Arxiv ishi nazariyasi va amaliyoti


Arxiv binosi kutubxonasida o‘quvchilarni ishlash tartibi O‘quv zalida ishni tashkil qilish talablari (xorijiy tajribA


Download 1.84 Mb.
bet44/76
Sana03.12.2023
Hajmi1.84 Mb.
#1800283
1   ...   40   41   42   43   44   45   46   47   ...   76
Bog'liq
qo\'llanma ARXIV ISHI NAZARIYASI 20.02.2019

5. Arxiv binosi kutubxonasida o‘quvchilarni ishlash tartibi O‘quv zalida ishni tashkil qilish talablari (xorijiy tajribA
Tadqiqot ishlari uchun o‘quv zali orqali hujjatlarni foydalanishga taqdim qilish.
Davlat arxivlarida arxiv hujjatlarini foydalanuvchilarga taqdim qilish uchun zaruriy vositalar va ilmiy-ma’lumotnoma bilan ta’minlangan o‘quv zali tashkil qilinadi. Kino-fotohujjatlar va ovoz yozilgan arxiv hujjatlar arxivlarida tomosha zallari va ovoz eshitish xonalari bo‘ladi. Arxivlarni o‘quv zalida hujjatlar va ilmiy-ma’lumotnoma apparati bepul foydalanishga beriladi. Ammo hujjatlardan nusxa olish, fuqarolar va tashkilotlarning ijtimoiy-iqtisodiy so‘rovlarni tez bajarish uchun arxivlarda qo‘shimcha xizmatlar uchun xaq, pullik xizmatlar ro‘yxati mavjud.
O‘quv zalini ish tartibi ma’lumotnoma yoki arxivni internetdagi saytiga joylashtirilishi kerak. Davlat arxivi hujjatlaridan har bir foydalanuvchiga arizasi, o‘quv zali qoidalari bilan tanishganlik imzosi bilan buyurtmalari kiritiladi.
Arxiv materiallaridan foydalanishni ta’minlash.
Arxiv materiallaridan foydalanish jarayoni hujjatlar uchun asosiy xavf hisoblanadi. Shuning uchun arxiv hujjatlari bilan ishlayotgan foydalanuvchini doimo nazorat qilib turish kerak. Shuningdek, o‘quv zalida qo‘yilishi kerak bo‘lgan foydalanuvchilarni miqdorini cheklash zarur. Arxiv materiallaridan foydalanganda ehtiyot bo‘lishi lozim. Milliy Arxiv saytida arxiv materiallaridan foydalanish va ta’qiqlangan harakatlar ko‘rsatib o‘tilgan. Jumladan, asosiy talabalar:

  • Hujjatlar bilan xavfsizlikka rioya qilib ishlash:

  • Hujjatlar bilan ishlashda ehtiyotkor bo‘lish;

  • Qo‘llarning toza va quruq bo‘lishi;

  • Hujjatni foydalanishga olayotganda, uni shikastlanish belgilari yo‘qligiga ishonch hosil qilish;

  • Hujjatga belgilar qo‘ymaslik, faqat maxsus vositalar (qog‘ozchalar)dan foydalanish;

  • Varaqlarni varaqlaganda qo‘llarni xo‘llamaslik, maxsus gubkadan foydalanish;

  • Arxiv xodimi tomonidan barcha foydalanuvchilarni arxiv hujjatlari bilan ishlayotganlarni doim nazorat qilish;

  • Hujjatlarni ko‘zdan kechirish uchun maxsus joyga ega bo‘lish;

  • Ish joyini toza saqlash;

  • Tadqiqotchilarni hujjatlar saqlanadigan xonalarga qo‘ymaslik;

- Tadqiqotchilarni yozuv ishlarini kuzatish.
Arxiv yig‘majildlariga zarar etganda, hujjatlar matniga o‘zgartirish kiritilganga foydalanuvchi jinoiy javobgarlikkacha bo‘lgan jazoga tortiladi.
Arxivga kelishdan oldin, foydalanuvchi qaysi manbalar bilan ishlashni rejalashtirib olishi maqsadga muvofiq bo‘ladi. To‘liq ma’lumot olish uchun arxivning ildmiy-ma’lumotnoma apparatiga va arxivlar bo‘yicha qo‘llanmalarga murojaat qilish mumkin.



Download 1.84 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   40   41   42   43   44   45   46   47   ...   76




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling