Arxiv ishi nazariyasi va amaliyoti


O‘zbekiston Milliy Arxiv fondi tushunchasi. Milliy Arxiv fondini tashkil qilish va uni tashkiliy tuzilmalari


Download 1.84 Mb.
bet20/76
Sana03.12.2023
Hajmi1.84 Mb.
#1800283
1   ...   16   17   18   19   20   21   22   23   ...   76
Bog'liq
qo\'llanma ARXIV ISHI NAZARIYASI 20.02.2019

2. O‘zbekiston Milliy Arxiv fondi tushunchasi. Milliy Arxiv fondini tashkil qilish va uni tashkiliy tuzilmalari
O‘zbekiston Milliy Arxiv fondi (MAF) to‘g‘risida tushuncha O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1999 yil 30 oktyabrdagi “Arxiv ishi bo‘yicha me’yoriy hujjatlarni tasdiqlash to‘g‘risida”gi № 482- sonli qarori va “O‘zbekiston Respublikasi Milliy Arxiv fondi” to‘g‘risidagi 1-ilovasiga muvofiq tasdiqlangan.
Arxivlar o‘rtasida hujjatlarni taqsimlash va har bir arxiv doirasida hujjatlarni tartibga solish jarayoniga Arxiv fondi hujjatlarini tashkil qilish deyiladi. Arxiv fondlari va hujjatlarni tashkil qilishda har bir hujjatni turli tarixiy davrga tegishliligi, axborot tashuvchi turi va boshqa omillar e’tiborga olinadi. Arxiv fondi hujjatlarini tashkil qilish undagi hujjatlarni engillik bilan izlab topish imkonini beradi.
Arxivshunoslik adabiyotida “tashkil qilish” atamasi hujjatlarni “tasniflash” (turlarga ajratish) va “tizimlashtirish” (tartibga solish) atamalarining ma’nosi bilan bog‘liqdir.
Tasniflash – bu hujjatlar majmuasining ilmiy asoslarini yaratish, ularni tarixiy va mantiqiy bog‘liqlik asosida tashkil qilish hisoblanadi (ayni vaqtda bu jarayon klassifikatsiya deb ham ataladi).
Tizimlashtirish – hujjatlarni turlari asosida hujjatlar yig‘masini tartibga solish va tashkil qilishdir (ushbu jarayon, shuningdek sistematizatsiya deb ham ataladi, klassifikatsiya asosida amalga oshiriladi).
Bir so‘z bilan aytganda, zamonaviy tushunchalarda arxivda hujjatlarni va ishlarni tashkil qilish deganda ikkita jarayon nazarda tutiladi, bu – turlarga ajratish hamda tizimlashtirish.
Mamlakatimizda Arxiv fondi hujjatlarini tashkil qilish qo‘yidagi uchta bosqichda amalga oshiriladi:
- O‘zbekiston Milliy Arxiv fondi doirasida;
- arxivlarda;
- arxiv jamg‘armalarida.
Milliy Arxiv fondida, ya’ni birinchi bosqichda, hujjatlarni tashkil qilish barcha arxivlarni tashkil qiluvchi hujjatlarni saqlovchi davlat organlari tarmog‘ini barpo qilish asosida olib boriladi. Bular hududiy arxivlar, tarmoq fondlari, ilmiy-tarmoq institutlari va O‘zbekiston Respublikasi Fanlar Akademiyasi tizimidagi hujjat saqlaydigan xonalar, kutubxonalardan tashkil topgan. Aynan shu joylarda tarixiy ahamiyatga ega bo‘lgan jamiyat va tarix fani uchun muhim bo‘lgan hujjatlar saqlanadi. Ularni biri yuz yillar davomida yig‘ilgan bo‘lsa, boshqasi hujjatlar va ma’lumotlarni yangi tizimlari vujudga kelishi bilan, uchinchisi bizning ko‘z o‘ngimizda yangi tashkilotlar, firmalar, boshqaruv organlari vujudga kelishi va ular faoliyati natijasida yangi hujjatlarni vujudga kelishi bilan sharhlanadi.
Bunda shu narsani ta’kidlash lozimki, sanalar bo‘yicha fondlanrni bo‘lish arxivchilar tomonidan to‘g‘ridan-to‘g‘ri talqin qilinmaydi, chunki u arxiv fondini bo‘linmasligi tamoyiliga zid hisoblanadi. Amaliyotda materialni u yoki bu davrga tegishliligini bildiruvchi sana har bir fond tashkil qiluvchi uchun yangidan belgilanadi va tashkil etilgan fondning davriy chegara sanalari tashkilot va muassasaning vujudga kelishi, tugatilishi, qayta tuzilishi yoki xususiylashtirilishi sanasi bilan belgilanadi.
Ba’zan shaxsiy fondlarni biror bir davrga taalluqliligini belgilash ancha murakkab hisoblanadi.
Respublika ahamiyatidagi hujjatlar kompleksiga qo‘yidagilar kiradi: oliy hokimiyat organlari va markaziy tashkilotlari fondlari.
Maxalliy ahamiyatga ega bo‘lgan fondlarga viloyat, tuman, shahar, qishloq va shu hududlarda faoliyat ko‘rsatayotgan tashkilotlarni fondlari kiradi. Hujjatlarning ma’muriy-hududiy birliklarga tegishliligi. Viloyat, o‘lka, shahar va tumanlarni va boshqa arxivlarni tashkil qilish mamlakatning ma’muriy-hududiy tuzilishi asosida amalga oshiriladi. Bu esa, o‘z navbatida har bir shahar, tuman, viloyat uchun o‘z arxivini bo‘lishi talab qiladi, zero, Yuqoridagi hududiy bo‘linishlarning har birida hokimiyat organlari mavjud bo‘lib, ularni faoliyati mobaynida bu hududlar tarixi to‘g‘risida muayyan hujjatlar shakllanadi. Ammo materiallarni ma’muriy-hududiy birliklar asosida bo‘linishi bir qator muammolarni hal qilishni talab qiladi, sababi bu hududiy birliklar o‘rtasida o‘zgarishlar bo‘lib turadi, viloyat va tumanlar tashkil qilinadi va qayta tashkil qilinadi, ular bilan arxivlar ham qayta tashkil qilinadi. Yangi viloyat va tumanlar tashkil qilinganda, tugatilgan fond tashkil qiluvchilarni hujjatlari yangi arxivga topshiriladi.
Hujjatlarni davlat va jamiyatning muayyan tarmoqlari faoliyatiga tegishliligi bo‘yicha ajratish usuli Davlat arxiv fondini tuzishda 1918–1929 yillarda belgilovchi omil hisoblangan bo‘lib, u davrda barcha arxiv hujjatlari o‘z mazmuni bo‘yicha ajratilgan. Hozirgi davrda arxivlarni mazmun va tarmoq bo‘yicha tashkil qilish prinsipi shu bilan izohlanadiki, muayyan mavzudagi hujjatlar bilan ishlash arxivchilarni maxsus tayyorgarligini talab qiladi. Amalda esa arxivlarni tarmoq bo‘yicha turlarga bo‘lish adabiyot, san’at, harbiy-tarixiy va xalq xo‘jaligi arxivlarini tashkil qilishda qo‘llaniladi. Ammo bu arxivlar vaqt o‘tishi bilan birlashib ketadi yoki Yuqoridagi belgilari bo‘yicha maxsus tashkil qilinadi.
Hujjatlarni turlarga ajratilishi ularni quyidagi arxivlarga taqsimlashni talab qildi: O‘zbekiston Respublikasi Markaziy davlat arxivi, O‘zbekiston Respublikasi kino surat, ovozli fonohujjatlar Markaziy davlat arxivi, O‘zbekiston Respublikasi ilmiy-texnika va tibbiyot Markaziy davlat arxivlari va h.k. arxivlarga.
O‘zbekiston Respublikasi Milliy Arxiv fondi hujjatlari hozirda qo‘yidagi belgilarga qarab tashkil qilinadi:
1) Mulkchilik shakliga ko‘ra:
- Milliy Arxiv fondining arxiv fondi va arxiv hujjatlarini davlat tasarrufidagi qismi.
- Arxiv fondining va arxiv hujjatlarining nodavlat tashkilotlariga tegishli qismi.
2) Axborot tashuvchilar turi va axborotni tashuvchi vositalarga ko‘ra:
- Qog‘ozdagi yozuvlar va chizma hujjatlardagi axborot tashuvchilar;
- Kino-foto hujjatlar, videofonogrammalar, elektron hujjatlar.
3) Saqlash muddatiga ko‘ra:
- Arxivlarda doimiy saqlanishda turgan arxiv fondlari va hujjatlari;
- Tashkilot arxivlarida belgilangan muddatga saqlanayotgan arxiv fondlari va hujjatlari;
- Tashkilot va tarmoq arxivlarida vaqtinchalik va depozitar saqlanishda bo‘lgan arxiv fondlari va hujjatlari;
- Davlat arxivlarida vaqtinchalik saqlanayotgan va depozitar saqlanishda bo‘lgan davlatga qarashli bo‘lmagan arxiv fondlari va arxiv hujjatlari.
Yuqoridagi barcha belgilar faqat birgalikda qo‘llaniladi, ularni yakka holda tadqiqot qilish, tarixiy shakllangan fondlar majmuyini bo‘linishiga olib kelishi mumkin.
Ikkinchi bosqich esa, arxiv hujjatlarini arxiv muassasasi ichida joylashtirish, ya’ni ularni fondlar (jamg‘armalar) bo‘yicha taqsimlashtirishni nazarda tutadi.
Uchinchi bosqich deganda, arxiv hujjatlarini muayyan fond ichida tasniflab tizimlashtirish tushuniladi.

Download 1.84 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   16   17   18   19   20   21   22   23   ...   76




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling