Arxiv ishi nazariyasi va amaliyoti


Elektron hujjat aylanishi tizimi


Download 1.84 Mb.
bet51/76
Sana03.12.2023
Hajmi1.84 Mb.
#1800283
1   ...   47   48   49   50   51   52   53   54   ...   76
Bog'liq
qo\'llanma ARXIV ISHI NAZARIYASI 20.02.2019

2. Elektron hujjat aylanishi tizimi
Axborot tashuvchi texnik vositalardagi hujjat deganda undan ma’lumotni elektron-hisoblash mashinasida qayta ishlash mumkin bo‘lgan hujjat tushuniladi.
Arxivlarda elektron hujjatlarni yaratish va ulardan foydalanish boshqa axborot tashuvchi vositalar bilan bir xil ahamiyatga ega bo‘lib, unda avvalo davlat er kadastri, soliq to‘lovchilar, hisobchilar hisobotlari, qimmatli qog‘ozlar hisobi, pasport-viza nazorati, demografik, meditsina va boshqa ma’lumotlar bazasini shakllantiriladi va muomalaga kiritiladi.
Elektron hujjatbu elektron raqamli imzo bilan tasdiqlangan va uni identifikatsiya qilishda foydalaniladigan elektron hujjatning boshqa rekvizitlariga ega bo‘lgan elektron shaklda qayd qilingan axborot. Elektron hujjat texnik vositalar hamda axborot tizimi xizmatidan foydalangan holda yaratiladi, qayta ishlanadi va saqlanadi.
Elektron arxivlar faoliyatining asosiy yo‘nalishlari qo‘yidagilardan iborat:
- axborot saqlash tamoyillarini ishlab chiqish;
- axborotni himoya qilish;
- axborotdan qayta foydalanishni faollashtirish;
- ma’lumotlarni ta’riflash mezonlarini standartlashtirish;
- texnik vositalar tomonidan o‘qiladigan fayllarni arxivlashtirish;
- arxivlar va texnik vosita yordamida o‘qiladigan ma’lumotlarni ishlab chiquvchilar bilan hamkorlikni o‘rnatish;
- axborot xizmatlari va tadqiqot loyihalarini amalga oshirish.
Elektron arxivlarda saqlanayotgan hujjatlarni qo‘yidagi guruhlarga ajratish mumkin:
1. Iqtisod, aholini ro‘yxatga olish, sog‘liqni saqlash sohasi, saylovlar;
2. Me’yoriy va huquqiy hujjatlar matnlari, boshqaruv organlarini yig‘ilishlari stenogrammalari, tadqiqotchilar uchun qiziqarli bo‘lgan ensiklopedik nashrlar, gazetalar;
3. Qimmatli manbalarning raqamli nusxalari (yilnomalar, davriy va boshqa qimmatbaho hujjatlar).
Agar arxivlar elektron hujjatlar bilan butlangan bo‘lsa, ularni saqlanishi uchun barcha choralarni ko‘rishi kerak. Ma’lumotlarning asosiy qismi serverda saqlanishi va hamma foydalanuvchilar uchun qo‘lay bo‘lishi va ularni zaxira nusxalari bo‘lishi lozim.
Qog‘ozdagi hujjatlarni aylanishi jarayonlaridagi asosiy kamchilik, bu hujjatlarni izlab topish tezligining etishmasligi, hujjatlarni tayyorlash muddatlarining kattaligidir. Bugungi kunda an’anaviy hujjat aylanishi kam samarali bo‘lib, bu jarayon yirik korxonalar uchun bir qator qiyinchiliklar tug‘diradi.
Hozirgi kunda hujjatlar aylanishini elektron shakli ommaviylashib, u hujjatlarni yaratish, ularni qayta ishlash, uzatish, saqlash, tashkilot kompyuter tarmoqlari orqali axborot kiritish kabi jarayonlari bilan juda katta qulaylik tug‘dirmoqda.
Hujjat aylanishini dunyoda birinchi tizimi bank sohasida paydo bo‘lgan. Bunday tizimlardan biri bo‘lgan SWIFT tizimi XX asr 70- yillaridan faoliyat yuritib keladi. Keyinchalik bank va banklararo axborot tizimlari vujudga kelgan. So‘ngra bu tizim rivojlana borib, biznes jarayonlarga, axborot va ishlarni boshqarishga kirib bordi. Hozirda elektron hujjat aylanish tizimini ishlab chiqarish bilan shug‘ullanuvchi o‘n mingdan ortik kompaniya mavjud bo‘lib, IBM, Microsoft, Oracle, Documentum kabi kompaniyalar dunyoda etakchi hisoblanadi.
Elektron hujjat aylanishi tizimining asosiy tavsifiy jihatlari.
Elektron hujjat aylanishi tizimining asosiy vazifasi – bu elektron hujjatlarni saqlash va ular bilan ishlashni tashkil qilishdir.
Elektron hujjat aylanishi tizimida hujjatlarning o‘zgarishi, hujjatlarni bajarish muddati va harakatlanishi avtomatik ravishda kuzatib boriladi va nazorat qilinadi.
Elektron hujjat aylanishini kompleks shakli tashkilot va korxonalarda barcha ish yuritish siklini qamrab oladi, shuningdek tizim tarmoqdagi barcha korxonalarni hujjatlarini yagona tizimga solishga imkoniyat yaratadi.
Elektron hujjat aylanishini samarali amalga oshirish uchun elektron hujjatlardan foydalanuvchilarga nisbatan, ularni mansabi, vakolatiga ko‘ra qat’iy cheklovlar qo‘yilishini talab qilinadi. Hujjatlar bilan ishlashning qo‘yidagi huquqi va qoidalari belgilangan (har bir tur uchun va har bir mansab uchun):
- hujjatlar ustidan to‘la nazorat;
- tahrir qilish huquqi (hujjatni yo‘q qilish huquqisiz);
- hujjatlarni yangi talqinini yaratish huquqi (tahrir qilish huquqisiz);
- hujjatni o‘qish huquqi (tahrir qilish huquqisiz);
- hujjatdan foydalanishga huquqini yo‘qligi (tizimda ishlash vaqtida foydalanuvchini har bir harakati bayonlashtiriladi va shunday qilib uni hujjatlar bilan ishlash tarixi nazorat qilinadi).
Elektron hujjat aylanish tizimidagi asosan yirik davlat tashkilotlari, banklar, yirik sanoat korxonalari va faoliyatida katta hajmdagi hujjatlar yuritiladigan boshqa tuzilmalar foydalanadi.
Elektron hujjat aylanish tizimida qo‘yidagi qulayliklarni ta’kidlab o‘tish lozim:
Ishchi-xodimning mehnat unumdorligi oshishi, hujjatlarni saqlash va yaratishga sarflanadigan boshqa hujjatlarning qisqarishi;
Elektron hujjatlarni saqlash hujjatlarni qog‘ozda saqlashdan 80 % ga arzon tushadi;
Hujjatlar bilan jamoa tarzida ishlash imkoniyati;
Hujjatlarni tayyorlash va izlash harajatlarini kamaytiradi;
Axborot xavfsizligini ta’minlaydi, har bir foydalanuvchi uchun hujjatlar tizimidan foydalanish huquqini nazorat qiladi. Hujjatlarni saqlanishini qulaylashtiradi va hujjatlarni nazorat qilishni ta’minlaydi.
Umuman olganda, elektron hujjat aylanishi tizimini qo‘llash tashkilotlarni samarali ishlashini va ish unumdorligini oshirishni ta’minlaydi.
Elektron hujjat aylanishi. O‘zbekiston tajribasi.
2003–2004 yillarda O‘zbekiston Respublikasda bir qator qonunchilik hujjatlari qabul qilindi. “Elektron raqamli imzo to‘g‘risida”gi qonunga asosan elektron raqamli imzo qo‘lda qo‘yilgan imzo bilan bir xil yuridik kuchga ega. “Elektron hujjat aylanishi to‘g‘risida”gi qonun elektron hujjatni yuridik kuchini belgilab berdi. Elektron raqamli imzo elektron hujjatning rekvizitlaridan biri hisoblanadi.
Yuqorida keltirilgan qonunchilik hujjatlari O‘zbekistonda elektron hujjatlardan samarali foydalanish uchun mustahkam huquqiy asos bo‘ldi. Hozirgi kunda bir qator viloyatlarda elektron xukumatni tadbiq etilib davlat hokimiyati va boshqaruv faoliyatini oshkoraligini oshirish uchun, maxaliy hokimiyat organlari bilan fuqarolarni, biznes tuzilmalarni hamkorligini oshirish uchun muhim ishlar amalga oshirilmoqda.
Elektron hujjat aylanishini joriy qilish.
Elektron hujjat aylanish tizimidan hozirgi kunda elektron savdo-sotiq tizimida samarali foydalanilmoqda.
Elektron hujjat aylanishni rivojlanishiga asosiy to‘siqlarni echish uchun bir qator masalalarni xal qilishni talab qiladi. Bular uzatilayotgan ma’lumotlarni xavfsizligini ta’minlash, elektron hujjatga yuridik status berish va boshqa muammolar hisoblanadi. Bu masalalar har bir davlat ichkarisida va davlatlararo miqyosda elektron hujjat aylanish jarayonlarini huquqiy jihatdan boshqarish asosida amalga oshirilishi mumkin. Respublikamizda axborotlarni zamonaviy elektron almashuviga o‘tish uchun elektron hujjat almashishda xizmat ko‘rsatish infratuzilmasi tashkil qilingan. Telekommunikatsiya tarmoqlari 80 % raqamli tizimga o‘tkazilgan bo‘lib, bu ko‘rsatkich MDXda eng yuqori ko‘rsatigich hisoblanadi. Shu bilan birga iqtisodiyotni barcha tarmoqlarida elektron hujjat aylanishni tezlikda rivojlantirish uchun hal qilinishi zarur bo‘lgan bir qator muhim muammolar mavjud. Birinchi navbatda iqtisodiyotni har bir tarmog‘ida va alohida axborot-kommunikatsion infratuzilmani rivojlantirish, korporativ axborot tarmoqlarini yaratish va axborot-kommunikatsion texnologiyalarni tadbiq qilish talab qilinadi. Viloyatlarda ham bu sohaga e’tiborni kuchaytirish, elektron hujjat aylanishida xizmat ko‘rsatish va standartlash masalalarini echish muhim vazifalardan biri bo‘lib qolmoqda.
O‘zbekistonda hujjatlarni elektron aylanishi legitimlashmoqda va sub’ektlar faoliyatida, shu jumladan elektron savdo-sotiqda keng foydalanilmoqda. Hozirgi kunda Respublikamizda uchta ro’yxatdan o‘tgan elektron raqamli imzolarni ro’yxatdan o‘tkazish markazi, ikkita davlat-davlat soliq komitetida va ilmiy-texnik va marketing tadqiqotlar markazida va xususiy “Multisoft Solution” firmasi faoliyat ko‘rsatmoqda. Elektron imzolarni sertifikatlangan kalitlarini umumiy soni 10 mingdan oshib ketdi.
Davlat boshqaruvida elektron hujjat aylanishdan foydalanish hujjatlar bilan ishlash samaradorligi va aniqligini, boshqaruvni va hujjalarni bajarilishini nazorat qilishni sifatini oshiradi. Boshqaruv faoliyatini hujjatlar bilan ta’minlashdagi sustkashlik kamayadi.
Elektron hujjat aylanishi ayniqsa davlat organlari bilan fuqarolar o‘rtasidagi tezkor munosabatlarda tegishli ruxsatnoma hujjatlari olishda soliq, moliyaviy va boshqa hisobotlarda bir qator engilliklar yaratadi. Elektron hujjat aylanishi xizmatlarni va tovarlarni taqdim qilishda va elektron savdo-sotiqni amalga oshirishda sub’ektlar o‘rtasida samarali vosita hisoblanadi. Tomonlar o‘rtasidagi shartnomalar internet tarmog‘idan foydalangan holda elektron shaklda amalga oshirilmoqda. Inter aktiv biznesni bu yangi turi tomonlar o‘rtasidagi munosabatlarni tezkorligini, katta mexnat talab qiladigan operatsiyalarni avtomatlashtirishni va natijada daromadni oshishiga olib keladi.

Download 1.84 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   47   48   49   50   51   52   53   54   ...   76




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling