Biznes reja tuzish bosqichlari va shart-sharoitlari


Download 1.26 Mb.
bet1/4
Sana19.12.2022
Hajmi1.26 Mb.
#1033784
  1   2   3   4
Bog'liq
37 Biznes reja tuzish bosqichlari va shart-sharoitlari

Biznes reja tuzish bosqichlari va shart-sharoitlari

REJA:

    • Biznes rejaning iqtisodiy mazmuni.
    • Biznes rejani tuzish bosqichlari, shart-sharoitlari. Biznes reja tuzishda faoliyat sohasi.
    • Biznes rejaning tarkibiy tuzilishi

Biznes rejaning iqtisodiy mazmuni

Biznes («business») so’zi ingliz tilidan olingan bo’lib, ish degan ma’noni anglatadi. Biznes bilan mashg’ul bo’lgan odatda odamlar biznesmenlar, ya’ni ishbilarmonlar deb ataladi.

Biznesni boshlashdan avval quyidagi asosiy tamoyillarga amal qilish lozim bo’ladi:

Biznesni boshlashdan avval quyidagi asosiy tamoyillarga amal qilish lozim bo’ladi:


Biznesning qonun va qoidalarini yaxshi bilish.
Yetarli miqdorda boshlang’ich kapitalga ega bo’lish
O’z zimmasiga olgan majburiyatlarni o’z vaqtida va to’liq bajarish.

Biznes rejaning maqsadlari

Biznes rejaning maqsadlari

Har qanday holatda ham rejalashtirish quyidagi savollarga javob bera olishi lozim:

Har qanday holatda ham rejalashtirish quyidagi savollarga javob bera olishi lozim:


birinchidan, nimani, qachon va qancha miqdorda ishlab chiqarish;
ikkinchidan, tanlangan muqobillikni aniqlangan hisob-kitoblar asosida amalga oshirish lozim;
uchinchidan, mahsulot sifati, uning raqobatbardoshligi qanday va u iste’molchilik talabiga ega bo’ladimi;
to’rtinchidan, mahsulot chiqarish bilan bog’liq bo’lgan ishlab chiqarish xarajatlari va boshqa sarf-xarajatlar qoplanadimi
beshinchidan, kutilayotgan rentabellik darajasi, foyda hajmi va boshqa pul tushumlari ta’minlanadimi;

Biznes reja tuzish bosqichlari. biznes reja tuzish shart-sharoitlari. biznes reja tuzishda faoliyat sohasi

Biznesni rejalashtirish ikki bosqichda amalga oshiriladi:


Biznes-rejaning loyiha varianti ishlab chiqilib, unda o’tgan yilda erishilgan natijalar tahlili va kelgusi yillar uchun o’z imkoniyatlarini baholash hisobiga dastlabki hisob-kitoblar amalga oshiriladi. Biznes-reja barcha hisob- kitoblarda belgilangan texnologik jarayonlarga, ichki zahiralardan to’liq foydalanishga asoslanishi hamda zarur hollarda tashkiliy va texnik-iqtisodiy tadbirlar bilan mustahkamlanishi lozim.
  • Biznes-rejani yakuniy ishlab chiqish va uni korxonaning rasmiy hujjati sifatida tasdiqlashdir. Aynan shu sifatda biznes-reja huquqiy kuchga ega bo’lib, turli idora va muassasalarga, xususan, banklardan moliyaviy resurslar olish uchun taqdim etilishi mumkin.

Download 1.26 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling