Arxiv ishi nazariyasi va amaliyoti
Yo‘l ko‘rsatkichlar, ro’yxat, ma’lumotnoma va ko‘rsatkichlarni tuzish. Sharhlar (ro’yxatlar) va ularning IMA faoliyatini tashkil qilishdagi o‘rni
Download 1.84 Mb.
|
qo\'llanma ARXIV ISHI NAZARIYASI 20.02.2019
3. Yo‘l ko‘rsatkichlar, ro’yxat, ma’lumotnoma va ko‘rsatkichlarni tuzish. Sharhlar (ro’yxatlar) va ularning IMA faoliyatini tashkil qilishdagi o‘rni
Arxiv yo‘l ko‘rsatkichisi (“putevoditel”). Yo‘l ko‘rsatkich – bir yoki bir nechta arxiv hujjatlari to‘g‘risida qisqa ma’lumotni o‘z ichiga olgan arxiv ma’lumotnomasi. U qo‘yidagi shakllarda bo‘ladi: arxivlar bo‘yicha, arxiv fondlari bo‘yicha, arxiv fondlari bo‘yicha mavzuli to‘la ko‘rsatkichlar. Arxivlar (arxiB bo‘yicha yo‘l ko‘rsatkichlar – fondlar bo‘yicha yo‘l ko‘rsatuvchi, arxivlarni tizimlashtirilgan ro’yxatidan iborat bo‘lgan va o‘zida saqlanayotgan hujjatlarning tavsifi (xarakteristikasi)ni aks ettiruvchi yo‘l ko‘rsatkich turi. U o‘z ichiga barcha saqlanuvchi ma’lumotlarni olishi mumkin. Yo‘l ko‘rsatkichda ta’riflash ob’ekti sifatida arxiv yoki yuqorida sanalgan barcha arxiv ma’lumotlari bo‘lishi mumkin. Arxiv fondlari bo‘yicha ko‘rsatkichlar – o‘zida arxiv fondlari to‘g‘risida qisqacha ma’lumot saqlovchi va tizimlashtirilgan tartibda arxiv fondlari bilan tanishishga mo‘ljallangan yo‘l ko‘rsatkich. Arxiv (arxivlar) fondlari bo‘yicha mavzuli yo‘l ko‘rsatkichi – arxiv fondlarida mavzular bo‘yicha ma’lumotlar ko‘rsatilgan, arxiv fondi yoki raqamini ko‘rsatuvchi yo‘l ko‘rsatkich. Har qanday yo‘l ko‘rsatkich ikki qismdan – fondlar (hujjatlar) tavsifi (xarakteristikasi) va ma’lumotnoma apparatidan tuzilgan. Yo‘l ko‘rsatkichda asosiy qism fondni xarakterstikasi hisoblanib, bu o‘z ichiga foond nomi, u to‘g‘ridagi ma’lumotlar, fond tashkil qiluvchi tashkilot nomi (shaxsiy fond uchun-shaxsni biografik ma’lumotlari), fond hujjatlarining tarkibi va mazmuni to‘g‘risidagi axborotni o‘z ichiga olgan ma’lumotlar yig‘indisidir. U fond to‘g‘risidagi adabiyotlarni bibliografik ro’yxati bilan to‘ldirilishi mumkin. Fondlarning tavsifi (xarakteristikasi)ga bo‘lgan asosiy talablar, bu fond hujjatlarini asosiy mazmunini aks ettirish va unda saqlanayotgan hujjatli ma’lumotlar to‘g‘risida aniq tushuncha berishdir. Tarixiy ma’lumotnomaga qo‘yidagicha asosiy talablar qo‘yiladi: o‘zida yig‘ilgan ma’lumotni annotatsiya bilan aloqadorligi va axborotning qisqaligi. Tarixiy ma’lumotnomaga qo‘yidagilar kiritiladi: tashkilot tashkil qilinishi va tugatilishi sanasi, tashkilotning oldingi va keyin qabul qilitngan nomi, tashkilotning asosiy funksiyalari. Tarixiy ma’lumotnomada fond tashkil qiluvchini ish yuritish hujjatlarini tashkil qilishni o‘ziga xos tomonlarini hisobga olish zarur. Shaxsiy hujjatlar – fond tashkil qiluvchi to‘g‘risidagi qisqa biografik ma’lumotlardan: familiya, ism, laqab, qizlik familiya, kasb, xizmat faoliyati to‘g‘risidagi ma’lumotlarni o‘z ichiga oladi. Shaxsiy fond bo‘yicha tarixiy ma’lumotnomada qarindosh-urug‘chilik darajasi davriylik (xronologiyA bo‘yicha beriladi. Arxiv kolleksiyalariga tarixiy ma’lumotnomalarda esa kolleksiyaning yaratilish tarixi, tuzuvchisi, kolleksiyani arxivga topshirgunga qadar uning saqlangan joyi ko‘rsatiladi. Hujjatlar sharhi va boshqa arxiv ma’lumotnomalari. Arxiv hujjatlari sharhi – arxiv ma’lumotnomasining bir turi bo’lib, unga alohida koplekslarni tashkil etuvchi arxiv hujjatlari haqidagi manbashunoslik mazmunida tuzilgan ma;lumotlar, izohlar kiritiladi. Sharhga kiritilgan ma’lumotlar, hujjatlar kompleksi bir-biri bilan kelib chiqish bir xilligi (fondga tegishlilik) yoki mazmunan bir xilligi (mavzu) bilan bog‘langan bo‘lishi mumkin. Shuning uchun ular ikki turga bo‘linadi: arxiv fondlari sharhlari (birlashgan fondlar, kolleksiyalar) va hujjatlarning mavzuli sharhlari. Arxiv fondi sharhi – ma’lum bir fond hujjatlariga manaviy tahlil usulida tuzilgan tizimli ma;lumotlar. Hujjatlarning mavzuli sharhi – hujjatlarni sharhi turi bo‘lib, aniq mavzu bo‘yicha bir yoki bir necha arxiv fondlarini va bu hujjatlarni tarixiy tahlili bilan, tizimlashtirilgan tarkibi va mazmuni to‘g‘risidan ma’lumotlar. Sharhga ma’lumotnoma apparati. Arxiv fondi sharhini titul varag‘ida arxivni nomidan keyin ma’lumotnoma tipi ko‘rsatiladi, bular: fond sharhi, fond raqami, hujjatlarni so‘nggi sanasi, sharh tuzilgan yoki nashr qilingan yili. Mavzuli sharhni titul varag‘ida ma’lumotnoma tipini ko‘rsatilgandan keyin sharh mavzusi, mavzu bo‘yicha hujjatning so‘nggi sanasi, sharh tuzilgan yili ko‘rsatiladi. Arxiv fondi sharhiga so‘z boshi tuziladi (ta’rifga o‘xshash). Mavzuli sharhga so‘z boshidagi tarixiy qismda mavzu ta’riflanadi, uning dolzarbligi asoslanadi. Download 1.84 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling