Arxiv ishi nazariyasi va amaliyoti
YATT asosiy harfli belgilar
Download 1.84 Mb.
|
qo\'llanma ARXIV ISHI NAZARIYASI 20.02.2019
YATT asosiy harfli belgilar
Jadval
O‘z navbatida gurux tarmoqlari tasnifiga ko‘ra har bir harfli belgi mos ravishda raqamli belgilarga ham ega. Masalan “X” fan belgisini bildirib, XO klassifikatsion belgiga ega. Arxivlar (davlat va tashkilot): X1-Fanlar Akademiyasi; X2-Respublika Fanlar Akademiyasi; X3-Tarmoq akademiyalari; X4-Ilmiy-tadqiqot muassasalari; X5-Fanning xalq xo‘jaligi bilan aloqasi; X6-falsafiy fanlar; X7-matematik fanlar; X8-Tabiiy va texnik fanlar; X9-ijtimoiy fanlar (guruhchalarga bo‘lingan). Masalan: X9 00 dan X9 27 gacha tarix, X9 28 dan arxeologiya, X9 41 dan siyosiy iqtisod, X9 42 dan iqtisodiy fikr tarixi, X9 48-yuridik fan. X9 50 dan harbiy fanlar, X9 60 dan X9 65 gacha san’atshunoslik, X9 66 dan X9 72 gacha adabiyotshunoslik, X9 73 dan X9 84 gacha tilshunoslik, X9 85 dan X9 89 gacha pedagogik fanlar, X9 90 dan X9 98 psixologiya. YATTda aholi guruxini belgilash uchun «Aholi guruxini umumiy aniqlovchilari» ishlab chiqilgan. Bunda 0-aholi (umumiy ma’lumotlar), 1-egallab turgan mavqei, korxona bilan bog‘lanish harakteri, ish haqi (yana kichik turlarga bo‘linadi, masalan: 1.1-boshqaruvchi va bajaruvchi personal, 1.11-oliy boshqaruvchi personal, 1.12-kichik va o‘rta boshqaruvchi personal va xokazolar). 2-yosh bo‘yicha (masalan: 2.1-bolalar, 2.11-emizikli bolalar, 2.12-maktabgacha yoshdagi bolalar). 3-jinsiga ko‘ra (3.1-erkaklar, 3.2-ayollar). 4-jismoniy va ruxiy holatiga ko‘ra 4.11-sog‘lar, 4.12-kasallar, 4.13 jismoniy etishmovchiligi borlar. 5-ish faoliyatiga ko‘ra (5.1-jismoniy mexnat bilan shug‘ullanuvchilar, 5.3-oliy ma’lumotli mutaxassislar). 6-ijtimoiy va oilaviy holatiga ko‘ra (masalan 6.1-daromadga ega shaxslar, 6.2-ishsizlar). Kataloglashtirishda til guruhlarini ko‘rsatish ham muhim ahamiyatga ega, buning uchun YATTda “tilni umumiy aniqlovchilari” ishlab chiqilgan bo‘lib, til guruxlari 1 dan 117 gacha taqsimlangan. Masalan 1-Abxaz tili, 117-YApon tili. Download 1.84 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling