Arxiv ishi nazariyasi va amaliyoti


Hujjatlarni baholash va yo‘q qilish siyosati hamda uning maqsadi, prinsipi va amalga oshirish yo‘llari (xorijiy tajribA


Download 1.84 Mb.
bet32/76
Sana03.12.2023
Hajmi1.84 Mb.
#1800283
1   ...   28   29   30   31   32   33   34   35   ...   76
Bog'liq
qo\'llanma ARXIV ISHI NAZARIYASI 20.02.2019

3. Hujjatlarni baholash va yo‘q qilish siyosati hamda uning maqsadi, prinsipi va amalga oshirish yo‘llari (xorijiy tajribA
Takrorlanadigan axborot manbalari
Hujjatga baho berishda ushbu hujjatdagi ma’lumot xaqiqatdan noyobmi? Yoki bu ma’lumot boshqa biror joyda ham mavjudmi? – degan savollarga javob izlash lozim.
Hujjatlardagi ma’lumotlar to‘la yoki qisman boshqa manbalarda ham bo‘lishi mumkin.
Masalan:
- biror bir hujjatda;
- boshqa formatdagi hujjatlarda (harita, rejA yoki ommaviy axborot vositalarini boshqa turida (mikrofilm, elektron tizimlar);
- arxiv boshqaruv organi (agentlik)ning boshqa hujjatlarida, uning hududiy va mahalliy bo‘limlarida;
- boshqa tashkilot hujjatlarida;
- e’lon qilingan ishlarda.
To‘la va foydalanish uchun yaroqli bo‘lgan hujjatlarning saqlashda ularda axborotlarning takrorlanishi yuzaga kelganda, baholash jarayoni quyidagicha olib borilishi lozim:
- hujjatlarda bir masala yuzasidan turli tashkilotlarning qarashlari va fikrlari turlicha bo‘lganda, hujjatlarning ikkala yig‘imi ham saqlanishi kerak;
- dublikatlar yoki ozroq qimmatga ega bo‘lgan hujjat asl hujjatni to‘ldirsa u saqlanadi va asl hujjatni to‘laroq tushinishga yordam beradi;
- agar hujjat statistik ma’lumotlar manbai bo‘lsa, takroriy nusxa ham saqlanishi maqsadga muvofiq.
Ma’lum mavzularga oid (mavzuli) hujjatlarbu aniq faoliyat, voqelik, shaxs, joy, joyga yoki boshqa predmetlarga tegishli hujjatlar. Ular tarkibida ahamiyatiga ko‘ra qimmatli hujjatlar muhim bo‘lib, bunday hujjatlar doimiy saqlanishga, arxiv tashkilotiga topshirilishi kerak. Mazkur hujjatlarga misol tariqasida huquqiy hujjatlarni (bu erga egalik huquqi, ijara, hadya, kelishuv va shartnomalar), qonunchilik va siyosatga tegishli hujjatlarni sanab o‘tish maqsadga muvofiq.
Hujjatlarni saqlash muddatini aniqlash uchun ekspert komissiya ularni baholaydi. Baholash jarayonini hujjatlashtirib borish muhimdir. Agar u davlat tashkiloti bo‘lsa, o‘z qarori uchun davlat va jamiyat oldida javobgar bo‘lish va bunday hujjatlar doimiy saqlanishini nazarda tutishi zarur. Bunda quyidagi omillar hisobga olinadi:
- arxiv tashkilotlari hujjatlarni doimiy saqlash to‘g‘risida qaror qabul qilishda javobgarlikni olishlari kerak; shuningdek bu boshqaruv organlariga hisobot berishni ta’minlaydi;
- hujjatni qiymati to‘g‘risidagi biror-bir qaror ham mukammal yoki yakuniy hisoblanmaydi, shuning uchun qarorni qayta kurib chiqish zarurati to‘g‘ilib, boshqa to‘laroq qaror qabul qilinishi ham ehtimoldan holi emas; boshlang‘ich qarorni asoslovchi dalillarni jamlash foydadan holi emasdir;
- hujjatlar qiymatining tahlili, o‘rganilishi va boshqa maqsadlarni ham e’tiborga olishi kerak.
Hujjatlar qimmatdorligini aniqlashda qo‘yidagi jihatlar e’tiborga olinadi:
- hujjatlarni baholash uchun qo‘llaniladigan umumiy qoidalar;
- har bir baho uchun tayyorlangan izohlovchi hisobotlar, ular baholash usulini tushuntirib bergan holda, organlar va ularni funksiyalari, dastur va tuzilmalar hamda o‘zgarmas qiymatga ega sifatlarga berilgan bahoni sabablarini asoslaydi.
Baholashda hujjatning quyidagi tomonlari inobatga olinadi:
- Hujjatning operativ ahamiyatima’muriyatning ish yuritishi yoki faoliyat yuritishi dalili sifatidagi hujjatning asosiy qiymati.
- Hujjatning moliyaviy ahamiyatibiznes sohasida tashkilotni tashkil qilishda moliyaviy hujjatlarni yuritish, davom ettirish uchun asos bo‘lgan va dalil funksiyasini (masalan tekshirishdA bajaradigan hujjatning qiymati.
- Hujjatning yuridik ahamiyatitashkilotning faoliyatini davom ettirishning yuridik jihatini asoslaydigan, uni yoki xodimlarning qonuniy huquqlarini himoya qiladigan hujjat qiymati.
- Hujjatning o‘zgarmas va ikkilamchi qiymati, ya’ni jamiyat, xukumat va tashkilotlar uchun muhim ma’lumot resursi bo‘lishi mumkinligi.
Hujjatlarni saqlash muddatini aniqlash va yo‘q qilish. Hujjatni saqlash muddati undan foydalanish muddati va hujjatning muhimligi bilan belgilanadi. Yaxshi tizimga solingan boshqaruvda hujjatlarni saqlash davri hujjatni yaratish davrida qabul qilingan qaror bilan hal qilinadi. Qaror hujjat dolzarbligini yo‘qotishi natijasiga ko‘ra qayta ko‘rib chiqilishi ham mumkin.
Hujjatlarni saqlanish vaqtini aniqlash va ularni yo‘q qilish murakkab jarayon bo‘lib, u to‘g‘rida jahonda aniq bir tizimdagi qoidalar mavjud emas.
Ularni saqlash yoki yo‘q qilish to‘g‘risida qaror qabul qilinganda, qo‘yida ko‘rsatilgan asosiy omillar hisobga olinadi.

Download 1.84 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   28   29   30   31   32   33   34   35   ...   76




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling