etadi. Unday arxivlar garchi fuqarolarning shaxsiy mulki bo’lsa-da, ularda davlat ahamiyatiga molik hujjatlar ham saqlanishi ehtimoldan holi emas. Shuning uchun ham bunday hujjatlar ekspertiza qilingandan so’ng O’zbekiston Milliy arxivi fondiga kiritiladi va bu hujjatlarning egalarining saqlanishini ta’minlashlari zarur. Shaxsiy arxivlardagi bunday hujjatlarni egasining roziligi bilan mulk huquqi saqlangan
xolda davlat arxivlari, muzey va kutubxonalarda shartnoma asosida doimiy yoki depozitar (vaqtincha) asrovga olinishi mumkin.
Xulosa qilib shuni aytish mumkinki, hozirgi kunda O’zbekistonda davlat, idoraviy va shaxsiy arxivla mavjud bo’lib, bu arxivlarda respublikamizning o’tmishi va hozirgi kunini o’zida aks ettirgan bebaho hujjatli manbalar saqlanmoqda. Ularni nes-nobud qilmasdan kelajak avlodlarga yetkazish arxiv xodimlari va barcha fuqarolarning muqaddas burchidir.
O’zbekiston arxiv
tizimi – respublikamizda faoliyat ko’rsatayotgan davlat arxivlari, idoraviy arxivlar va fuqarolarning shaxsiy arxivlari birlashtirgan
arxiv shoxobchasi
Idoraviy arxivlar – davlat hokimiyati va boshqaruv organlari,
korxonalar, muassasalar va tashkilotlar
qoshida tashkil etilgan, hujjatlarni vaqtincha saqlash va ulardan xizmat, ishlab-chiqarish va ilmiy maqsadlarda foydalanish
uchun tuzilgan maxsus