manbashunoslik jihatdan tahlil qilish to’g’risidagi ma’lumotnomadir.
Muammoli savol: Arxiv hujjatlari sharhi nima maqsadda yoziladi?
Sharhlar tuzishdan asosiy maqsad manfaatdor tashkilotlar va shaxslarni mazkur hujjatlarning xarakteri va ahamiyati xususida xabardor qilishdir. Arxiv sharhlari ikki xil bo’ladi: arxiv fondlari sharhi va mavzuiy sharhlar.
Fondlar sharhi deganda ma’lum bir fond hujjatlarining tarkibi va mazmuni, ularning manbashunoslik jihatdan tahlil etish xususidagi arxiv ma’lumotnomasi tushuniladi. Mavzuiy sharhlarda esa Biron-bir mavzuga bag’ishlangan hujjatlarning tarkibi va mazmuni haqida (ularni qaysi fondda saqlanishidan qat’i nazar) axborot beriladi.
Sharhlar muhim va dolzarb ahamiyatga ega bo’lgan hujjatlarga tuziladi. Nisbatan yirik bo’lgan va ayni paytda kam o’rganilgan fondlarga sharhlar tuzish maqsadga muvofiqdir. Saqlanayotgan hujjatlarning hajmi katta bo’lmasa yoki ulardan keng ravishda foydalanib ilmiy muomalaga kiritilgan bo’lsa, bunday fondlarga sharh yozish shart emas. Aksincha u yoki bu fondda bir xil sarlavhali ko’p yig’majildlar
saqlansa, bu yig’majildlar mazmun jihatidan murakkab va serqirra bo’lsa, bunday fondlarga sharh tuzish nihoyatda foydalidir (bayonnomalar,