8-MAVZU
ARXIV HUJJATLARIDAN FOYDALANISH TARTIBI
Reja:
1. Arxiv hujjatlaridan foydalanishni maqsad va vazifalari.
2. Arxiv hujjatlaridan foydalanish shakllari.
3. Arxiv hujjatlarini aniqlash va izlash bo‘yicha ishlarni tashkil qilish.
4. Arxiv hujjatlari bilan tanishish. Tanishishni cheklanishi. Arxiv hujjatlari bilan tanishishni ta’minlash.
5. Arxiv binosi o‘quv zalida o‘quvchilarni ishlash tartibi. O‘quv zalida ishni tashkil qilish talablari (xorijiy tajribA.
Kalit so‘zlar: arxiv materiallaridan foydalanish, arxiv hujjatlari, arxeografiya, ma’lumotni izlash, arxiv ko‘rgazmasi, foydalanish samaradorligi, hisob yuritish hujjati, ma’lumotnoma shakllari, ilmiy ishlar.
Arxiv hujjatlaridan foydalanishni maqsad va vazifalari
Arxiv hujjatlaridan foydalanish deb jamiyatning axborotga bo‘lgan ehtiyojini arxiv manbalari orqali qondirish maqsadida amalga oshirilgan ishlarga aytiladi.
Arxivshunoslikda hujjatlardan foydalanishni maqsadlari, yo‘nalishlari va shakllari mavjud.
Arxiv hujjatlaridan foydalanishni yo‘nalishlari.
Zamonaviy arxivshunoslikda arxiv hujjatlaridan foydalanishni muhim vazifalari qo‘yidagilar hisoblanadi:
- davlatchilikni mustahkamlash;
- jamiyatning axborotga bo‘lgan talabini qondirish;
- fuqarolarning qonuniy huquq va manfaatlarini ta’minlash.
Arxiv hujjatlaridan foydalanish jarayonida ikki tomon qatnashadi: axborot saqlaydigan arxiv va axborotga ehtiyoji bo‘lgan foydalanuvchi. Davlat arxivlari ma’lumotlaridan foydalanuvchilar davlat hokimiyati organlari boshqaruv, sudlar, prokuratura, vazirliklar, tashkilotlar, harbiy qismlar, ilmiy, madaniy, o‘quv muassasalari, ommaviy axborot vositalari, nodavlat birlashmalari, firmalar, jamoat tashkilotlari, shuningdek fuqarolar bo‘lishi mumkin.
Bu masala bilan bog‘liq bo‘lgan muammolar va hujjatlardan foydalanishni maqsadlari va shakllari to‘g‘risida ushbu bo‘limda ma’lumotlar keltirilgan.
Arxiv hujjatlaridan foydalanishning maqsadlari.
Qo‘yidagilar hujjatlardan foydalanishni maqsadlari bo‘lishi mumkin:
- boshqaruv maqsadida;
- siyosiy maqsadda;
- iqtisodiy;
- ilmiy;
- madaniy-ma’rifiy;
- ijtimoiy-huquqiy (fuqarolarni huquqlarini ta’minlash).
Do'stlaringiz bilan baham: |