Arxiv ishi nazariyasi va amaliyoti
Download 1.84 Mb.
|
qo\'llanma ARXIV ISHI NAZARIYASI 20.02.2019
Hujjatlarni nashr qilish – bunda arxiv hujjatlarini nashr qilishga oid ishlar yig‘indisidir. Hujjatlarni nashr qilishning har xil turlari va shakllari mavjud:
- hujjatlarni aniqlash va tayyorlash; - tanlov va hujjat tekstini berish; - hujjatni arxeografik joylashtirish va publikatsiyaga ilmiy ma’lumotnoma apparatini tuzish; -nashr qilish marketini shakllantirish; - ilmiy va madaniy-ma’rifiy maqsadlarda axborot tadbirlari; - hujjatlarni ilmiy va madaniy-ma’rifiy maqsadda ishlatish shakllari; - harajatlar ko‘rgazmasini tashkil qilish; - arxiv hujjatlaridan ommaviy axborot vositalarida foydalanish; - jamoatchilik bilan uchrashuvlar tashkil qilish; - arxivlarga ekskursiyalar uyushtirish; - prezentatsiyalar, ochiq eshiklar kuni o‘tkazish; - ma’ruzalar; - o‘quv konferensiyalari. Yuqoridagi sanab o‘tilgan shakllardan eng qiziqarlilarini ko‘rib chiqamiz, hujjatlarni ko‘rgazmasini tashkil qilish va hujjatlarni ommaviy axborot vositalarini elektron shakllarida foydalanish shartnoma asosida amalga oshiriladi (arxiv hujjatlaridan tijorat maqsadlarida foydalanish). Hujjatlar ko‘rgazmasi deganda hujjatlarni badiiy jihatdan tuzilganligi ularni ommaviy namoyish qilinishi kartina yoki xaykaltaroshlik ko‘rgazmalaridan farqi shuki, bu ko‘rgazmada hujjatlar nafaqat professionallarga, balki oddiy odamga ham tushunish uchun aniq tayyorlangan ko‘rgazma materiallari asosida yoritib beriladi. Bunda arxivshunoslar professional muzeyshunos va rassomlarga murojaat qiladilar. Shuningdek, arxivlar muzeylar yoki boshqa tashkilotlar tomonidan tashkil qilinadigan ko‘rgazmalarga ham o‘z hujjatlarini taqdim qilishi mumkin. Ko‘rgazmalar doimiy faoliyat ko‘rsatuvchi, vaqtinchalik, muhim, ko‘chma, arxivlararo, hududlararo, respublika va xalqaro doirada bo‘lishi mumkin. Har bir davlat arxivi doimiy faoliyat yuritadigan ko‘rgazma zaliga ega bo‘lishi kerak. Tashkilot arxivlari odatda vaqtinchalik tashkilot yubileyi, tarixiy voqea va boshqa muhim sanalarda ko‘rgazmalar o‘tkazadi. Eng qisqa ko‘rgazmani o‘tkazish uchun (10 kungachA tayyorgarlik juda katta tayyorgarlikni va javobgarlikni talab qilib ancha katta mehnat talab qiladigan murakkab ishdir. Ko‘rgazmalarni tashkil qilish bir qancha moddiy harajatlarni ham talab qilib, o‘z navbatida tijorat maqsadlarini ham ko‘zlaydi. Mavzuli-ko‘rgazma rejasini ishlab chiqish arxiv jamoasidan katta mehnat talab qiladi. Shuning uchun reja bir necha talqinlardan tuzilishi mumkin, ya’ni avvalo boshlang‘ich, so‘ngra to‘la variantda bo‘ladi. Ko‘rgazmaga kiritiladigan hujjatlarni ularni ko‘rib chiqish orqali tanlash maqsadga muvofiq bo‘ladi. Ko‘rgazmani muvaffaqiyatli o‘tishi uchun hujjatlar faqat muhim ma’lumotlarni o‘zida aks ettirish, balki ular tashqi ko‘rinishda ham odamlarni o‘ziga jalb qilish lozim. Muzeylar tajribasi shuni ko‘rsatadiki, muzeyga keluvchilarni tarixiy voqealarni alohida odamni ko‘zi bilan ko‘rinishi, shaxs, oila yoritilishi, xatlar, oilaviy fotosuratlar, fotoalbomlar, kitoblar, daftarlar, kundaliklar-muzeyga keluvchilarda katta emotsional taasurot uyg‘otadi. Arxiv hujjatlaridan ommaviy axborot vositalarida foydalanish mas’uliyatli va juda qiziqarli ish hisoblanadi. Sababi, ommaviy axborot vositalari arxivdagi bebaho ma’lumotlarni ko‘p millionli auditoriyaga etkazadi, jamiyatning tarixiy merosga bo‘lgan munosabatiga ta’sir ko‘rsatadi. Arxiv fondini yaxshi biladigan arxivshunos maslaxati, rejisyor, ssenarist va yozuvchi uchun qiziqarli yo‘nalish bo‘lishi mumkin. Arxiv hujjatlarini ommaviy axborot vositalarida ishlatish shakllari
Arxiv tashkilotidagi hujjatlardan ommaviy axborot vositalarida foydalanish turli maqsadlarda bo‘ladi, masalan, tashkilot yoki muassasani yubileyiga bag‘ishlangan bo‘ladi. Hujjatlardan foydalanish to‘g‘risida Barcha arxivlarda asosiy diqqat e’tibor arxiv saqlovxonalarida saqlanayotgan hujjatlardan foydalanishga qaratilishi kerak. Arxiv hujjatlaridan foydalanish barcha arxivlarni va qo‘lyozma saqlovchilarni asosiy maqsadlaridan hisoblanadi. To‘g‘ridan-to‘g‘ri va bevosita foydalanish. Arxiv hujjatlaridan foydalanish to‘g‘ridan-to‘g‘ri yoki bevosita bo‘lishi mumkin. Hujjatlardan to‘g‘ridan-to‘g‘ri foydalanish hujjatlarni ma’lumot olish uchun yoki tadbirlar rejasini ishlab chiqish maqsadida amalga oshiriladi. Arxivshunos qoidaga ko‘ra bir qator savollarga javoblarni bilishi va axborotni taqdim qilishni bilishi kerak. U foydalanuvchini boshlang‘ich so‘rovnomasidan kerakli hujjatlar va qo‘lyozmalar bilan ishlashiga yordam berishi talab qilinadi. Ommabop mavzular bilan ishlashda muammoni o‘quvchilarga tushuntirishni olib borish etarli bo‘ladi. Navbatdagi qadam esa tadqiqotchilarga arxiv resurslaridan foydalanishda yordam ko‘rsatish hisoblanadi. Ayniqsa maxfiy va noyob arxiv ma’lumotlaridan foydalanish alohida e’tiborni talab qiladi. Bu erda, shuningdek o‘quv zali qoidalariga arxiv materiallari bilan ishlash sharoitlarini saqlashga rioya qilishi zarur. Foydalanuvchilar qo‘lyozma va boshqa hujjatlardan foydalanganda, arxiv xodimlari tomonidan nazorat olib borilishi muhim omil hisoblanadi. O‘quvchilarni savollariga javob berishda vaqt reglamentini saqlash, har bir so‘rovnoma uchun sarflanadigan vaqtga qat’iy vaqt belgilanishi lozim. Vaqt tadqiqoti. Barcha arxivlarda o‘quv zalidan foydalanish qoidalari aniq belgilangan bo‘lishi va foydalanish qoidalari o‘quv zalida maxsus stendga ilib qo‘yilishi lozim. Arxiv xodimlari foydalanuvchilarga materiallarni taqdim qilishlaridan oldin, ulardan o‘quv zalidagi qoidalar bilan tanishib chiqishni iltimos qilishlari kerak. Bundan tashqari, har bir arxivda hujjatlardan foydalanish va ayrim cheklovlarning umumiy qoidalari ishlab chiqiladi. Ko‘p xollarda hujjatlarning ko‘pchiligi foydalanuvchilar uchun ochiq foydalanishda bo‘lishi talab qilinadi. Ko‘pchilik arxivlarda esa bir qator hujjatlar uchun cheklovlar bo‘ladi. Barcha holatlarda arxivlar hujjatlarni baholashda ulardan foydalanish darajasini oldindan aniqlash maqsadga muvofiq bo‘ladi. Arxiv xodimlari bu ishga mas’uliyatli yondashishi va tadqiqotchilarning ilmiy tadqiqotlarni qo‘llab-quvvatlab, ularni arxiv hujjatlaridan ratsional foydalanishga o‘rgatishlari lozim. Arxiviarus yuridik va etik qoidalarni bilishi va tadqiqotchilarning o‘z sohasi yo‘nalishida materiallardan foydalanayotganida xabardor bo‘lishi kerak. Ular birinchi navbatda foydalanuvchini jamoatchilikka etkazadigan axborotini to‘g‘riligi va mualliflik huquqlarini talablaririoya qilishi kerakligini eslatib turishlari lozim. Arxiv hujjatlarini aniqlash va izlash ishlarini tashkil qilish Hujjatlarni nashrga arxeografik tayyorlash bir necha bosqichlardan iborat: 1. Mavzu tanlash. 2. Nashr turi va ko‘rinishini aniqlash. 3. Nashr uchun hujjatlarni tanlash va aniqlash: matnni uzatish masalalari. 4. Hujjatlarni arxeografik tuzish. 5. Nashr qilinadigan hujjatli materiallarga ilmiy so‘rovnoma apparatini tuzish. Maqsad va vazifalariga ko‘ra nashr qilinadigan materiallar 3 ta asosiy tipga bo‘linadi: 1. Tadqiqotchilar uchun nashr qilish; 2. Ilimiy-ommabop, ma’rifiy-targ‘ibot nashrlari; 3. O‘quv nashrlari. Nashrlar turlari bo‘yicha mavzuli va hujjatlar xilma-xilligi, shuningdek fondlar bo‘yicha bo‘ladi. Nashr turi yaratilayotgan asar mazmuni bilan ifodalanadi. Masalan, tadqiqotchilar uchun nashrlar tadqiqot mavzusidagi barcha asosiy hujjatlarni qamrab olishi kerak. Nashrga tayyorlashda matnni ochiq uzatish arxeografiyani asosiy prinsiplaridan biri hisoblanadi. Matnni uzatish usullari o‘ziga xoslikka ega bo‘lib, ular manbalarni xarakteri, yozilish vaqti, nashr nomi bilan ajralib turadi. Nashr qilinadigan hujjatlar har doim arxeografik tuzilishda bo‘lishi, tahrir etilgan sarlavha va so‘rovnoma-nazorat ma’lumotlariga ega bo‘lishi kerak. Nashr sarlavhasiga qo‘yidagilar kiradi: Hujjatning yozilish vaqti; Hujjatning turi belgisi; Hujjat tuzuvchining ko‘rsatmasi va manzili; Hujjatning to‘g‘ri, aniq va qisqa mazmuni. Shuningdek, habarnomada qo‘yidagilar haqida ma’lumotlar beriladi: 1) Manbaning joylashgan joyi haqida (arxiv nomi, fond, jild va varaq raqami) ma’lumotlar. 2) Qo‘lyozmaning turi haqida ma’lumotlar (asl nusxa, ko‘chirilgan nusxA. 3) Hujjatning tashqi belgilari haqida ma’lumotlar (pergament) 4) Oldingi nashrlar to‘g‘risida ma’lumotlar. Nashrning ilmiy-ma’lumotnoma apparati qo‘yidagilardan tuziladi: - so‘z boshi, nashr ilmiy, siyosiy, ma’rifiy va b. xarakterga ega ekanligini ta’riflovchi matndan; - hujjat matni tarixi bo‘yicha izoh sharhidan; - ko‘rsatkich (geografik, predmetli)dan; - bibliografiyadan. Ilmiy-ma’lumotnoma apparati va sarlavhalar to‘laligi nashrni nimaga mo‘ljallanganligi va nashr qilinadigan hujjatni xarakteriga bog‘liq bo‘ladi. Download 1.84 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling