Arxiv ishi nazariyasi va amaliyoti


Arxiv hujjatlaridan foydalanish shakllari


Download 1.84 Mb.
bet39/76
Sana03.12.2023
Hajmi1.84 Mb.
#1800283
1   ...   35   36   37   38   39   40   41   42   ...   76
Bog'liq
qo\'llanma ARXIV ISHI NAZARIYASI 20.02.2019

2. Arxiv hujjatlaridan foydalanish shakllari
Arxiv hujjatlaridan foydalanish shakllari bu – arxivlar tomonidan foydalanishni har bir yo‘nalishi bo‘yicha bajariladigan ishlar. Qoidaga ko‘ra har bir foydalanish shakli bo‘yicha muayyan axborot hujjatlari tuziladi.
Arxivlarda hujjatlardan foydalanishning asosiy shakllari qo‘yidagilardan iborat:
- So‘rovlar asosida tashkilotlar va fuqarolarni axborot bilan ta’minlash
- Fuqarolarni huquqlari va qonuniy manfaatlarini ta’minlash maqsadida so‘rovlarni bajarish
- Tashkilot va muassasalarni ularni tarmoqdagi faoliyati bo‘yicha arxiv hujjatlari bilan tanishtirish
- Tadqiqot ishlarini olib boruvchilar uchun o‘quv zallari orqali ularga hujjatlarni taqdim qilish
- Hujjatlarni va jildlarni asl nusxasini vaqtinchalik foydalanishga berish
- Hujjatlarni nashr qilish
- Ilmiy va madaniy-marifiy maqsadlarda axborot tadbirlari (hujjatlar ko‘rgazmasi, ommaviy axborot vositalarida hujjatlardan foydalanish, ma’ruzalar, ekskursiyalar tashkil qilish va boshqalar) tashkil qilish.
So‘rovnomalarni arxiv ilmiy-ma’lumotnoma apparati asosida bajarish ro‘yxatga olingan kundan 15 kunni tashkil qiladi. Bunday so‘rovnomalar ro‘yxat, kataloglarni ko‘rib chiqish asosida, arxiv hujjatlariga murojaat qilmasdan bajariladi. Arxiv hujjatlariga tegishli so‘rovnomalarni bajarish muddati 30 kundan oshmasligi kerak.
Ijtimoiy-huquqiy so‘rovnomalarni ham bajarish muddati 30 kun hisoblanadi. Bunda arizachini oraliq natijalar to‘g‘risida habardor qilib turiladi.
Birinchi navbatda davlat hokimiyati organlari, boshqaruv, sud va prokuratura organlarini ularning faoliyati bilan bog‘liq so‘rovlari bajariladi. Arxiv arizachini so‘rovlariga javoblarni ko‘yidagi axborot hujjatlari shaklida taqdim qiladi:
- arxiv ma’lumotnomasi;
- arxiv nusxasi;
- arxiv ko‘chirmasi;
- axborot xati;
- hujjatlarni mavzuli ro’yxati;
- mavzuli yig‘malar;
- hujjatlar mavzuli sharhi.
Arxiv ma’lumotnomasi – arxiv tomonidan tayyorlangan va tasdiqlangan, yuridik kuchga ega bo‘lgan (tasdiqlovchi yoki tasdiqlamaydigan) so‘rov predmetiga tegishli, hujjatni (arxiv shifri) izlash bo‘yicha ma’lumotlari ko‘rsatilgan holda arxiv hujjatlari ma’lumotlari to‘g‘risidagi hujjat.
Arxiv nusxasi – arxiv hujjatini so‘zma-so‘z aks ettiruvchi, so‘rovnoma predmetiga tegishli bo‘lgan va arxiv tomonidan tayyorlangan va tasdiqlangan hujjat.
Arxiv ko‘chirmasi – arxiv tomonidan tayyorlangan va tasdiqlangan arxiv hujjati, nusxasi lavhasi (fragmenti). Ko‘chirmalar qoidaga ko‘ra bir-biri bilan bog‘liq bo‘lmagan hujjatlardan olinadi.
Axborot xati – arxivni tashabbusi yoki foydalanuvchi so‘rovnomasiga arxivdagi muayyan mavzu, savol bo‘yicha xabarnomasi.
Tashkilot va fuqarolarni mavzuli so‘rovlarini bajarishda davlat arxivlarida katta hajmdagi hujjatlarni tahlil qilishni talab qiluvchi ma’lumot materiallari tashkil qilinishi mumkin.
Hujjatlarni mavzuli ro’yxati – yig‘majild yoki hujjatlarni sanasi va izlash ma’lumotlari keltirilgan tizimlashtirilgan sarlavhalari.
Hujjatlarni mavzu bo‘yicha tanlash – hujjatlar komplekti nusxalari yoki muayyan mavzuga oid hujjatlardan sitatalar keltirish, jamlash.
Hujjatlarni mavzuli sharhi – bir necha arxiv, bir arxivni fondi yoki muayyan mavzu bo‘yicha fondni ma’lum qismi hujjatlari to‘g‘risida to‘la ma’lumotni o‘z ichiga olgan axborot izlash ma’lumotnomasi. Axborot ma’lumotnomasini turiga ko‘ra ish hajmi va muddati arxiv va foydalanuvchi o‘rtasidagi shartnomada kelishiladi.
Fuqarolarga ularni huquq va manfaatlarini qonunchilik asosida himoya qilish uchun ularga arxiv hujjatlarini asl nusxasi berilishi mumkin. Buning uchun fuqaro arxiv direktoriga ariza bilan murojaat qiladi. Asl hujjatlarni fuqarolarga berish rahbarlar tomonidan O‘zbekiston Respublikasi qonunchiligi asosida amalga oshiriladi. Fuqarolar tug‘ilish, nikox, yaqin qarindoshini o‘limi to‘g‘risidagi hujjatlarni FHDYO organlari bilan kelishgan holda olishlari mumkin. Sud qarori bilan oqlanganlar arxivlardan ulardan musodara qilingan qo‘lyozma, ijodiy ish va hokazolarga qaytarib olishi mumkin.
Arxiv fondlarini hajmini kamaytirmaslik maqsadida Yuqoridagi hujjatlarni fuqarolarga berishdan oldin ulardan nusxa olinadi.
Arxiv materiallari to‘g‘risida tashkilot, korxonalarni xabardor qilish – arxiv tashkilotlari fuqarolarni, tashkilotlarni so‘rovnomalaridan tashqari, o‘z tashabbuslari bilan amalga oshiriladi. Hujjatlar potensial foydalanuvchini hisobga olgan holda aniqlanadi. Arxiv tashabbusi bilan axborot oluvchilar asosan davlat tashkilotlari, ilmiy va jamoat tashkilotlari, chet ellik olimlar, madaniy tashkilotlar va faoliyati tufayli arxivda ma’lumotlari yig‘ilgan tashkilotlar hisoblanadi.
Hujjatlarni asl nusxalarini vaqtinchalik foydalanish uchun berish. Hujjatlarni va jildlarni asl nusxasi fond tashkil qiluvchiga (jismoniy yoki yuridik shaxC yoki sud, prokuratura, DXX, IIV organlariga davlat xavfsizligi manfaatlari va qonunchilikni himoya qilish maqsadlarida beriladi. SHaxsiy va nodavlat tashkilotlarini fondlarini berish juda cheklangan tarzda bo‘ladi. Jildlar bu fondlarni tashkil qiluvchilarni so‘rovnomasi asosida vaqtinchalik foydalanishga beriladi.

Download 1.84 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   35   36   37   38   39   40   41   42   ...   76




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling