Arxiv ishi nazariyasi va amaliyoti


Katalog kartochkalarini indekslash va uning o‘ziga xos tamoyillari


Download 1.84 Mb.
bet48/76
Sana03.12.2023
Hajmi1.84 Mb.
#1800283
1   ...   44   45   46   47   48   49   50   51   ...   76
Bog'liq
qo\'llanma ARXIV ISHI NAZARIYASI 20.02.2019

3. Katalog kartochkalarini indekslash va uning o‘ziga xos tamoyillari
Katalog kartochkalarini indekslash
Ma’lumotlarni indekslashni usulini YATT asosida ko‘rib chiqamiz.
1. Indekslarni birlashtirish tartibi.
Asosiy jadvaldagi indekslarga yordamchi jadval indekslarini birlashtirish ko‘yidagi ketma-ketlikda amalga oshiriladi:
- sohani maxsus aniqlovchi indeksi;
- sohani umumiy aniqlovchi indeksi;
- tilni aniqlovchi indeksi;
- joyni aniqlovchi indeksi.
Ma’lumotni ma’nosini tasvirlash uchun asosiy jadval (YATTdagi indekslashning asosiy jadvali) indeksidan foydalanish zarur. YOrdamchi jadval indekslari turli birliklarda zaruriyatga ko‘ra qo‘llaniladi, masalan:
F 3 maktab ta’limi.
F 3 01 (05) maktab olimpiadasi.
F 3 01 (05)-2.13 olimpiada o‘tkazishda o‘quvchilarni roli.
2. Munosabat belgisi bilan indekslarni tuzish (:)
Munosabat belgisi (:) indekslashda qo‘yidagi to‘rta holatda ishlatiladi:

  1. Ma’lumot mazmunini ta’riflash uchun bir vaqtning o‘zida ikki yoki uchta indeks qo‘llanilganda, asosiy jadval indekslarini birlashtirish uchun;

Masalan: T 1 16: T3 ma’muriy binolarni radiolashtirish: M 2: X4 engil sanoat Ilmiy tekshirish institute.
2) Sohaning umumiy aniqlovchilari indeksini birlashtirish uchun:
Masalan R 3(01.32: 02.44) qishloq xo‘jaligi takomillashgan tuzilishi.
3) Sohani maxsus aniqlovchilarini birlashtirish uchun:
Masalan: F 3 01.(05:08) maktab olimpiadalarini o‘tkazish dasturi.
4) Sohani maxsus va umumiy aniqlovchilari indeksini birlashtirish uchun.
Masalan: F 3 01(05:01.30) maktab olimpiadalarini o‘tkazish.
Bu holatda sohani maxsus aniqlovchisi indeksi sohaning umumiy aniqlovchisi indeksi oldiga joylashtiriladi. SHuni esda tutish kerakki, umumiy va maxsus aniqlovchilar indekslari munosabat belgilari yordamida birlashtirilganda, dumaloq qavs bir marta qo‘yiladi. Masalan: qo‘yidagilar indekslar to‘g‘ri tuzilishini bildiradi:
F 3. 01:1/2 (05:01.30) maktab olimpiadasini o‘tkazish rejalashtirilgan.
Qo‘yidagilar noto‘g‘ri tuzilgan indeksni bildiradi:
F 01: P2 (05):(01.00) F 301 (05):L 2(01)

  1. Qo‘shish belgisi bilan (+) indekslar tuzish.

Ular qo‘yidagi uchta holatlarda ishlatiladi.
1) Aholini ikki yoki uchta aniqlovchilari indekslarini mustahkamlash uchun. Masalan:
B 4 03-7.1+7.2 ishchi va xizmatchilarning kasaba uyushmalardagi faoliyati.
R 3 75-1.21+1.22+1.25. chorvachilik sohasida, o‘rindoshlik usulida ishlovchi doimiy va vaqtinchalik ishchilar.
2) Tilni aniqlovchi ikki va uch indekslarini birlashtirish uchun.
Masalan: F 3 01. (05)=80+114. maktab musobaqasi. Hujjatlar o‘zbek va rus tilida yozilgan.
F 3. 01 (05)=80+96+114 Hujjatlar o‘zbek, rus, ingliz tilida yozilgan.
3) Joyni ikki yoki uch aniqlovchilarini birlashtirish uchun.
Masalan: F 3 6. 130+6.393. O‘zbekiston va Qirg‘izistonda maktab ta’limi.
6.130.+6.392+6.398 O‘zbekiston, Qirg‘iziston va Rossiya maktab ta’limi.
4) Tarqatish belgili indeks tuzilishi (/).
Yotiq chiziq seriyali indekslarni tuzilishi uchun qo‘llaniladi.
Masalan: B 101 10/13. hudud, ma’muriy-hududiy bo‘linish.
Hujjatli ma’lumotlarni indekslashda ishlatiladigan indekslar turlari.
Indekslash jarayonida turlicha indekslardan foydalanish mumkin. Oddiy indeks – bitta tushunchani izohlaydigan alohida yozuv. Masalan: 1) Л940 Iste’mol kooperasiya.
Murakkab indeks – turli jadvallarning oddiy indekslarini birlashishi natijasida tuzilgan indeks, masalan: T 3(01.30) yashash joyini tashkil qilish.
Aralash indeks – oddiy va murakkab indekslardan tashkil topadi va munosabat belgisi bilan birlashtiriladi.
Masalan: F 3 01: P 2 (05:01.30) maktab ta’mirini tashkil qilish va rejalashtirish.
Kartochkalarni tizimlashtirish va katalog yuritish.
Indekslangan kartochkalarni katalogga kiritish uchun tizimlashtirish talab qilinadi. Kartochkalarni tizimlashtirish indekslarga mos harf, raqamlarni joylashtirish tartibida amalga oshiriladi.
Masalan: GO – sud, prokuratura.
P – jamoat tartibini saqlash va jamiyat aloqalari manfaatlarini himoya qilish.
PGO – pasport tizimi.
Bir xil indeksli kartochkalar guruhida kelgusi tizimlashtirish kartochkada ko‘rsatilgan rukn (rubrikA va rukncha (podrubrikA orqali amalga oshiriladi. Rukncha bosqichida kartochkalarni joylashtirish yuqoridan qo‘yiga, umumiylikdan xususiylikka qarab amalga oshiriladi. Masalan: geografik belgilari asosida tuzilgan kartochkalar guruhida kartochkalar ushbu usulda taxlanadi, undan keyingi bosqichda esa, ya’ni bu guruhchalar ichida – geografik nomlarining alfavitdagi tartibi bo‘yicha maydaroq guruhlarga bo’linadi. Xronologik belgilar asosida tuzilgan kartochkalar guruhida voqealar sanasi bo‘yicha kartochkalar joylashtiriladi.
Arxiv kataloglar tizimini to‘ldirish manbalaridan biri, bu arxivdagi mavzuli-, predmetli kartotekalar bo’lib, ular ko‘plab ishlatiladigan fondlar, shaxsiy tarkib bo‘yicha fondler uchun tuziladi.

Download 1.84 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   44   45   46   47   48   49   50   51   ...   76




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling