak bo‘lsa, u holda predmet katalogi tuziladi.
Ismlar katalogida ma’lumotlar shaxslarni familiyasiga ko‘ra alfavit tartibida turlarga ajratib beriladi. Geografik katalogda ma’lumotlar geografik va topografik ob’ektlarni alfavit tartibida turlarga ajratiladi (mamlakat nomi, respublika, o‘lka, viloyat).
Turlarga ajratish uchun ma’muriy-hududiy bo‘linish ham asos bo‘lishi mumkin.
Kataloglashtirish va joylashtirish.
Arxivlar sifatida saqlanishi lozim bo‘lgan hisobotlar, ularni boshlang‘ich yaratilish davridagidek saqlanishi lozim. Masalan, tashkilot bayonnomalari birgalikda va sana bo‘yicha joylashtirilgan yozuvlarni bir qismi sifatida saqlanishi kerak. Ayrim hollarda ularni boshlang‘ich joylashuv tartibi yo‘qoladi, shuning uchun ularni ma’nosi va tuzilishiga ko‘ra qayta tiklanadi.
Kataloglashtirish hujjatlarini tekshirish va yozuvlarni taqqoslash va maxfiylashtirilgan hujjatlarni ommalashtirmaslik imkoniyatini beradi. Arxiv materiallari uchun barcha materiallar ro’yxatga olinadi va kataloglar tuziladi, bu esa tadqiqotchilar uchun arxiv o‘quv zalidan foydalangunga qadar boshlang‘ich tadqiqotlar o‘tkazishda yorda beradi.
Arxiv kataloglari.
Arxiv kataloglarini tuzishda yuqori bosqichdagi to‘la ma’lumotlar to‘g‘risidagi ketma-ketlik tuzilmadan va bir qator hujjatlardan faydalaniladi. Kataloglashtirishdagi ma’lumotlar “nom”, “yaratuvchi”, “yaratilish sanasi” kabi ma’lumot birlikmalaridan tashkil qilinadi.
Uning asosiy ko‘rsatkichlari qo‘yidagilardan iborat:
- asos kodi
- sarlavha
- arxiv yaratuvchining ismi
- yaratilish sanasi
- ro‘yxatlar birligi darajasi (miqdori)
- ro‘yxat darajasi (joylashgan joyi)
Ro‘yxatga olish (sharhlar tuzish).
Ro’yxatga olish ishlari (sharhlar tuzish) arxiv vazifasi bo‘lib, u arxiv amaliyoti bilan bog‘liq muammolarni hal qilishga yordam beradi. Ro’yxatga olinayotgan hujjatni eng so‘ngi sanasini to‘g‘ri tanlash muhim ahamiyatga ega. U dasturiy resurslar bilan ishlashga va arxivlardagi ro’yxatga olish bilan kutubxonadagi ro’yxatga olishni farqlashga, arxiviarus va kutubxonachi faoliyatiga yordam beradi. Ro’yxatga olish odatda jildlarni joylashtirish bilan birgalikda bajarilib “ilova berish” deb nomlanadi. Mantiqiy “ishlov berish” hujjatlarni tashkil qilingandan so‘ng o‘tkaziladi, ammo u bir vaqtni o‘zida arxiv materiallaridan foydalanishdagi muammolarni hal qilish maqsadida o‘tkazilishi mumkin.
Yozuvlar va qo‘lyozmalarni original tartibi.
Ro’yxatga olishning maqsadi – arxiv ma’lumotnoma apparatida tizimga solingan, ixcham tilda va u asosida arxivlarni hamda qo‘lyozma fondlari ustidan ma’muriy nazoratni amalga oshirish va tadqiqotlar uchun yordam berishdir. Eng katta natija turli bosqichlardagi ma’lumotlardan foydalanish hisobiga erishiladi. Ko‘p xollarda muhim ta’riflovchi ma’lumotnoma rezyumeni o‘z ichiga olgan katalog hisoblanadi. Har bir yozuv, qo‘lyozmalarni ta’rifi arxiv omborida saqlanadi. Bu ta’riflar materiallarni izlashda asosiy qo‘llanma hisoblanadi, chunki ular barcha arxiv fondlarini yagona ta’rif darajasi hisoblanadi.
Kartochkalarni tizimlash va katalog yuritish.
Kataloglash uchun tanlangan ma’lumotlar katalog kartochkalarida differensial tartibda turlicha ta’riflash usullarini qo‘llash orqali hujjat osti, alohida, guruhiy tartibda amalga oshiriladi.
Ma’lumotni tanlash va ta’riflashdan so‘ng katalog kartochkalarini indekslashga kirishiladi.
Indeksalash – bu tanlash yoki sxema bo‘yicha indekslar tuzish va ularni katalog kartochkalariga ko‘yishdir.
Indeks – bu til elementi, harf, raqam va shartli belgilardan tashkil topgan shartli nomlardir. Bitta yoki birgalikdagi shartli belgilar ma’lumotlarni sxemasini tegishli klassifikatsiyasiga beriladi va katalog kartochkalariga qo‘yiladi.
Indeks – hujjatlardagi ma’lumotlarni uzatish, klassifikatsion sxemadagi bo‘linish joylarini mustahkamlash va bu bo‘linishlar o‘rtasidagi aloqadorlikni aks ettirish hisoblanadi.
Indekslar tizimi bir necha ko‘rinishda: harfli, raqamli, aralash bo‘ladi.
Raqamli indekslar o‘z navbatida raqamli, seriyali va o‘ntalik turlariga bo‘linadi.

Download 1.84 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   31   32   33   34   35   36   37   38   ...   76




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling